2. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi.
Asosiy vositalar moddiy-texnik bazani tashkil etib, korxona mehnat jamoalari ishlab chiqarish jarayonida undan foydalaniladilar.
Auditor buxgalteriya tomonidan inventar kartochkalari yuritilishi, moddiy javobgar shaxslar bo’yicha asosiy vositalarni hisobga olish tashkil etilganligi, uskunalar, mashinalar va boshqa asbob-uskunalarning texnik pasportining mavjudligi tekshiradi. Bunday tekshirish jarayonida tanlab inventar daftarlarining ma’lumotlari asosiy vositalar harakati bo’yicha birlamchi hujjatlar ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ma’lumotlarni taqqoslash chog’ida ob’ektlar kirim qilinishi daftarlarda qanchalik o’z vaqtida aks ettirilishi, ularning ta’mirlanishi, yangilanishi ularda texnik hujjatlar asosida ob’ektlarning muhim belgilari to’g’ri keltirilganligini aniqlaydi.
Audit jarayonida quyidagilar aniqlanishi kerak:
-Amortizatsiya me’yorlari asosiy vositalarning balans qiymatiga qanchalik to’g’ri qo’llanilishi, barcha tuzatish ishlarining hujjatlarda rasmiylashtirilishi va ularning real hajmi hamda tannarxini aniqlaydi.
-Asosiy vositalarning texnik holatini tekshirish davomida eskirish, yaroqliligi, yangilanishi, smenalik ekstensiv va intensiv zo’riqish koeffitsentlari kabi ko’rsatkichlar aniqlanadi. Fond sig’imi, fond samarasi va fond bilan ta’minlanganlik to’g’risidagi ma’lumotlar asosiy vositalardan foydalanishning universal ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Bundan tashqari, qayta ro’yxat qilish jarayonida o’rnatilmagan yangi asbob-uskunalar, yaroqsiz, ma’naviy va jismoniy eskirgan, tuzatilishi lozim bo’lgan asosiy vositalarning mavjudligi aniqlanadi; o’rnatilmagan ob’ektlar, shuningdek, o’rnatilgan, biroq turli sabablarga ko’ra, foydalanilmayotgan asbob-uskunalarning alohida ro’yxati tuziladi.
Asosiy vositalarni qayta ro’yxat qilish muddatlari buzilganligi, hisobga olishda kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi, mol-mulk yo’qotilganligi dalillari aniqlangan taqdirda asosiy vositalar turgan va ulardan foydalanilayotgan joylar bo’yicha tanlab ro’yxat qilinadi.
Asosiy vositalar hisobini audit qilish manbalari:
1) kapital qurilish ob’ektlarini ishga tushirish to’g’risidagi dalolatnomalar;
2) asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari (AV-1-shakl);
3) asosiy vositalarning xo’jalik ichidagi harakati dalolatnomalari (AV-2-shakl);
4) asosiy vositalarni ta’mirlash, takomillashtirishdan qabul qilish dalolatnomalari (AV-3-shakl);
5) asosiy vositalarni xo’jalikdan chiqarish dalolatnomalar (AV- 4 shakl);
6) asosiy vositalarni hisobga olish inventar daftarlari (AV-6,7,8-shakllar);
7) asosiy vositalarni guruhlari bo’yicha hisobga olish inventar daftarlari (AV-9-shakl);
8) asosiy vositalarni inventar daftarlari ro’yxati (AV-10-shakl);
9) asosiy vositalar xarajatini hisobga olish daftarlari (AV-12-shakl);
10)asosiy vositalarni jamlash inventar ro’yxati (AV-10,13-shakllar);
11)eskirish va amortizatsiya hisoblash qaydnomalari;
12) inventar ro’yxati va taqqoslovchi qaydnomalar (INV-17);
13)ta’mirlash ustaxonalarining xarajatlarini hisobga olish kitobi;
14)10,10-1,13-sonli jurnal-orderlar;
15)3-sonli yillik hisobot shakllari.
Asosiy vositalar auditining vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Asosiy vositalarni hisobga olishda ularning kirim va aylanishi to’g’ri aks ettirilganligi;
2. Asosiy vositalarning saqlanishi ta’minlanganligi;
3. Asosiy vositalarning chiqib ketishini rasmiylashtirishning asoslanganligi va to’g’riligi hamda ularni tugatish natijalarining buxgalteriya hisobida aks ettirilishi;
4. O’rnatilmagan, foydalanilmayotgan asbob-uskunalar va anjomlar mavjudligi, sifat holati, saqlanishi sharoitlari, asbob-uskunalar va anjomlarning o’z vaqtida o’rnatilganligi yoki hisobdan chiqarilganligi sabablari va aybdorlari;
5. Sotish bahosini belgilashning hamda keraksiz va ortiqcha asbob-uskunalarni sotish operatsiyalarini hisobda aks ettirishning to’g’riligi;
6. Ijaraga berilgan yoki olingan asosiy vositalar bo’yicha operatsiyalarni hisobda aks ettirish zarurligi va to’g’riligi;
7. Asosiy vositalarning ayrim ob’ektlarini korxona xodimlarining shaxsiy foydalanishlari uchun berish hollari mavjudligi;
8. Asosiy vositalarni qayta ro’yxat qilishning o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishi, uning natijalari hisobda aks ettirilishining to’g’riligi;
9. Amortizatsiya ajratmalari va asosiy vositalarning eskirishi summasini aniqlashning to’g’riligi, ularning hisobda o’z vaqtida va to’liq aks ettirilishi;
10. Rejali oldini oluvchi tuzatish reja- jadvallarining bajarilishi va joriy hamda kapital ta’mirlashga ajratilgan smeta mablag’larining o’zlashtirilishi;
11. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini aniqlash, serunum texnika va zamonaviy texnologiya sotib olinganda investitsiya faoliyati rejasi mavjudligini aniqlaydi.
3. Asosiy vositalarning kirim qilinishi va chiqib ketishi hisobining auditi
Korxonaga asosiy vositalarning kirim qilinishi bo’yicha operatsiyalar qabul qilish-topshirish dalolatnomalari (AV-1- shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarni qabul qilish quyidagi manbalardan:
* ko’rish (pudrat va xo’jalik usulida);
* sotib olish (boshqa korxonalar va aholidan);
* ta’sischilardan, xomiylardan, hamkorlardan olish;
* uzoq muddatli ijaraga olish;
* bog’lar barpo etish;
* yosh mollarni asosiy podaga o’tkazish va hokazolardan.
Asosiy vositalarning yangi qurilgan ob’ektlari (binolar, inshootlar va uzatish qurilmalari)ning o’z vaqtida kirim qilinishini belgilangan tartibda imzolangan ob’ektlarni qabul qilish dalolatnomalaridagi sanani ob’ektni balansga qabul qilib olish bo’yicha hisobga olish yozuvidagi (13-jurnal order) sana bilan solishtirish orqali aniqlash zarur.
Asosiy vositalar kirimini tekshirishda, ularni sotib olishning iqtisodiy samaradorligi va maqsadga muvofiqligini, shuningdek, o’z vaqtida kirim qilinishini tekshirish ayniqsa muhimdir, chunki ushbu talabning buzilishi amortizatsiya va eskirishning hisobga olinmasligiga, chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) va moliyaviy natijalarning buzilishiga, ob’ektning yaroqliligi koeffitsentlarini noto’g’ri aniqlashga olib keladi.
Asosiy vositalarning o’z vaqtida kirim qilinganligi ob’ekt kirim qilinishi dalilining 01-" Asosiy vositalar" hisobi bo’yicha jurnal orderlarda aks ettirilishi sanasini birlamchi hujjatlarda (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, tekinga berish haqidagi bildirishnomalar, inventar daftarlari va boshqalar) ko’rsatilgan sana bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Korxona ichida asosiy vositalarning joyi o’zgarganda buning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tekshirish zarur, chunki ob’ektning joyi o’zgarganda montaj va qayta montaj qilish bilan bog’liq ko’zda tutilmagan bekor turib qolishlar, qo’shimcha xarajatlar va boshqacha tarzdagi boy berishlar paydo bo’lishi mumkin.
Asosiy vositalar hisobini tashkil qilish va ularning saqlanishini nazorat qilishni ta’minlash uchun, inventar ob’ektini foydalanishda ekanligidan yoki zahiraligidan qa’ti nazar, ularning har biri bo’yicha asosiy vositalarni balansga qabul qilinganda tegishli inventar raqami beriladi va yozib qo’yiladi. Inventar raqami ob’ektning joyi o’zgarishi va hisobdan chiqib ketishiga oid bo’lgan barcha hujjatlarda keltirilishi kerak.
Asosiy vositalarning analitik ob’ektlari bo’yicha hisobga olish inventar daftarlarida (AV-6, 7, 8, 9 -shakllarda) yoki inventar daftarlarda tashkil etilishi kerak. Asosiy vositalarni ular ishlatiladigan joylar bo’yicha hisobga olish esa, AV-13 -shaklli inventar ro’yxatlarda tashkil etilganligini aniqlaydi.
Asosiy vositalarning tushishi, joyi o’zgarishi va saqlanishi ta’minlanishi hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirishda buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligiga alohida e’tibor berish zarur.
Asosiy vositalarning foydalanish joyi va moddiy javobgar shaxslar bo’yicha analitik hisobini ta’minlash uchun asosiy vositalarning ichki joyi o’zgarishi AV -2 -shakli bo’yicha AV-13 -shakldagi inventar ro’yxatida tegishli yozuvlar qayd etiladi. Asosiy vositalar sotib olinganda davlat korxonalaridan va xususiy korxonalardan, aholidan shartnomaga asosan kelishilgan baholarda qabul qilinadi. Asosiy vositalar xo’jalikning o’z mablag’lari hisobida olinadi.
Asosiy vositalar pudrat usulda yoki xo’jalik usulda ko’riladi. Ko’rilayotgan asosiy vositalarni balans qiymati imorat va inshootlarni ko’rish uchun sarf qilingan barcha xarajatlar yig’indisidan iborat.
Ular loyiha va smeta xarajatlari, qurilish materiallari qiymati, quruvchi tashkilotlarning xizmat haqi, KKS va hokazo.
O’z mablag’lari tushumiga doir masalalarni tekshirish bilan birga korxona ijaraga olingan ob’ektlarga ega ekanligi yoki yo’qligi, bu ob’ektlarga korxonaning ehtiyojlari, ular qancha muddatga olinganligini aniqlash zarur. Ijaraga olingan asosiy vositalarga analitik hisob registrlari sifatida inventar daftardan olingan ko’chirma xizmat qilishi kerak. Ko’chirma ijaraga olingan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalariga (AV-1) ilova qilinadi va bu 03-ijaraga olingan asosiy vositalar hisobida hisobga olinadi. Korxonaga joriy ijaraga olingan asosiy vositalar 001-Ijaraga olingan asosiy vositalar balansdan tashqari hisobda hisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarni tekshirishda, ularning balans hisobi yuritilishi aniqlanadi. SHartnoma shartlari o’rganiladi.
Auditor jismoniy va ma’naviy eskirishi, falokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning texnik buzilishlari va boshqa sabablar oqibatida yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq operatsiyalarni yalpi tekshiradi. Amaliyotda o’zlashtirib olish maqsadida yangi buyumlarni eskilariga almashtirib olish hollari uchrab turadi. Auditor bunday hollarda tugatish dalolatnomalari ma’lumotlarini (AV-4 -shakl) texnik hujjatlar ma’lumotlari (pasport, foydalanish qo’llanmalari va boshqalar) inventar daftarlardagi ma’lamotlar (AV-6, 7, 8, 9 -shakl) bilan taqqoslash, shuningdek, mazkur ob’ekt ishdan chiqqunga qadar hisobda bajarilgan yozuvlarni o’rganish yo’li bilan aniqlashi mumkin.
YAroqsiz holga kelgan binolar, inshootlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa vositalarni hisobdan chiqarish tartibi haqidagi namunaviy yo’riqnomaga muvofiq asosiy vositalarni hisobdan chiqarish huquqi korxonaning o’ziga berilgan.
Asosiy vositalarning yaroqsizligini, ularni tiklash uchun tuzatib bo’lmasligi va samarasizligi bilan bog’liq zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun korxonalarda rahbarning buyrug’i bilan bosh muxandis yoki javobgarlik yuklangan shaxslardan, shuningdek, jamoa tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda doimiy komissiya tuzilishi kerak.
Bu komissiya tomonidan tuzilgan asosiy vositalarni tugatish haqidagi dalolatnomalarda (AV-4-shakl) hisobdan chiqarish sabablari batafsil bayon qilinishi hisobdan chiqarilayotgan ob’ektni tuzatish yoki tiklashdan maqsad, chiqqan mol-mulkni tugatishdan olingan materiallar ko’rsatilishi kerak.
Auditor falokatlar oqibatida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasini tekshirishda falokat to’g’risida dalolatnoma nusxasi mavjudligini, shuningdek, falokat keltirib chiqargan sabablar haqidagi yozma tushuntirish, aybdor shaxslarga nisbatan ko’rilgan choralarni nazorat qilishi kerak.
Auditor ob’ektlar korxona rahbari ko’rib chiqmagan va tasdiqlamagan dalolatnomalar bilan hisobdan chiqarilganligi bor-yo’qligini tekshiradi.
Auditor asosiy vositalarning noto’g’ri va muddatdan ilgari hisobdan chiqarilishi dalillarini, zararlar summasining va aybdor shaxslarni aniqlashi zarur. SHundan so’ng asosiy vositalarni tugatish operatsiyalarining hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshiradi.
Asosiy vositalarning hisobga olinishi, ularning holati, harakati va ulardan foydalanish samaradorligini tekshirish natijalari bo’yicha oraliq dalolatnomalar tuzadi.
4. Asosiy vositalarni qayta ro’yxat qilish va ularni qayta baholashning auditi
Asosiy vositalarning mavjudligi qayta ro’yxat qilish yo’li bilan aniqlanadi. Korxona qayta ro’yxat qilishni yiliga kamida bir marta o’tkazadi. Bunda O’zR Moliya vazirligi tomondan tasdiqlangan "Asosiy vositalarni, tovar-moddiy boyliklarni, pul mablag’larini va hisob-kitoblarni qayta ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha asosiy qoidalar" ga amal qiladi.
Asosiy vositalarni qayta ro’yxatdan o’tkazishdan oldin quyidagi ishlarni amalga oshiradi: (5-BXMA ko’ra)
16)inventar daftarlar, texnik pasportlar va boshqa texnik hujjatlar mavjudligi va ular holati yoki korxona tomonidan ijaraga topshirilgan,
17)olingan, saqlangan va vaqtincha foydalanishga berilgan asosiy vositalarga hujjatlar borligi tekshiriladi.
Asosiy vositalarni qayta ro’yxat qilishda ro’yxat komissiyasi ob’ektlarni to’la ko’zdan kechiradi va to’liq nomini, inventar nomi va vazifasini ro’yxatga yozadi (1-sonli INV).
Mashinalar, asbob-uskunalar, kuch ko’rilmalari qayta ro’yxat hujjatlariga inventar raqami, tayyorlovchi zavod, chiqqan yili, vazifasi, quvvati va dastlabki qiymat ko’rsatilgan holda alohida yoziladi.
Hisobotda turmagan ob’ektlar, shuningdek, hisobda ularni tavsiflovchi hujjatlar bo’lmagan ob’ektlar aniqlangan taqdirda komissiya ob’ektlarga oid etishmayotgan ma’lumotlarni va texnik ko’rsatkichlarni ro’yxat hujjatiga kiritadi. Jumladan, binolar bo’yicha ularning vazifasi, ularni tiklashda foydalanilgan asosiy materiallar hajmi, maydoni, qavatlar soni, ko’rilgan yili va boshqalar ko’rsatiladi.
YAngidan aniqlangan va oxirgi ro’yxatdan buyon hisobga olinmagan ob’ektlarni baholash ularni tiklashning hozirgi qiymatiga qarab aniqlanadi, eskirish esa buyumlarning haqiqiy holatiga ko’ra belgilanadi.
Aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ob’ektlarni rasmiylashtirish, ularni baholash va eskirishini aniqlash alohida dalolatnomalarda qayd etiladi. qayta ro’yxatdan o’tkazish natijasida aniqlangan hisobga olinmagan ob’ektlar kachon va kimning farmoyishi bilan hisobdan chiqarilganligi, ularni undirib olish xarajatlari nimaning hisobiga o’tkazilganligi aniqlanadi.
Ko’rsatib o’tilgan asosiy vositalarni qayta ro’yxat qilish ob’ektning asosiy vazifasiga muvofiq nomida yozib qo’yiladi.
Ob’ekt tiklangan, ta’mirlangan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijasida uning asosiy vazifasi o’zgargan holda ro’yxatga yangi vazifasiga muvofiq keluvchi nomda yozib qo’yiladi. Qayta ro’yxat qilishda amalga oshiriladigan kapital ishlar buxgalteriya hisobida aks ettirilgan hollar aniqlanadi. Qayta ro’yxat komissiyasi hujjatlar bo’yicha ob’ektning dastlabki qiymati oshirilgan summani aniqlaydi va ro’yxatda amalga oshirilgan o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni keltiradi. Ayni bir paytda auditor aniqlangan ob’ektning o’zgarishiga doir ma’lumot hisobida aks ettirilmaganliga aybdor bo’lgan shaxslarni va sabablarni aniqlaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni takidlash joizki ba’zan asosiy vositalarning foydalanish qoidalari buzilganligi, texnika garovi yomonligi va boshqa sabablar bilan muddatidan ilgari ishdan chiqqanligini yashirish maqsadida hisobdan chiqarishadi.
Bunday dalillar bo’yicha aybdor mansabdor shaxslar, etkazilgan zarar miqdori aniqlanishi hamda bunday buzilishlarning oldini olish choralari ishlab chiqilishi kerak. Qayta ro’yxatdan o’tkazish natijasida aniqlangan etishmagan asosiy vositalar moddiy javobgar shaxslardan undiriladi. Aybdor shaxslar gardaniga yuklangan kamomadni undirish summasi dastlabki qiymat bilan etishmayotgan inventar raqami eskirish summasi o’rtasidasi farq sifatida aniqlanadi. Agar shartnomaviy narx dastlabki narxdan yuqori bo’lsa, moddiy javobgar shaxs bozor narxi bilan eskirish summasi o’rtasidagi farqni to’laydi. (18- INV shakl)
Ijaraga olingan asosiy vositalarga alohida ro’yxat tuziladi. Ruyxatda boshqa ma’lumotlardan tashqari ijaraga beruvchining nomi va ijara muddati ko’rsatiladi. Zarur hollarda ro’yxatning bir nusxasi ijaraga beruvchiga ham yuborilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Audit faoliyatini tashkil etish fanidan o’quv qo’llanma;
“O’zbekistonRespublikasiniyanadarivojlantirishbo’yichaharakatlarstrategiyasito’g’risida”giO’zbekistonRespublikasiPrezidentining2017yil7fevraldagiPF-4947-sonliFarmoni.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birgaquramiz.–Toshkent:“O’zbekiston”NMIU,2017.–488b.
MirziyoevSh.M.Tanqidiytahlil,qat’iytartib-intizomvashaxsiyjavobgarlik
harbirrahbarfaoliyatiningkundalikqoidasibo’lishikerak.–Toshkent:“O’zbekiston”NMIU,2017.–104b.
Do'stlaringiz bilan baham: |