2. OLIY TA’LIMNING MOHIYATI, XUSUSIYATLARI VA
O’ZBEKISTONDA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
“Oliy ta’lim” deganda - ish faoliyati jarayonida o’z ustida ishlab ilm-
fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llab nazariy va amaliy
muammolarni bartaraf etuvchi iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlab beradigan tizim tushuniladi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy maqsadi – zamon talablariga javob bera
oladigan yuksak bilim va malakaga ega bo’lgan, raqobatbardosh, o’zi
tanlagan yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim mutaxassisi talablari doirasida
respublikaning
ilm-fan,
madaniyat,
iqtisod,
ijtimoiy
sohalarini
rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak
maonaviyatga ega bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash
bo’lib hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Davlat ta’lim standartiga muvofiq tuzilgan zamonaviy dasturlar asosida
o’qitishning yuqori sifatini tahminlash;
2. Oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
3. Ilm-fan, madaniyat, iqtisodning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodiy,
ijtimoiy istiqbolini yutuqlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish;
4. Oliy ta’limning insonparvarligini tahminlash maqsadida yoshlar tarbiyasiga
milliy istiqlol g’oyasi asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanga, oilaga,
atrof-muhitga muhabbatni singdirish;
5. O’qitishning interfaol usullarini, pedagogik innovatsion hamda axborot
kompg’yuter texnologiyalarini, mustaqil ta’lim olish, masofaviy ta’lim tizimini
amaliyotga joriy qilish;
6. Oliy ta’limda fan va ishlab chiqarish mexanizmlarining uyg’unligi
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash;
70
7. Ilmiy-pedagogik kadrlar va talim oluvchilarning ilmiy- ijodiy faoliyati, ilmiy
tadqiqotlari yordamida fan, texnika, texnologiyalarni rivojlantirish, ta’lim jarayoni
orqali mamlakat iqtisodining rivojlanishiga hissa qo’shish;
8. Davlat va nodavlat oliy o’quv muassasalarini rivojlantirish asosida ta’lim
xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltirish;
9. Oliy o’quv muassasalarini boshqarish va kengaytirishni takomillashtirish uchun
jamoat boshqaruvining vasiylik va kuzatuvchi kengashlarni kiritish;
10. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini tekshirish uchun marketing tadqiqotlarini
olib borish, yo’nalishi bo’yicha belgilangan mehnat bilan tahminlash
monitoringini tuzish;
11. Oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama foydali xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Oliy ta’lim tizim tuzilmasi quyidagicha:
1. Tashkiliy tuzilmasidan (xususiy yoki davlat ta’lim muassasasi) qathiy nazar
ta’limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta’lim standarti asosida tatbiq
etuvchi oliy ta’lim muassasalari;
2. Oliy ta’limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi
ilmiy-tadqiqot institutlari;
3. Davlat tomonidan ta’limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli
bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar.
O’zbekiston respublikasida oliy ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi (1-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |