Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Materiallar, inventarlar va xo‘jalik jihozlari hisobi



Download 292 Kb.
bet4/14
Sana20.07.2022
Hajmi292 Kb.
#826703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
HISOBOT Maxmud Sobirov

Materiallar, inventarlar va xo‘jalik jihozlari hisobi.
 Materiallar, inventarlar va xo'jalik jihozlari hisobi Muassasalarida inventar va xo‘jalik jihozlari tahlili juda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki xizmat ko‘rsatish darajasi va sifati muas-sasadagi inventar va jihozlarning qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tizimda inventar va xo‘jalik jihozlarining yetarli bo‘lishi, avvalo, ishlash tizmini oshirish sharoit yaratibxodim va mijozlarning dam olishlariga qulayliklarni vujudga keltirib,ish sifatining yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi. Sog‘likni saqlash tizimida bemorlarni davolash sifatini oshirishda va sanitariya-gigiyena holatini yuqori darajada bo‘lishi bevosita inventar va xo‘jalik jihozlari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
tizmda har bir bino uchun inventar va jihozlarga alohida moddiy javobgar shaxsni rahbarni buyrug‘i asosida tayinlanganligini buxgal-teriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari uning javobgarligiga o‘tkazil-ganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning mavjudligini tekshirish. (shifoxonalarda har bir bo‘lim uchun).
Javobgar shaxs tomonidan xo‘jalik omboridan olingan inventar va jihozlarni muassasa buxgalteriyasida o‘z vaqtida kirim qilinishi va xizmat muddati tugagan inventar va jihozlarni tegishli dalolatnomalar orqali uning zimmasidan chiqarilganligini nazorat qilish.
Tahlil jarayonida har bir inventar va xo‘jalik jihozini turini, marka-sini va boshqa ko‘rsatkichlarni ularning buxgalteriya hisobidagi kirim hujjatlariga mos kelishini nazorat qilish (ayrim hollarda bir turdagi bahosi arzon inventarlarni, markasi va bahosi qimmatlariga almashtirib qo‘yish holatlari kuzatiladi).
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlang‘ich materialdan iborat. Ularga xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinib, o‘zlarining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi.
Xom-ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan metalning har xil turlari (po‘lat, cho‘yan va boshqalar) xizmat qiladi. Xom-ashyo deganda hisob amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, qand lavlagisi va boshqalar) tushuniladi.
Yordamchi materiallar, asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish (biriktirish) yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun (bo‘yoqlar, laklar, elimlar), yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun - binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini ta'minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun, qipiq va shu kabilar) ishlatiladi.
Yoqilg‘i, o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi materiallar singari, ular yoki mehnat vositalari tamonidan iste'mol qilinadi (energetik yoqilg‘i) yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi (texnologik yoqilg‘i), mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan yoqilg‘i). Hisobda yoqilgi yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining xususiyati shundan iboratki, u o‘zining natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg‘ining qiymati, yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar, ba'zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi (ma'lum sex yoki ma'lum uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalanini o‘tgan bo‘lsalar ham, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqich (navbatdagti sexga, uchastkaga) yo‘naltirishishi kerak bo‘ladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik zavodining tayyorlovchi sexi tomonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash sexida ishlanishi davom etadigan detallar kiradi. Bir sexda ishlovdan o‘tgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bo‘lgan ehtiyojga qarab, navbatdagi sexga ishlov yoki yig‘ish uchun kelib tushadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan mehnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga o‘xshab, ba'zibir ishlov bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi lozim bo‘ladi.
Muomaladagi mablag‘lar, ya'ni muomala buyumlari, pul mablag‘lari, hisob - kitobdagi mablag‘lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat.
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovar (tayyor mahsulot)ga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni muomala buyumlariga qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar (kassa usulida) ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash (nachislenie) usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu xolda mazkur obyekt muomala doirasidan hisob-kitobdagi mablag‘larga o‘tadi.
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har xil binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar (tarozilar, sovituvchi qurilmalar, tokchalar hamda shu yerda joylashgan xo‘jalik inventarlarining buyumlari – stollar, stellar, shkaflar va hokazolar) kiradi.

Download 292 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish