Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi. Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmillalashuvi natijasida jahon
xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:
1) tovar va xizmatlar jahon bozori;
2) kapitallar jahon bozori;
3) ishchi kuchi jahon bozori;
4) xalqaro valyuta tizimi;
5) xalqaro kredit-moliya tizimi.
Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan
jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.