Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

3. XО‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH.

 

Xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  mulkchilik  shakllari  va  idoraviy 



bo’ysunishidan  qat’i  nazaramalga  oshirilayotgan  barcha  xo’jalik  operatsiyalarni 

O’zbekiston  Respublikasida  “Buxgalteriya  hisobi  to’g’risidagi  qonun”ning  14-

moddasi  va  Moliya  vazirining  2003  yil  23  dekabrdagi  131-son  buyrug’i  bilan 

tasdiqlangan    “Buxgalteriya  hisobida  hujjatlar  va  hujjatlar    aylanuvi  to’g’risidagi 

Nizom”  talablari  doirasida    ularni  sodir  bo’lishini    tasdiqlovchi  hujjatlar  bilan 

rasmiylashtirilishi  lozim.  Ushbu  hujjatlar  buxgalteriya  hisobi  yuritiladigan 

birlamchi hisob hujatlari bo’lib xizmat qiladi.  

Boshlang‘ich  hisob  hujjatlari  xо‘jalik  operatsiyalari  amalga  oshirilayotgan 

paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bо‘linganidan keyin tuziladi. 

Hisobot  davriga  tegishli  bо‘lgan  xо‘jalik  operatsiyalari,  agar  ular  amalga 

oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bо‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat 

rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 

Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning 

о‘z  vaqtida,  tо‘g‘ri  va  ishonchli  tuzilishi,  shuningdek  buxgalteriya  hisobida  aks 

ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir. 

Hisoblash  texnikasi  vositalari  yordamida  mashina  o’qiydigan  tashuvchilarda 

tuzilgan  birlamchi  hujjatlar  tegishli  majburiy  rekvizitlar  mavjud  bo’lganda  , 

buxgalteriya  hisobida  qo’llaniladi.  Mashina  usulida  tayyorlangan  hujjat, 




389 

 

 



“Buxgalteriya  hisobida  hujjatlar  va  hujjatlar    aylanuvi  to’g’risidagi  Nizom” 

talablariga  muvofiq  moddiy  tashuvchiga  (magnitli,  qog’ozli)  yozilishi, 

tayyorlanishi  va  qog’ozga  chiqarilishi  lozim.  Bunda  “Buxgalteriya  hisobida 

hujjatlar va hujjatlar  aylanuvi to’g’risidagi Nizom”  va boshqa me’yoriy-huquqiy 

hujjatlarning talablariga rioya qilinishi lozim. 

Buxgalteriya  hisobini  mexanizatsiyalash  (avtomatlashtirish)  sharoitida 

birlamchi  hujjatlar  rekvizitlari  kodlar  ko’rinishida  qayd  etilishi  mumkin.  Bunda 

mashina o’qiydigan axborot tashuvchidagi birlamchi hujjat va registr hujjat to’g’ri 

tuzilishi  bo’yicha  mas’ul  shaxsning  kodiga  ega  bo’lishi  mumkin.  Kodning  aniq 

shaxsga  tegishliligi  mashina  o’qiydigan  axborot  tashuvchida  hujjatni  tuzuvchi 

korxona  tomonidan  qayd  etiladi  hamda  zarurat  tug’ilganda  boshqa  birovning 

kodlaridan  foydalanish  imkoniyatini  istisno  etuvchi  texnik,  dasturiy  vositalar  va 

tashkiliy sharoitlar yaratiladi. 

Hujjatlarni bosmaxonada chop etilgan va belgilangan shakldagi blankalarda, 

barcha  rekvizitlarini  to‘ldirgan  holta  tuzish  kerak,  agar  biror  bir  rekvizitini 

to’ldirish uchun ma’lumot bo‘lmasa, bo‘sh joy chizib qo‘yiladi. Hujjatlarda yozuv 

rang  bilan,  sharikli  ruchkada  qo‘lda  va  yozuv  mashinkasi,  kompyuter  texnikasi 

yordamida bajariladi. Pul hujjatlarida summa son va yozuv bilan amalga oshiriladi. 

Qo‘lda  tuziladigan  hujjatlar  hamma  o‘qiy  oladigan  darajada  bexato,  sonlar  va 

hujjatni matni chiroyli husnixat bilan yozilishi kerak.  

Birlamchi  hisob  hujjatlarini  tuzgan  va  imzolagan  shaxslar  hujjatning  o’z 

vaqtida  tuzilishi  va  to’g’riligi,  ishonchliligi  hamda  buxgalteriya  hisobida  aks 

ettirilishiga  belgilangan  muddatda  topshirilishi  uchun  javobgardirlar.  Birlamchi 

hujjatlardagi  bo’sh  qatorlar  ustiga  chizib  qo’yiladi.  Birlamchi  hujjatlar  imzolash 

huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. 

Tasdiqlangan  hujjatlar  ma’sul  shaxslar  tomonidan  о‘rnatilgan  tartibda,  hujjatlar 

aylanishi  jadvalda  belgilangan  sanalarda  xо‘jalik  operatsiyalarini  buxgalteriya 

hisobini tashkil qilish uchun korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.  

Buxgalteriyaga  kelgan  hujjatlar  albatta  tekshiriladi.  Tekshiruv  shakl 

(hujjatlarni  rasmiylashtirish,  rekvizitlarni  to’ldirishning  to’liqligi  va  to’g’riligi), 




390 

 

 



mazmun 

(hujjatlashtirilayotgan 

operatsiyaning 

qonuniyligi, 

alohida 

ko’rsatkichlarning  mantiqiy  bog’lanishi)  bo’yicha  amalga  oshiriladi.  Eng  avvalo, 

hujjatlarning  xo‘jalik  operatsiyalarni  mazmunini  bildiruvchi,  ko‘rsatkichlarini 

(rekvizitlari)  hammasini  to’ldirilganligi,  ma’sul  shaxslarning  imzo  chekkanligi, 

hujjatning  to‘g‘ri  to‘ldirilganligi  arifmetik  jihatdan  yuzaki  tekshirib  ko‘riladi 

(hujjatda  ko‘rsatilgan  baholar,  summalar  to‘g‘ri  yozilganligi.).  Nihoyat,  hujjat 

mantiqan  to‘g‘ri  tuzilganligi  tekshirilib,  sodir  bo‘lgan  xo‘jalik  operatsiyalarini 

huquqiyligi  va  maqsadga  muvofiqligi  aniqlanadi.  Qonun  hujjatlariga  va  pul 

mablag’lari, tovar-moddiy qimmatliklar va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash 

va  sarf  qilish  bo’yicha  belgilangan  tartibga  zid  bo’lgan  birlamchi  hujjatlar  kelib 

tushganida, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida  belgilangan 

tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshiriladi. 

Tekshirilgan  buxgalteriya  hujjatlarga  ishlov  beriladi  (hujjatlar  obrabotka 

qilinadi)  ya’ni,  hujjatlardagi  barcha  arifmetik  amallar  qayta  hisoblab  chiqiladi 

(taksirovka  qilinadi),  guruhlanadi  va  hujjatning  tegishli  joyida  schyotlar  aloqasi 

qо‘yib  chiqiladi  (pravodka  tuziladi).  Shundan  keyin  hujjatlarning  xо‘jalik 

operatsiyalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlari sintetik va analitik schyotlarga yoziladi.  

Ishlovdan  o’tgan  birlamchi  hujjatlar  ularning  qayta  qo’llanilishini  istisno 

etuvchi belgiga ega bo’lishi lozim,  qo’l yordamida ishlovdan o’tkazilganda - hisob 

registriga yozilgan sana, hisoblash qurilmasida ishlovdan o’tkazilganda - ishlovdan 

o’tkazish bo’yicha mas’ul operator shtampining izi.  

Kirim  va  chiqim  kassa  orderlariga  ilova  qilinadigan  barcha  hujjatlar  hamda 

ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo’lgan hujjatlar “Olindi” yoki “To’landi” 

shtampi  yoki  qo’l  yozuvi  bilan  sana  (oy,  kun,  yil)  ko’rsatilgan  holda  majburiy 

so’ndiriladi.   

Birlamchi  hujjatdagi  matn  va  raqamlar  ustidan  chizishlarga  va  izoh 

berilmagan tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Birlamchi hujjatlardagi (bank va kassa 

pul hujjatlaridan tashqari) xatolar quyidagicha tuzatiladi: xato matn yoki summalar 

chiziladi  va  chizilganning  ustidan  to’g’ri  matn  yoki  summalar  yoziladi.  CHizuv 

bitta  chiziq  bilan,  tuzatilgan  xatoni  o’qib  bo’ladigan  qilib,  amalga  oshiriladi  va 




391 

 

 



birlamchi  hujjatda  tuzatilgan  xatolarga  “tuzatildi”  yozuvi  bilan  izoh  berilishi, 

hujjatni  imzolagan  shaxslar  imzosi  bilan  tasdiqlanishi  hamda  tuzatish  sanasi 

qo’yilishi  lozim.  Birlamchi  bank  va  kassa  pul  hujjatlarida  tuzatishlarga  yo’l 

qo’yilmaydi. 

Birlamchi  hujjatlar  yoki  kompьyuter  hisobi  ma’lumotlari  buxgalteriyada 

maxsus  xonalar  yoki  yopiladigan  javonlarda  korxona  rahbari  yoki  u  tomonidan 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan vakolat 

berilgan shaxslar javobgarligida kamida uch yil mobaynida saqlanadi. 

Korxonalardan birlamchi hujjatlarni olib qo’yish qonun hujjatlariga muvofiq 

amalga  oshiriladi.  Surishtiruv,  dastlabki  tergov,  prokuratura  organlari  va  sudlar 

tomonidan olib qo’yishlar, mazkur organlarning O’zbekiston Respublikasi jinoyat 

protsessual qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga 

oshiriladi. Olib qo’yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi imzo 

qo’ydirib, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga topshiriladi.  

Olib  qo’yishni  amalga  oshirayotgan  organlar  vakillarining  ruxsati  bilan  va 

ularning  hozirligida  korxonaning  tegishli  mansabdor  shaxslari  olib  qo’yilayotgan 

hujjatlardan  olib  qo’yish  asoslari  va  sanasini  ko’rsatgan  holda  nusxa  olishlari 

mumkin.  

Agar  oxirigacha  rasmiylashtirilmagan  hujjatlar  jildlari  (tikib  qo’yilmagan, 

raqamlanmagan  va  hokazo)  olib  qo’yilayotgan  bo’lsa,  olib  qo’yishni  amalga 

oshirayotgan  organlar  vakillarining  ruxsati  bilan  va  ularning  hozirligida 

korxonaning tegishli mansabdor  shaxslari bu jildlarni  oxirigacha  rasmiylashtirishi 

(ular  ro’yxatini  tuzishi,  varaqlarni  raqamlashi,  tikishi,  muhrlashi,  o’z  imzosi  va 

muhri  bilan  tasdiqlashi)  yoki  olib  qo’yilayotgan  hujjatlarning  ro’yxatini  har  bir 

hujjatdagi  betlar  sonini  ko’rsatgan  holda  tuzishi  lozim.  Bunda  olib  qo’yishni 

amalga  oshirayotgan  organlarning  vakillari  va  korxonaning  tegishli  mansabdor 

shaxslari ro’yxatni imzolashadi. 

Rasmiylashtirilgan  birlamchi  hujjatlarni  yo’qotish  hollarida  korxona  raxbari 

buyruq  bilan  yo’qotish  sabablarini  tekshirish  bo’yicha  komissiya  tayinlaydi. 

Tekshiruv  natijalari    komissiya  a’zolari  tomonidan  tasdiqlanadigan  dalolatnoma 




392 

 

 



bilan  rasmiylashtiriladi.  Birlamchi  hujjatlarni  yo’qotishda  aybdor  shaxslar  qonun 

hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish