Buxoro – 2022 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 3,24 Mb.
bet9/66
Sana29.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#590703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
Avto ilmiy asoslari MAJMUASI 7777 (3)

Tayanch iboralar

Baza, bazalash, konstruktorlik baza, asosiy baza, yordamchi baza, yig’ish bazasi, texnologik baza, o’lchash bazasi. Erkinlik darajasidan mahrum etish bo’yicha: o’rnatish, yo’naltiruvchi, tayanch, qo’shaloq yo’naltiruvchi, qo’shaloq tayanch bazalar; ochiq va yashirin bazalar; sozlash va tekshirish bazalar; bazalar birligi, doimiyligi; bazalashning aniqligi va noaniqligi; bazalash o’zgarmasligi uchun kuch va juft kuch qo’yish zarurligi.




4 – Ma’ruza. Mashina detallarini avtomatlashtirilgan ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash. Chizma va texnik muhitlarni texnologik jihatdan nazorat qilish
Reja:

  1. Mashina detallarini avtomatlashtirilgan ishlov berish.

  2. Avtomatik tizimning (liniyaning) ishonchliligi

  3. Avtomatik tizimning unumdorligi

4.Chizma va texnik muhitlarni texnologik jihatdan nazorat qilish
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalashdan maqsad ratsional va tejamkor ishlov berish usullarini kullab detalning aniqligi va sirtining talab qilingan sifatini ta’minlashdir.

  • Texnologik jarayonlarni loyihalashda xozirgi zamon mashinasozlik texnologiyasidagi yunalishlarni hisobga olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak: mexanik ishlov berishni maksimal kamaytirish uchun tayyorlanmalarni detalning o’lchamiga va shakliga yaqinlashtirib olishga;

  • texnologik jarayonlarni ish unumdorligi yuqori bo’lgan dastgohlar, moslamalar va asboblarni kullash yo’li bilan intensivlashga;

  • mashinalar asosiy parametrlarining yuqori kiymatlarini texnologik jihatdan ta’minlashga; mashinasozlik texnologiyasida mustahkamlovchi texnologiyalarni rivojlantirishga;

  • ishlov berilayotgan detallar gabaritlarining oshishi yuqori quvvatli dastgohlar ishlatilishi,kesish rejimlari va kesuvchi asboblar soning ortishi, har xil yordamchi ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashga;

  • loyihalashda eng avvalo optimal texnologik jarayonlarni ishlatishga;

  • materiallarga elektrofizik va elektroximik usullari bilan ishlov berishga; loyihalarda lazer texnologiyasini keng qo’llashga.

Texnologik jarayonlarga qo’yiladigan talablar, Mexanik ishlov berish texnologik jarayoniga qo’yilgan talablar quyidagalardan iborat: ishlov berish jarayoni tashkiliy jihatdan samarali, dastgohning,keskichning va moslamaning hamma texnik imkoniyatlaridan to’la foydalanib, optimal kesish rejimlarida ishlab, minimal tannarxga erishishdan iboratdir.
Avtomatik tizimlarda detal tayyorlash odamning aralashuvisiz bajarilib, uning zimmasiga boshqarish, nazoratlash va rostlash vositalari funktsiyasi kiradi. Xozirgi zamon avtomatik tizimlarda bu funktsiyalarni bajarish qurilmalar mexanik, pnevmatik, gidravlik , elektro – gidravlik va elektrik bulsa xam, kupgina xollarda tizim dastgoxlarni boshkarilishida, transportlash vositalarini, yuklash, sikish (zajim), nazoratlash va boshka mexanizmlarni boshkarilishi elektr sistemasida amalga oshiriladi. Elektron xisoblash mashinalari keng kullanilib, ular nafakat boshqarishni, balki ayrim xollardla dastgoxning ish tizimini rostlashi xam mumkin. Elektrogidravlik va gidravlik qurilmalarga esa asosan yurgizgich sifatida kullaniladi.
Dumalash podshipniklarini ishlab chikarish avtomatik tizimda (liniyada) boshqarishni kurib chikaylik (4.1 - rasm).
Bu tizimda pritsizion dastgoxlarning katori va vositalari, kaysiki ularning xar biri shaxsiy tavsifga ega bulgani tufayli, xamda transport tizmining ancha uzunligi tufayli markaziy boshkarilish pultidan turib boshqarish maksadga muvofik emas. Bu tizimning boshkarilishi aloxida uchastkalarga taksimlab tashlangan.
Boshqarishning uchastkalarga taksimlanishi turli faktorlarga boglikligidan kelib chikadi. Kupgina xollarda uchastkani tuzishda bir xildagi operatsiyalani bajaruvchi dastgoxlardan eki turli operatsiyalarni bajaruvchi dastgoxlar bulib, ammo transport vositasi bitta bulgan xollarda tuzib chikiladi. Ayrim xollarda uchastkaning belgilarini bir bunkerdan yoki magazindan foydalaniladigan dastgoxlar guruxi tashkil kiladi, ayrim xollarda uchastkani tuzishda bir rostlovchi (operator) orkali boshkariladigan dastgoxlar tuplamidan foydalaniladi.
Avtomatik tizimdagi uchastkani boshqarishda pulti mavjud bulib, boshqarish undagi turli tugmachalar orkali guruxli yurgizishni va kutargichlarni, transporterlarning elektrodvigatellar tuxtatishni boshqarish kuzda tutilgan. Bundan tashkari uchastka boshqarish pultida texnologik jixozlarni yurgizish va tuxtatish tugmachalari, dastgoxlarni, transporterlarni avtomatik ishlashini boshlashi va tuxtatish tugmachalari mavjud buladi. Uchastkadagi dastgoxlarni guruxli boshqarishdan tashkari dastgox bilan aloxida boshqarish sistemasi xam kuzda tutilgan bulib, uni sozlash paytda boshqarish pultidan ajratish kuzda tutilgan.
Tizimdagi dastgoxning tsiklli ishi lozim bulganda uning detalga ishlov berishini dastgoxning tsikllik ishini, birinchi ishlab chikargan detal sifatini nazoratlashni va shu ishlarni kuzdan utkazmok darkor.
Uchastkadagi boshqarish pultini turar joyidan butun uchastkani nazoratlash oson bulgan joyda urnatish maksadga muvofikdir.
Joyni kamrok egallash nuktai nazarda boshqarish pultlarini xar bir uchastkaning apparatlari joylashgan shkaf kopkoklarida joylashgan ma’kul.
Uchastka pultlarida boshqarish tugmachalaridan tashkari barcha transport vositalarini ishlashini nazorat signallarini bildiruvchi qurilmalar buladi. Avtomatik tizimni ishonchli ishini ekspluatatsiya kursatkichi bulgan foydalanish koeffitsienti tashkil kiladi.
Ma’lum bulayaptiki, xar bir avtomatik tizimni boshqarishni shunday sistemasini tuzish kerakki, biror mashinani, transporterni, uchastkani tuxtab kolishi undan oldingi eki keyingi kismlarni ishiga xalakit bermasin. Bunday shartlarga javob berishi uchun dastgoxlarni elektrik va gidravlik yurgizgichlari xamda dastgoxning boshkarilishi elektrlashtirilgan bulmogi darkor.
4.1 - rasmda ifodalangan avtomatik tizimning strukturaviy sxemasida ayrim uchastkalarning tuzilishi turlicha kilib amalga oshirilgan.


4.1 - rasm. Avtomatik tizimning uchastkasi struktura sxemasi.
I – tokarli; II – termik; III – tekis-jilvirlovchi; IV – tashki jilvirlovchi; V - ichki jilvirlovchi; VI – operatsiyani yakunlovchi; 1 – bunker; 2, 21, 25 – kora ishlov berish uchun dastgoxlar; 3, 6, 26, 27- buluvchi transporterlar; 4, 8 – olib boruvchi transporterlar; 5, 22, 28 – tolzalash dastgoxlari; 7 kleymo-press; 9, 16, 19 – magazinlar; 23 – taxlovchi (ukladchik); 11 – toblash pechlari; 12 – toblash vannalari; 13, 30 – yuvish mashinalari; 14 – xolodilnik mashinalari; 15 – damga quyish pechlari; 17 – stanoklari; 18 – demagnizator; 20 – yuklovchi mexanizmlar; 24, 31, 34- nazorat avtomatlari; 29 – nazorat stoli; 32 – skliz; 33 – yig`uvchi mashina; 35 – antikarrozion qurilma; 36 – kadoklovchi mashina.
Tokarlik va ichki jilvirlovchi dastgoxlar uchun uchastkalarda bu dastgoxlarning parallel ishlashi bilan tavsiflanadi, chunki bu dastgoxlaring ish unumdorligi boshka dastgoxlarga nisbatan ancha past bulishi tufaylidir. Boshka uchastkalardagi dastgoxlar ketma – ket urnatilgan, chunki ularning unumdorligi butun tizim unumdorligidan ancha yukoridir. Tizimni uzi esa parallel va ketma – ket ishlaydigan avtomatik jixozlardan kombinatsiyalashtirilgan buladi.



4.2 - rasm. Avtomatik tizimning tokarlik uchastkasi
1- kuzatuvchi lotok; 2 – ajratuvchi transporter; 3 kabul kilish lotogi; 4 – reduktorli elektrdvigatel.
Dastgox va transporterning uzaro munosabatini muvofiklashning soddalashtirish va boshqarishni ancha mukammallash uchun kushni qurilmalarning uzaro munosabatini va ularning blokirovkalashlarning ishlov berish uchun detallning bulish – bulmasligi; ketma – ket joylashgan jixozlar uchastkasidagi transporterlar boshka uchastka transporterlari bulmasligi; xar bir dastgox eki agregat, transporter eki magazin mustakil avtomatik boshkariladigan (pultdan) xamda mustakil ishlashi va boshkarilishi; transporter va novachalar maksimal xolda ishlov berilishi kerak bulgan detallarga tuplagich (nakopitel) bulmogi darkor.
Avtomatik tizimning tokarlik uchastkasini boshqarishga tuxtab utaylik. Parallel ishlaydigan dastgoxlar uchastkasida boglanishlar taksimlash – transporter orkali va ajratuvchi transporter orkali amalga oshiriladi. Taksimlash – transporteri uziga epik zanjirli bulib itargich erdamida detalni yukori katordan surib quyi katorga tushiradi, undan sung dastgoxning kabul novlariga taksimlaydi. Xabarchi (datchik) 1 KD elektromagnit E ga komanda berish uchun xizmat kiladi, kaysiki u uz navbatida dastgoxning ish zonasiga bittadan detal kelishini ta’minlaydi. 1 KDN va 2 KDN xabarchilar ajratuvchilarni tulishini nazorat kiladi,. mabodo bu novlar tulgan takdirda xabarchilar dastgoxni ma’lum vaktgacha tuxtatib turadi va bu vakt tugagach dastgoxni yana yurgizib yuboradi.
Kabul novlarida, magazinlar rolini bajarib xamma vakt tulishi kerak buladi, bu esa ayrim sababga kura detal xomashe novga tushmagan takdirda xam dastgox detalga ishlov berishni davom ettiraveradi (tuxtash 10 – 15 min). Ajratish novlarining maxsus xususiyati shundaki, undagi detallar joylashuvi anchagina siyrak bulib bordiyu, bu nov bir necha vakt uz ishini davom ettiradi (20 – 30 min).
Taksimlash – transporterining yurgizmasi, ajratish – transporteri va kutargichlar uzluksiz ishlab turadi. Kutargichning tokchasi tulgan (yacheyka) bulsa, u boshka detalni uzi bilan olib ketmaydi. Ajratuvchi transporter xam uzluksiz ishlaydi. Kutargich uz navbatid xabarchi bilan ta’minlangan bulib, taksimlash – transporteri tulib tikilgan paytda uni ishini tuxtatishi mumkin. Buning uchun 3 KDN xabarchisi va yul ajratgich PV lar urnatilgan.
Taksimlash – transporter tulib ketgan takdirda xabarchi 3 KDN yul ajratgichi PV ga xabar beradi va natijada PV kutargichni tuxtatishga buyruk beradi.
Detallarni eki yuldoshda urnatilgan detallani (yuldosh bilan) surish uchun avtomatik tizimlarda kadamli transporterlar keng kullaniladi.

Avtomatik tizimning ishonchliligi



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish