Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-MAVZU. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHINI TASHKIL



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

8-MAVZU. TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT ISHINI TASHKIL 


158 

 

 



ETISH 

Mavzu  bo’yicha  kalit  so’zlar: 

yoshlik,  yetuklik,  uspirinlik,  individual 

hayot,  fizialogik  o’zgarish,  ijtimoiy  o’zgarish,  fuqorolik  va  psixologik  yetuklik, 

ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy tugarak, konkursi, viktorina,olimpiada, konferentsiya, 

muammoli laboratoriya, ko’rik, tanlov, maqola. 

 

1. YOSHLAR VA FAN 

Yoshlar  ota-onalar  bag’ridan  ketib,  o’rta  maxsus  yoki  oliy  ta’lim 

muassasalarida  ta’lim  olar  ekan,  mahsuliyat  bevosita  ta’lim  muassasasiga  o’tadi. 

Natijada uning individual hayot tarzi yoshlik va yetuklik oralig’idagi davr bo’lib, 

o’spirinlikdan  keyin  fiziologik  o’zgarishlardan  ham  ko’ra  ijtimoiy  o’zgarishlar 

ko’proq namoyon bo’ladi. Bu davr  17-25 yoshni o’z ichiga oladi. Bu davr ko’p 

yoshlarning talabalik davriga to’g’ri keladi. 

Talaba deganda moddiy va maonaviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va 

mutaxassislikka  oid    rollarni  muayyan holda  va  maxsus  dastur  asosida  bajarishga 

tayyorlanayotgan shaxs tushuniladi  

SHaxsning  talabalik  davri  fuqarolik  va  psixolog  yetuklikka  erisha  borish 

jarayonidir.  Bu davrda yetuk shaxsga  mansub  bo’lgan  huquq va burchlar  egallab 

olinadi  va  yoshlarning  kasb  tanlash  oid  shaxsiy  hayot  tarzi  shakllana  boradi. 

Binobarin o’spirinlik  davri  tugallanishi va  fiziologik  jihatdan yetuklik  psixologik 

va ijtimoiy yetuklikka davri boshlanadi.  

Ijtimoiy  yetuklik  talabalarni  ham  aqliy  qobiliyatiga,  ham  ijtimoiy  hayotda 

bajariladigan  turli  faoliyatga:  oila  qurish,  farzand  tarbiyasi,  ijtimoiy  foydali 

mehnatda  qatnashishga  tayyorlaydi.  Bunda  talabalar  ijtimoiy  hayotga  oid 

ma’lumotga  ega  bo’lishi,  yetuk  mutaxassislikka  ega  bo’lishi,  qonunlarga  itoat 

etishi  va  uni  bajarishda  javobgarlikni  his  etishi,  ota-onalik  burchini  his  etishi, 

ma’lum  ijtimoiy  guruhga  rahbarlik  qila  olishi,  sport  sektsiyalari  va  ma’lum 

to’garaklarda  qatnashishga  tayyor  bo’lishi  zarur.  Ijtimoiy  yetuklikning 

boshlanishida  ayniqsa  qonunlarni,  uning  mehyorini  bilish  va  unga  bo’ysunishni 

taqozo etadi. Agar shu davrda yoshlarda ijtimoiy tahsir u yoki bu sabablarga ko’ra 




159 

 

 



susayib ketsa, yoshlar bu davrda ijtimoiy hayot mehyorlariga, ota-onaga zid 

hatti-harakat  qilishlari  mumkin  natijasida    yovuz  g’oyalar  yoshlarimiz  ongi 

va  aqliga  tahsir  etib,  ularni  har  qanday  usullar  bilan  o’z  tomonlariga 

og’dirishga  harakat  qiladilar  va  bahzi  yoshlar  ehtiqodi  sustligi,  qonun  va 

uning  talablarini  bilmasligi  tufayli  yot  tahsirlarga  berilib  ham  ketadi. 

SHuning  uchun  ham,  ijtimoiy  va  psixologik  yetuklik  yoshlarda  mahsuliyat 

va burch hissini anglab olishda muhim sanaladi.  

O’z oilasidan  chetga  o’qishga  ketgan  yosh  yigit-qiz dastlab talabalik 

davrida paydo bo’lgan murakkab vaziyatlar, mustaqil hayot oldida esankirab 

qolishi  mumkin.CHunki,  talabalikning  dastlabki  kunlaridagi  kayfiyatning 

ko’tarinkiligi, zavq-shavq tuyg’usi yoshlarga ko’tarinki ruh bersa, kundalik 

turmush  urunishlari,  o’qish  jarayonidagi  muayyan  qonun-qoidalar, 

qiyinchiliklar  tahsir  etib,  ular  ruhiyatida  bahzida  tushkunlik  yuz  berishi 

mumkin.  Natijada,  ichki  va  tashqi  omillar  tahsirida  talaba  ruhida 

ishonchsizlik,  umidsizlik  kabi  his-tuyg’ular  paydo  bo’lib  yot  tahsirlarga 

berilib ketishga yoki noto’g’ri yo’lga kirib ketishga olib keladi.   Masalan, 

17-19  yoshda  talaba  hali  o’z  xulqini  hatti-harakatini    boshqara  olmaganligi 

tufayli  hayotida  ehtiyotsizlik  holatlari  yuz  berishi  mumkin.  SHunga  ko’ra, 

ayrim  talabalarda  hayotiy  tajriba  yetishmasligi  tufayli  ko’p  masalalarda 

hohish-istakka  berilib,  xatoliklarga  yo’l  qo’yadi.  Ularda  o’zini-o’zi  tahlil 

qilish,  nazorat  qilish,  baholash,  tekshirish  kabi  holatlar  yetishmaydi. 

SHuning uchun ham ular faoliyatida ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar mavjud 

bo’ladi.  Lekin  asta-sekin  keyingi  kurslarga  o’tgan  sayin  ularning  ijodiy 

tafakkuri,  his-tuyg’ulari,  axloqiy  xislatlari  o’zini-o’zi  baholash  asosida 

ehtiqodi ham shakllana boradi.  

Demak,  yoshlik  davrida    o’spirinlikda  tarkib  topgan  eng  yaxshi 

xislatlar  to’liq  shakllanadi.  Bu,  ayniqsa,  kasb  tanlashda  namoyon  bo’ladi. 

Umumiy  o’rta  ta’lim  maktabida  va  oilada  to’g’ri  kasb  tanlashga  

yo’naltirilgan  yoshlar  institutda  o’z  kasbining  yetuk  mutaxassisi  bo’lishi 

uchun  harkat  qiladi,  o’qib  o’rganadi.  To’g’ri  kasb  tanlash  oilaviy  hayotni 




160 

 

 



ham  moddiy,  ham  maonaviy  tomonidan  to’g’ri  tahminlashga  yordam  beradi. 

To’g’ri kasb tanlash insonning kelajagini belgilashda katta ahamiyatga ega. Har bir 

kasb,  albatta,  insonning  qiziqishi  va  qobiliyati  naqtai  nazaridan  tanlanadi.  Agar 

kasb to’g’ri tanlansa, shu kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishadi. Agar kasb 

tanlashga  yoshlar  ota-onalar  xohish  istagi  bilan  o’zi  befarq  qaragan  holda 

yondashsa, bunda kelgusi hayotida katta fojialarga duch kelishi mumkin. SHuning 

uchun kasb tanlashda ota-ona bilan maslahat qilishi bilan birga o’zining qobiliyati, 

kasbga  loyiqligi,  moddiy  va  maonaviy  jihat  hisobga  olinishi  muhim.  Aks  hola 

noto’g’ri  tanlangan  kasb  natijasida  uni  o’zlashtirishga  yoki  yillab  o’zi  sevmagan 

kasb  bilan  majburan  shug’ullanishiga  to’g’ri  keladi.  Ana  shunday  sharoitda  eng 

avvalo  oila,  farzandlar  aziyat  chekadi,  oila  moddiy  va  maonaviy  qiyinchiliklarga 

duch  keladi.  Oiladagi  bu  maonaviy  va  moddiy  zarar  jamiyatga  ham  tahsir  etadi. 

CHunki  har  bir  mutaxassisni  tayyorlab  yetkazguncha  davlat  qanchadan-qancha 

mablag’ sarflaydi, o’sha tashlab ketilgan kasbning mohir sohibi bo’ladigan inson 

esa bunga erisha olmay sarson-sargardon kezishi mumkin. 

Yoshlarning kasb tanlashida  ularga kasbning  mosligi katta  ahamiyatga  ega. 

Kasbga moslik mehnat faoliyati jarayonida shakllanib, uning xulqi ham tarkib topa 

boradi. 


Lekin  bahzi  kasblarda  alohida  qobiliyat,  kasbga  moslik  talab  etilmasa-da, 

bahzilarida  mazkur  kasbga  moslik,  layoqat  talab  etiladi.  Masalan,  uchuvchilik 

kasbi, jarrohlik, energiya tizimi operatorlari kabi kasblarda alohida qunt, qobiliyat, 

bilim va zukkolik talab etiladi. SHaxsda sanaht bilan bog’liq bo’lgan kasblarda esa 

qobiliyat,  ijodkorlik  bo’lmasa,  sanahtkor,  rassom,  aktyor  yoki  arxitektor  bo’la 

olmaydi. 

Bahzi hollarda to’g’ri kasb tanlanadi. U yoshlarning qiziqishi va qobiliyatiga 

to’g’ri  keladi.  Ammo  mehnat  faoliyati  jarayonida  uning  tanlagan  kasbi  to’g’ri 

kelmasligini  tushunib  yetadi.  Bunday  hollarda  o’z  irodasi  va  qobiliyatini  ishga 

solib, qiyinchilik-larni yengib o’tish zarur. 

Demak,  kasb  tanlashda  o’z  qiziqishlari,  qobiliyati,  imkoniyatlarini  hisobga 

olish,  o’z  xarakterini  bilish,  o’z  iroda  kuchini  anglab  yetishni  baholay  olish 




161 

 

 



talabalik  yilarida  muhimdir.  Lekin  kasb  tanlashni  o’smirlik  davridan 

boshlab,  talabalik  yillarida  esa  yuqori  darajali  mutaxassisni  tayyorlashda 

samaradorlikka erishish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Talabalar kun tartibi oiladagi o’smir va o’spirinlarning kun tartibidan 

farq qiladi. Talabalarning asosiy vaqti o’qish mashg’ulotlariga sarf bo’ladi. 

Lekin asosiy maqsad, ana shu o’quv mashg’ulotlarida talabaning faoliyatini 

oshirish, kun tartibini to’g’ri tashkil etishdir. Buning uchun talaba jismoniy 

tarbiya  mashqlari,  nonushta,  bo’sh  vaqtini  to’g’ri  tashkil  etish,  shaxsiy 

gigiena  qoidalariga  rioya  qilish,  sog’lomlashtirish-sport  ishlariga  ehtiborini 

qaratmog’i lozim. Agar talaba bolaligidan oilada, o’z ota-onasi bag’rida kun 

tartibiga qaroiy rioya etsa, u talabalik yillarida ham kun tartibini to’g’ri tuza 

oladi.  Bunda  asosan  o’qish  mashg’ulotlaridan  ta’limga  ehtibor  beriladi. 

Lekin  qolgan  bo’sh  vaqtini  taqsimlashda  sanhat,  sport,  kitobxonlik  bilan 

shug’ullanish,  madaniy  hordiq  chiqarish  (kinoteatrga  borish,  radio, 

televidenie eshitish va ko’rish) bularning barchasi talaba kun tartibidan aniq 

o’rin olishi muhimdir. 

Lekin  talbalar  orasida  «Mustaqillik»  natijasida  mashg’ulotlarga 

qatnashmay,  faqat  bemahni  vidiofilg’mlar  tahsirida  kunni  kech  qilayotgan, 

tungi barlarda kunni tongga ulayotganlar ham mavjud. SHunindek, tug’ilgan 

kun,  bayramlar  munosabati  bilan  hayotni  faqat  maishatdan  iborat  deb 

tushunayotgan  yoshlar  ham  yo’q  emas.  SHuning  uchun  ham  birinchi  kurs 

talabasini qabul qilish bilan unga oliy o’quv dargohida kun tartibini qanday 

tashkil  etish  yuzasidan  maslahat  uyushtirish  va  uni  qaroiy  nazorat  qilish 

maqsadga  muvofiq.  Toki  «erkin»  hayot  tarzi  talabalarning  kelgusi  oilaviy 

hayot  tarziga  salbiy  tahsir  etmasin  yoki  uning  ravon  ketayotgan  hayotini 

izdan chiqarib yubormasin. 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish