Moliyaviy qo‘yilmalar hisobi.
Moliyaviy qo’yilma bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» yuritiladi.
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko’rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, debet saldosiga ega bo’lib, u oy boshiga bo’lgan moliyaviy qo’yilmalar summasini ko’rsatadi. Bu schyotning debetida: qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo’yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. Krediti bo’yicha – qimmatli qog’ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi.
0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» bo’yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog’ozlar; 0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar»; 0630 - «Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlar ochilishi mumkin.
Aktivlarni investitsiyalarga o’tkazish tartibi va ularning turlari: 12 -Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 14 - «Qo’shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy andazalari bilan tartibga solinadi.
0610-Qimmatli qog’ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom obligatsiyalari va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar harakati hisobga olinadi.
0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu’ba, qo’shma, uyushgan va qaram korxonalarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar hamda ularning harakati hisobga olinadi.
Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo’yish yo’li bilan uzoq va qisqa muddatli qo’yilmalar qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi, agar nomoddiy va boshqa aktivlar qo’yilma qilinsa, 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va obligatsiyalari turli sabablarga ko’ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun emas, balki ularni keyinchalik sotish yo’li bilan foyda olish maqsadida sotib olinishi.
Qimmatli qog’ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga xo’jalik muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o’xshagan.
Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog’ozlarning balans qiymatiga 9220 -schyoti debetlanib 0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa -9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti kreditlanadi. Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210- schyoti debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi.
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz olish, shuningdek qaytarilgandan so’ng obligatsiyalarning nominal qiymatini olishdir. Shu boisdan obligatsiyaning haqiqiy qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq shunday amortizatsiyalanishi kerakki, qaytarilish vaqtida haqiqiy qiymati obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo’lsin. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiyani nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyalar bo’yicha foizlar sotib olingan vaqtda olingan daromad hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini qisman hisobdan chiqarish yo’li bilan haqiqiy qiymati nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyadan foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz daromadini ko’paytirish yo’li bilan obligatsiyani qaytarish muddatigacha uning sotib olish narxi nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi.
Obligatsiyalarni haqiqiy sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farqi, ularning muomalada bo’lish muddati ichida bir tekisda - xo’jalik faoliyatining natijasiga o’tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyaning haqiqiy qiymati har oyda qiymatlar orasidagi farqini zararga o’tkazish yo’li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyani qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda hisoblab, firmaning foydasiga o’tkazish yo’li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi.
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz summasini puli olingunga qadar foydaga o’tkazsa bo’ladi. Uzoq muddatli obligatsiyalar bo’yicha foiz hisoblash mumkin emas, chunki moddiylashtirilmagan foyda hosil bo’ladi. Ehtiyotkorlik prinsipiga binoan moliyaviy natijalarni aks ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo’yicha sodir bo’lgan zararlarni foyda yoki zararlar schyotiga o’tkazish mumkin, lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi bo’yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu demak, olingan foyda miqdorini buzib ko’rsatishdir.
Хalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa aktivlar kabi, investitsiyalar ham faqat o’zlarida mujassamlangan foydani korxona kelajakda olishga yetarli darajada ishonchi bo’lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar tarkibida hisobga olishi mumkin. Ularni sotib olishi uchun birgina qilingan xarajatlar yetarli emas. Bu xarajatlar kelajakda iqtisodiy naf keltirishi to’g’risidagi ishonchni tasdiqlash zarur. Basharti bunday ishonch bo’lmasa, qilingan sarflar aktivlar emas xarajatlar deb hisoblanadi.
Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi;
xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi;
Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti va usullari (davomi)
bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulini tanlash. Har bir korxona ushbu tanlovni mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni majburiy ravishda hisob siyosatida qayd etadi;
korxona xarajatlarini davrlar bo'yicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog'lash muhim emas;
Kapital qo'yilmalar va joriy xarajatlar hisobini alohida yuritilishi. Ushbu tamoyil "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida " nizom bilan asoslanadi;
Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.
Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari
Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Xarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega subektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Xarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |