qo’shbegi, qozikalon, bosh rais va mirshabboshi birgalikda “Chor hokim” ya’ni “To’rt hokim” deb yuritilgan.
Amir saroyida ijro hokimyatini amalga oshiruvchi lavozimlar qatoriga shaxar xavsizligiga javobgar bo’lgan mirshab va uning qo’l ostidagilar, suv taminotiga javobgar bo’lgan mirob va uning qo’l ostidagilar ishlaydiganlar kiradi.
Mirshab qo’l ostidagilar – yasavulboshi, devonbegi, maxramboshi, mirzalar, daxboshi, shabgar(kechgi qorovul), farroshboshi kabilar bo’lgan.
Mirob tasarrufida esa- maxram, mirza, bakavul, miroxur, suv tarmoqlari nazoratchilari, maxalla, mavze va qishloq oqsoqollari faolyat yuritgan
Amirlikda rasman uchta diniy unvon-o’roq, sudur va sadr mavjud bo’lgan. Manbalarga ko’ra, madrasani tugatgan shaxs mulla, qozi, rais amallarini egallashi mumkin bo’lgan. Bu amalllargan bir necha yil ishlagandan keyin shariat xuquqlari soxasida to’plagan bilim va tajribalari asosida avval o’roq, keyin sudr va so’ngra sadr unvoni berilgan.
Amirlikdagi boshqaruv tizimi-mansablar to`g`risida amir Olimxon ham ma`lumot bergan:
”Buxoronning siyosiy va idoriy ishlari esa qo`shbegi deb atalgan bir kishi raisligi qoʻl ostida idora qilinardi. Mamlakatning moliyaviy ishlari devonbegi qoʻl osti va nazorati asosida amalga oshirilar edi. Diniy masalalar, qozilik ishlari, umumiy ta'limot masalalari bilan shugʻullanish qozi ul-quzzot – qozilar qozisining burchiga kirardi. Askariy ishlar esa toʻpchiboshi rahbarligida oʻtar edi. Uning vazifa darajalari ushbular qaroridan kelib chiqadi: qo`shbegi, devonbegi, parvonachi, inoq, dodxohbiy, toʻqsoba”
Amir Olimxon davriga kelib eng yuqori darajali amallar qo`shbegi, devonbegi, parvonachi, inoq, dodxoh, to`qsoba, to`pchiboshi bolib qolgan edi. Amir Olimxon mansabdorlari va harbiy amaldorlariga xizmatlari uchun Aleksandr III ordenini bergan.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Buxoro amirligidagi bir necha asrdan beri saqlanib kelayotgan mansablarning ba`zan nomlari, ba`zan uning vazifalari o`zgarib turgan. XX asr boshiga kelib, ayniqsa amir Olimxon davrida asosan qo`shbegi, raisi kalon, qozi kalon va devonbegilar amirlikdagi tizimni o`z qo`liga olgan edilar. Amir Olimxon esa davlatdagi ishlardan to`liq xabardor emas edi, ko`proq aysh-ishrat, “dekchapazi”(qozonchada ovqat pishirish) o`yinlari bilan mashg`ul bo`lgan. Bu to`rtta amaldorning Buxoroda mavqeining oshishiga yana bir sabab, amir Abdulahadxon ham Olimxon ham o`zining ko`p vaqtini shahardan tashqarida Karmana yoki Sitorai Mohi Xossa saroyida o`tkazgan. Poytaxtda bo`layotgan ishlar xususida oylab ma`lumotlarga ega bo`lmagan. Faqat sho`ro istilosi arafasida amir Olimxon xavfsizlik yuzasidan arkda yashashga majbur bo`lgan
Foydanilgan adabiyotlar
Mirzo Badi Devonning “Majma` ul-arqom”
Muhammad ali Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy ”
B.Eshov “O’zbekiston tarixi I jild”
Do'stlaringiz bilan baham: |