Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining
taxminiy xizmat lavozimi vazifalari
Xizmat lavozimi
Xizmat vazifalari
Bosh buxgalter
Korxonada buxgalteriya ishini to’liq olib borilishini tashkillaydi,
nazorat qiladi va xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
Pul mablag’lari va moddiy qiymatliklardan to’g’ri foydalanish
ustidan nazorat o’rnatadi. Xo’jalik operatsiyalarini hujjatlar bilan
rasmiylashtirishni qonuniyligini nazorat qiladi, ish haqini to’g’ri
hisoblash va berilishi ustidan nazorat o’rnatadi. Byudjetdan
foydalanishga nazorat o’rnatish, soliq to’lovlarining eng maqbul
variantlarini tanlash va soliq hisobotlarini tuzish va topshirish.
Korxona moliya-xo’jalik faoliyatiga tegishli bo’lgan qonunlarni
buzilishini hamda kamomadlar va yo’qotishlar oldini olish, ular
sodir bo’lganda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish va tergov-
sud idoralariga topshirish.
Bosh buxgalter
o’rinbosari
Kassa va hisob raqami operatsiyalarini uchyotini olib boradi.
Bosh buxgalter o’rnini bosadi.
Ombor buxgalterlari
Moddiy ishlab chiqarish zahiralarini, tayyor mahsulotlarni
qiymatliklarni sotib olishni, ishlab chiqarishdan kelishini va chiqib
ketishini hisobga olish bilan shug’ullanadi.
Kassir
Naqd pul mablag’larini harakati va unga tenglashtirilgan,
qimmatli qog’ozlarni (aktsiyalarni, obligatsiyalarni, markalarni)
uchyotga olish bilan shug’ullanadi.
Ishlab chiqarish
bo’limi buxgalteri
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida, tsex
boshliqlarining hisobotlari asosida ishlab chiqarish xarajatlarini
sintetik va analitik uchyotini yurgizadi, ishlab chiqaraligan
mahsulotlarni haqiqiy tannarxlarini kalkulyatsiya qilish bilan
48
shug’ullanadi.
Hisoblashuv opera-
tsiyalari buxgalteri
Debetorlar va kreditorlar, xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar
bilan sodir bo’ladigan hisob-kitoblarni uchyotga olish bilan
shug’ullanadi.
Asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar
buxgalteri
Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa moliyaviy
qo’yilmalarni harakati bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni
hujjatlashtirish, amartizatsiya hisoblash hamda sintetik va analitik
uchyotini olib borish bilan shug’ullanadi.
Auditr
Soliqlarning to’g’ri hisoblanganligini, hisob ishlarining to’g’ri
tashkil qilinganligini nazorat qiladi, moddiy qiymatliklarni
inventarizatsiya qilish bilan shug’ullanadi.
Korxona ish faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa
xizmat lavozimlari ham kiritilishi mumkin. Masalan: Faoliyatida import va eksport
operatsiyalari ko’p bo’lgan korxonalarda “Buxgalter-ekspert” yoki katta
korxonalarda “Buxgalter analitik” hisob ishlarini avtomatlashtirish va
kompyuterlashtirish, kapital qurilishi va zaruriyat bo’lganda boshqa guruhlar ham
tashkil qilinishi mumkin.
Buxgalteriya xizmati xodimlarining faoliyati bosh buxgalter tomonidan
tuziladigan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan “Buxgalteriya apparati
haqidagi nizom” talablari doirasida tashkil qilinishi lozim. Nizomda buzgalteriya
apparatining maqsadi, vazifalari , uning korxonaning boshqa bo’linmalari bilan
aloqasi va buxgalteriyada ishni tashkil qilish tartibi yoritiladi. Nizom buxgalteriya
apparati.
Korxona boshqaruv tizimining xususiyatidan kelib chiqib buxgalteriya
apparati ikki xil, markazlashgan va markazlashtirilmagan shakllarda tashkil
qilinadi. Markazsizlashtirish darajasi bo’linmalarni va tsexlarni tarkibi hamda
hisobning bajaradigan funktsiyalari bilan belgilanadi.
Markazlashtirilmagan shaklda korxonaning markaziy buxgalteriyasi bilan
bir qotorda, uning mustaqil bo’lgan va mustaqil bo’lmagan tarkibiy qismlarida.
49
Buxgalteriya guruhlari va bo’limlari, alohida tsexlar bo’yicha va
korxona tarkibidagi birlashmalar shaklida tashkil qilinadi.
Bajaradigan funktsiyalari bo’yicha buxgalteriya bir necha darajada
tashkil qilinadi:
1. Balans va moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan yakunlanadigan to’liq
hisob olib borishga mo’ljallangan buxgalteriya;
2. TSexlar, bo’linmalar va birlashmalar faoliyatiga tegishli bo’lgan
birlamchi hujjatlarni qabul qilib, ularga ishlov beruvchi, korxona xodimlari
bilan hisob-kitoblarni olib boruvchi, moddiy qiymatliklarni haqiqiy
mavjudligini, harakatini nazorat qiluvchi va hisobini olib boruchi hamda
bo’linmaga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishni
amalga oshiruvchi buxgalteriya;
3. Birlamchi hujjatlarni to’g’ri tuzilganligini, moddiy javobgar
shaxslarni hisobotlarini va videogramalarni to’g’riligini nazorat qiluvchi
hamda hisob ma’lumotlari asosida har xil axborotlar beruvchi buxgalteriya.
Birinchi darajaga kiradigan markazlashtirilmagan buxgalteriya yuqori
darajadagi mustaqillikka ega bo’lgan tarkibiy tuzilmalarga xos bo’ladi.
Masalan, ishlab chiqarish birlashmasining tarkibiga kiruvchi texnologik
alohidalangan hamkor korxona, tsexlar, bo’linmalar, yoki sho’ba va qaram
korxonalarda tashkil qilingan buxgalteriya.
Ikkinchi darajadagi buxgalteriya sanoat ishlab chiqarishi bilan
shug’ullanadigan yirik aktsiyadorlik jamiyatlari, kompaniya, xolding va
boshqarmalar tarkibiga kiruvchi tsexlarga va bo’linmalarga xos bo’lgan
buxgalteriya.
Uchinchi darajadagi buxgalteriya, markazlashgan buxgalteriyaga
briktirilgan bo’linmalarda, tsexlarda, uchastkalarda faoliyat yuritadigan
axborot guruhlari.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining (aktsiyadorlik jamiyatlari,
trestlar, xoldinglar, birlashmalar) buxgalteriyasini tarkibiy tuzilishi ularda
faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnat taqsimotiga asoslanadi.
50
Buxgalteriya apparati xodimlari mehnat taqsimoti, ularning bajaradigan ishlarini
turlari (xodimlarning bajaradigan funktsiyalari) va hisob ishlarini qanchalik
tugallanganligi (yakunlanganlik) darajasi bilan belgilanadi. Buxgalteriyada hisob
ishlarini qanchalik tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, tugallangan
hisob jarayonini yoki ma’lum bir obhektni hisobga olish bilan belgilanadi.
Bularning har birining yutug’i va kamchiliklari bor. Misol, bajaradigan ishlarini
turlari bo’yicha mehnat taqsimoti sharoitida, hisob jarayoni detallashadi, natijada
bajaruvchilar faoliyat sohasi cheklanib, hisob ma’lumotlarini aniqligi bo’yicha
mahsuliyat bir qancha bajaruvchilar zimmasiga tushadi. Hisob ishlarini qanchalik
tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, yuqori malakali buxgalterlarni
talab etadi. Malakali buxgalter kadrlarni yetishmovchiligi amaliyotda bir xil
mehnat taqsimotiga asoslangan buxgalteriyalarni tashkil qilishga har doim ham
imkon bermaydi. SHuning uchun amaliyotda bir xil mehnat taqsimotiga
asoslangan buxgalteriyalar deyarli uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |