Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 KALKULYATSIYANING MAQSADI, VAZIFALARI VA



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

3. KALKULYATSIYANING MAQSADI, VAZIFALARI VA 

TURLARI.

 

Buxgalteriya  hisobi  amaliyoti  va  nazariyasida 



kalkulyatsiya  va 

kalkulyatsiya  qilish

  atamalaridan  foydalaniladi. 



Kalkulyatsiya 

sо‘zi  –  bir  birlik 

mashulotning  tannarxini  aniqlash  ma’nosini  anglatsa, 

kalkulyatsiya  qilish

  sо‘zi 


ishlab  chiqarish  jarayonida  tayyor  bо‘lgan  mashulotlarni  yoki  harid  qilingan 

moddiy qiymatliklarni hammasini tannarxini aniqlashni bildiradi.  

Kalkulyatsiyaning  asosiy  maqsadi  ishlab  chiqarish  va  xо‘jalik  maqsadlari 

uchun  xarid  qilingan  moddiy  qiymatliklarni,  sotib  olingan  yoki  yangidan  qurib 

bitkazilgan  asosiy  vositalarni,  ishlab  chiqarishda  tayyorlangan  mashulotlarni, 

umuman  olganda  buxgalteriya  hisobida  hisobga  olinadigan  moddiy  va  nomoddiy 

qiymatliklarni haqiqiy tannarxlarini aniqlash bо‘lib hisoblanadi. 

Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur: 

1.

 

Korxona faoliyatida sodir bо‘ladigan xarajatlar ustidan nazorat о‘rnatish; 



2.

 

Ishlab  chiqarish  xarajatlari  me’yorlariga  rioya  qilinishi  ustidan  nazorat 



о‘rnatish; 

3.

 



Ishlab  chiqarish  uchun  sarflanadigan  moddiy  va  nomodiy  qiymatliklarning 

baholarini tо‘g‘ri aniqlanishini nazorat qilish; 

4.

 

Ishlab  chiqarishda  xarajatlardan  unumli  foydalanish  ustidan  nazorat 



о‘rnatish; 

5.

 



Uchyotga olinadigan qiymatliklarning hammasini va bir birligini tannarxini 

tо‘g‘ri aniqlash; 

6.

 

Egri xarajatlarni mashulotlar tannarxiga tо‘g‘ri qо‘shilishini ta’minlash. 



Hisob obyektlarini tо‘g‘ri baholash uchun kalkulyatsiya obyekti va birligini 

tо‘g‘ri tanlab olish kerak.  

Kalkulyatsiya  obyekti  bu  baholanayotgan  hisob  obyekti  bо‘lib  hisoblanadi. 

Masalan,  ta’minot  jarayonida  xarid  qilingan  moddiy  qiymatliklar,  qurilishi 




336 

 

 



yakunlangan  qurilish  obyektlari,  о‘rnatilib  ishga  tushirilayotgan  asosiy  vositalar, 

ishlab chiqarishda tayyorlangan mashulotlarning alohida turlari va boshqalar. 

Kalkulyatsiya  birligi  sifatida  kalkulyatsiya  qilinayotgan  obyekt  yoki  uning 

bir birligi qabul qilinadi. Masalan, ishlab chiqarishda tayyorlangan ayollar paltosi 

yoki  bir  dona  palto.  Boshqacha  qilib  aytganda  kalkulyatsiya  qilinayotgan 

obyektning  hammasini  yoki  bir-birligini  tannarxini  topish  kalkulyatsiya  birligini 

tashkil etadi. 

Tannarx bu mashulot tayyorlash yoki xizmat kо‘rsatish uchun ketgan barcha 

xarajatlarning  puldagi  ifodasidir.  Korxonaning  faoliyatida  vujudga  keladigan 

xarajatlar  tarkibi  1995  yil  1  yanvardan  amalga  joriy  qilingan  va  О‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining1999  yil  5  fevraldagi  54-sonli  qarori  bilan 

qayta  kо‘rib  chiqilgan  “Mashulot  (ish,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  va  sotish 

xarajatlari  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi  tо‘g‘risida”gi 

Nizomda  yoritib  berilgan.  Xarajatlarni  buxgalteriya  hisobida  tо‘g‘ri  aks  ettirishni 

ta’minlash  maqsadida  ular,  ishlab  chiqarishda  qatnashishi,  qanday  maqsadga 

yо‘naltirilganligi va haqiqiylik tamoyillarga asoslanib quyidagi  belgilari bо‘yicha 

guruhlanadi: 

1. Mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga kо‘ra; 

2. Foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar; 

3. Korxonaning moliyaviy faoliyati bо‘yicha xarajatlar; 

Mashulotlarning  ishlab  chiqarish  tannarxiga  kiritilishiga  kо‘ra  barcha 

xarajatlar, bevosita va bilvosita moddiy xarajatlarga, bevosita va bilvosita  mehnat 

xarajatlariga va boshqa bevosita va bilvosita xarajatlarga bо‘linadi. 

Tannarxni  hosil  qiladigan  xarajatlar  iqtisodiy  mazmuniga  kо‘ra  quyidagi 

xarajatlardan tashkil topadi: 

1.

 



Moddiy xarajatlar; 

2.

 



Mehnat xarajatlari; 

3.

 



Boshqa xarajatlar. 

Foyda  hisobidan  qoplanadigan  ustama  xarajatlarga,  sotish  xarajatlari, 

boshqarish xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar va zararlar kiradi. 



337 

 

 



Korxonaning  moliyaviy  faoliyati  bо‘yicha  xarajatlari,  foizlar  bо‘yicha 

xarajatlar,  xorijiy  valyuta  operatsiyalar  bо‘yicha  salbiy  kurs  tafovutlari,  qimmatli 

qog‘ozlarga  qо‘yilgan  mablag‘larni  qayta  baholash  farqlari,  moliyaviy  faoliyat 

bо‘yicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. 

Kalkulyatsiya  qilish  uch  bosqichda  amalga  oshiriladi:  birinchi  bosqichda 

tayyor  bо‘lgan  mashulotlarga  tegishli  bо‘lgan  xarajatlarning  haqiqiy  miqdorlari 

topiladi,  ikkinchi  bosqichda,  egri  xarajatlar  kalkulyatsiya  obyektlari  orasida 

korxonaning  hisob  siyosatida  nazarda  tutilgan  uslub  bilan  taqsimlanadi,  uchinchi 

bosqichda, barcha mashulotlarni va bir birlik mashulotning tannarxi aniqlanadi.  

Tannarxini 

kalkulyatsiya 

qilishning 

quyidagi 

turlari 


bor: 

smeta 


kalkulyatsiyasi; reja kalkulyatsiyasi; normativ kalkulyatsiya; haqiqiy kalkulyatsiya. 

Smeta  kalkulyatsiyasidan  tajriba-sinov  labaratoriyalarida  va  qurilish 

korxonalarida 

foydalaniladi. 

Tannarx 

tajriba 


asosida 

tayyorlanayotgan 

mashulotning yoki qurilish obyektining smetasida kо‘rsatilgan xarajat miqdorlarida 

va baholarda aniqlanadi. 

Reja  kalkulyatsiyasi  ishlab  chiqarish  davrining  boshiga  mashulot  ishlab 

chiqarish rejasida kо‘rsatilgan xarajatlar va baholarda tuziladi.  

Normativ  kalkulyatsiya  mashulot  ishlab  chiqarish  uchun  ilmiy  tekshirish 

institutlari  tomonidan  oldindan  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan  xarajatlarning 

ilg‘or  me’yorlariga  asoslanadi.  Bunday  kalkulyatsiya  mashulot  ishlab  chiqarish 

jarayonini boshlashdan oldin tuziladi.  

Mashulotlar 

tannarxini 

kalkulyatsiya 

qilishni 

normativ 

metodini 

qо‘llayotgan  korxonalarda  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  joriy  uchyoti  normalar 

bо‘yicha olib boriladi. Bir vaqtning о‘zida joriy uchyotda normalarning о‘zgarishi 

va  normalardan  kelib  chiqadigan  farqlar  ham  aks  ettiriladi.  Mashulotlarning 

haqiqiy  tannarxi,  normativ  tannarxga  hisobot  davrida  normalar  о‘zgarishini  va 

normalardan kelib  chiqadigan  farqlarni  arifmetik qо‘shish yoki  ayirish yо‘li bilan 

topiladi. Buni matematik modulini quyidagicha ifodalash mumkin. 

∑Ht ═ ∑Nt±∑Nu±Nf 

Qayerda:  




338 

 

 



1.

 

∑Ht- mashulotlarni haqiqiy tannarxi;  



2.

 

∑Nt- mashulotlarni normativ tannarxi;  



3.

 

±∑Nu- hisobot davrida normalarni о‘zgarishi; 



4.

 

±Nf- hisobot davrida aniqlangan normalardan farqlar; 



Haqiqiy  kalkulyatsiya  xarajatlarning  haqiqiy  sarflari  va  amaldagi  xaqiqiy 

baholarga  asoslanib  tuziladi. Haqiqiy  tannarx  har  bir  kalkulyatsiya  obyekti uchun 

sarflangan barcha haqiqiy xarajatlarni qо‘shish yо‘li bilan topiladi.  

Ishlab  chiqarishda  tayyorlanayotgan  mashulotlarni  haqiqiy  tannarxlarini 

topish  uchun  har  oyning  oxirida  ishlab  chiqarish  tsexlarida  inventarizatsiya 

о‘tkazilib  tayyor  bо‘lmagan  mashulotlarga  tegishli  bо‘lgan  xarajat  moddalari 

bо‘yicha qoldiqlar  topiladi (tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari) va nihoyat 

oy  davomida  mashulotlar  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan  haqiqiy  xarajatlardan 

tayyor bо‘lmagan mashulotlarga tegishli bо‘lgan  xarajatlarni ayirib tashlash yо‘li 

bilan tayyor mashulotlarning haqiqiy tannarxlari topiladi.  

Mashulot  tannarxining  tо‘g‘ri  aniqlash  uchun  xarajatlarni  davrlar  bо‘yicha 

tо‘g‘ri  taqsimlash  kerak  bо‘ladi.  Buning  uchun  kelgusi  davr  xarajatlari  zahirasi 

hisoblab boriladi.


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish