Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi. Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Xisor, Ko’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo’yiladigan hokimlar - beklar idora qilardi. - Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi. Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Xisor, Ko’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo’yiladigan hokimlar - beklar idora qilardi.
Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini belgilovchi qonunqoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. XIX asr 30-yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. - Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini belgilovchi qonunqoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. XIX asr 30-yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |