Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o’qituvchisi NAMOZOVA NARGIZA SAYDILLOYEVNAning taqdimoti Dastlabki muolaja usullarining ishlab chiqilishi. Tibbiyotning kasb sifatida shakllanishi REJA: - Ibtidoiy odamlar yashash tarzining ularning salomatligiga ta'siri
- Dastlabki oddiy muolaja usullari ishlab chiqilishi.
- Tibbiyotning kasb sifatida shakllanishi
Ibtidoiy odamlar yashash tarzining ularning salomatligiga ta'siri Ibtidoiy odam lar uy-joysiz, o‘rmonlarda yarim yalang‘och va ko‘pincha och yashab, ko‘p qiyinchilik larni boshlaridan kechirganlar. Buning natijasida ko‘p kasalliklarga duchor bo‘lganlar, yirtqich hayvonlar bilan to‘qnashib, tan jarohatlari olganlar Tabiiyki bunday holatlarda kishilar kasallikdan qutulish va tan jarohatlarini davolashga intilganlar. Natijada dastlabki oddiy m uolaja usullari ishlab chiqilgan. Gippokrat bunday deb yozgan edi: "Hayotning o‘zi kishilarni tabiblik san’atini izlab topishga majbur etgan". Tibbiyotning kelib chiqishi jarayonini har taraflama o‘rganish shuni ko'rsatadiki, "birinchi tabib" organizmning o‘zi ekan, ya’ni organizmning o‘zi birinchi bo‘lib kasallikga qarshi kurasharkan.
G ippokrat shuni ta’kidlab "Tabiat davolaydi, tabib unga yordam beradi" — degan edi.
Tarixiy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha oddiy muolaja usullari hali yer yuzida odam paydo bo‘lm asdan oldin ham ma’lum bo‘lgan. Masalan, ba’zi hayvonlar tabiatda shifobaxsh o‘simliklar mavjudligini bilganlar va ulardan foydalanganlar. Ko‘pchlik tibbiyot tarixchlari yaqin vaqtlargacha odamlar muolaja usullarini hayvonlardan, xususan, odamsimon maymunlardan o‘rganganlar, degan fikrda edilar. Lekin bu fikr isbot etilmadi Antropologiya fanining so‘ngi dalillari shuni ko‘rsatdiki, odam avval boshdanoq odamsimon maxluq sifatida yaratilgan. Uning odamga xos hamma asosiy belgilari bo’lgan - Antropoid hayvonlaiga nisbatan muolaja usulidan kengroq foydalangan. U qurol yordamida hayvonlar qila olmaydigan muolaja usullarini amalga oshirgan. Idrok qilish qobiliyatining yaxshi rivojlanganligi tufayli kasallik holatlarini davolashda tabiat vositalaridan kengroq foydalangan.
Odamsimon maxluqlarning fahm qilish qobiliyati hamma hayvonlarning fahm qilish qobiliyatidan yuqori bo‘lgan. Uning gavda tuzilishi ham odamlarning gavda tuzilishiga yaqin bo'lgan. Shuning uchun antropologlar ularni antropoid, ya’ni odamsimon maxluq, deb ataganlar Antropologlarning yozishlaricha, antropoid tipidagi maxluqlardan birinchi bo‘lib avstralopiteklar qurol ishlata boshlaganlar. Ammo, ulaming ishlatgan qurollari juda oddiy qurol edi. Shuning uchun avstralopiteklarning muolaja usullari odamlamikiga qaraganda ko‘proq maymunlarnikiga yaqinroq bo‘Igan.
Qol bilan amalga oshiriladigan muolaja usullariga kelsak, odam sim on m axluqlar tug‘ish paytida ayolga yordam berish, tug‘ilgan chaqaloqning kindigini b og‘lash va kesish, jaro h atlan g an joyni b og‘lash, undan oqayotgan qonni to'xtatish kabi m uolajalarni qilganlar.
Pitekantroplar Pitekantroplarni "homo erectus" (tik yuruvchi odam) deb atadilar. Bu maxluqning intellektual qobiliyati balandroq, miyasining hajmi ham kattaroqdir. Pitekantroplar avstralopiteklarga nisbatan qurollardan kengroq foydalanganlar. Masalan, chaqaloqning kindigini kesish, tananing biror joyida yig‘ilib qolgan yiringni kesib, uni chiqarib yuborish va h.k. Dorivor o‘simliklardan ham kengroq foydalanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |