Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 XО‘JALIK MABLAG‘LARINI TURKUMLASH



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

4. XО‘JALIK MABLAG‘LARINI TURKUMLASH. 

Korxonalar  ixtiyorida  ma’lum  miqdordagi  mablag‘larning  bо‘lishi ularning 

о‘z  faoliyatini  amalga  oshirishini  muhim  shartlaridan  biridir.  Mablag‘larning 

miqdori  va  ulardan  foydalanish  tartibi  korxona  foaliyatining  xususiyatidan  kelib 

chiqadi. 

Korxonalar  xо‘jalik  mablag‘lari  va  ularning  tashkil  topish  manbalari 

tо‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish va buxgalteriya hisobini tо‘g‘ri tashkil qilish 

uchun, ularni ilmiy asoslangan guruhlarga bо‘lib о‘rganish yaxshi natija beradi. 

Buxgalteriya  hisobiga  doir  ilmiy  va  о‘quv  adabiyotlarda  xо‘jalik 

mablag‘larini  ikki  xil  belgilari  bо‘yicha  guruhlab  о‘rganish  tavsiya  etiladi, 

birinchidan, mablag‘larini tarkibi va joylanishiga bо‘yicha turkumlash, ikinchidan, 

xо‘jalik  jarayonidagi  funksional  roliga,  shu  jarayonda  qatnashish  xususiyatiga  va 

muddatiga kо‘ra turkumlash. 

Bizningcha,  xо‘jalik  mablag‘larini  turkumlashda  birinchidan,  buxgalteriya 

hisobining  maqsadidan,  vazifasidan,  bajaradigan  funksiyasidan,  moliyaviy 

hisobotlarni tuzish tamoyillaridan, hisob ma’lumotlarining korxona faoliyati uchun 

qanchalik  zarurligidan,  ikkinchidan,  davlatning  soliq  siyosatidan  kelib  chiqish 

kerak. Masalaga bunday yondoshish, uning tub mohiyatini ochib beradi. 

Yuqorida  bayon  qilinganlardan  kelib  chiqqan  holda  xо‘jalik  mablag‘larini 

quyidagi belgilari bо‘yicha turkumlashni maqsadga muvofiq, deb bilamiz: 

1.

 

Tarkibi va xususiyatiga kо‘ra; 




186 

 

 



2.

 

Xо‘jalik jarayonida qatnashish muddatiga kо‘ra; 



3.

 

Xо‘jalik jarayonidagi funksional roliga kо‘ra; 



4.

 

Takror ishlab chiqarishning qaysi sikliga tegishliligiga kо‘ra; 



5.

 

Tashkil topish manbalariga kо‘ra. 



Xо‘jalik  mablag‘lari  korxona  xо‘jalik  jarayonda  qatnashish  muddati  va 

xususiyatiga kо‘ra uzoq muddatli va joriy aktivlarga bо‘linadi. 

Uzoq  muddatli  aktivlar  tarkibi  va  moddiylashishiga  kо‘ra  mulklardan  va 

nomoddiy  aktivlardan  tashkil  topadi.  Korxona  mulklariga  asosiy  vositalar 

kiritiladi.  Korxona  tomonidan  nazorat  qilinadigan  qiymatga  ega  bо‘lgan,  lekin 

moddiy-ashyoviy  mazmunga  va  jismoniy  mohiyatga  ega  bо‘lmagan,  aktivlarga  – 

nomoddiy aktivlar deyiladi. 

Asosiy vositalarga О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1998 yil 23 

sentabrda 491-son bilan rо‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining 5-sonli “Asosiy 

vositalar”  nomli  milliy  andozasiga  muvofiq,  moddiy  ishlab  chiqarish  va  xizmat 

kо‘rsatish sohalarida bir yildan kо‘proq vaqt davomida amal qiladigan, shuningdek 

ijaraga  berish  maqsadlari  uchun  foydalaniladigan  va  amal  qilayotgan  me’yoriy 

hujjatlar  talabiga  kо‘ra  bir  birligining  qiymati  eng  kam  ish  haqining  ellik 

barobaridan  kam  bо‘lmagan  moddiy  aktivlar  kiradi.  Asosiy  vositalar  natural 

jihatdan  binolar,  inshootlar,  uzatish  qurilmalari,  ish  va  kuch  mashinalari,  о‘lchov 

hamda  boshqaruvchi  qurilmalari,  hisoblash  texnikasi,  transport  vositalari,  qishloq 

xо‘jaligi  mashinalari,  ishlab  chiqarish  va  xо‘jalik  anjomlari,  ish  xayvonlari  va 

mashuldor  chorva  mollar,  kо‘p  yillik  о‘simliklar,  bog‘lar,  axborot  resurs  markazi 

(kutubxona)  fondlari  shaklida  namoyon  bо‘ladi.  Shuningdek,  ularning  tarkibiga 

yerlarni  unumdorligini  yaxshilashga  sarflangan  mablag‘lar  (yerlarni  zaxini 

qochirish,  irrigatsiya-meloratsiya  va  boshqa  ishlar  uchun  sarflangan  xarajatlar), 

uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, inshoatlar va boshqa turdagi vositalar ham 

kiradi. 

Asosiy  vositalar  ishlab  chiqarishning  bir  nechta  sikllari  jarayonida  yoki 

korxananing  boshqa  faoliyatida  uzoq  yillar  xizmat  qilib,  о‘zining  qiymatini 

yangitdan  yaratilgan  mashulotlar  qiymatiga  (tannarxiga)  qisman-qisman,  ularning 




187 

 

 



eskirishiga teng bо‘lgan, amartizatsiya summalari miqdorida о‘tkazib boradi. Ular 

ishlatishdan  chiqib  ketgunlariga  qadar  о‘zlarining  dastlabki  natural  shakllarini 

saqlab  qoladilar.  Shunday  qilib,  ishlatish  mudati  bir  yildan  kо‘p,  bir  donasining 

qiymati  esa,  eng  kam  ish  xaqining  50  barabaridan  kam  bо‘lmagan  mehnat 

vositalari asosiy vositalar deyiladi. 

Nomoddiy  aktivlarga, korxonaning huquqlari, korxona uchun qiymatga  ega 

bо‘lgan, lekin kо‘rib yoki ushlab bо‘lmaydigan kapital qо‘yilmalarning loyihalari 

(proyektlari),  savdo  markalari,  patentlar  hamda  shu  kabi  boshqa  huquqlari 

kiritiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  buxgalteriya  hisobining  7-sonli  “Nomoddiy 

aktivlar”  nomli  milliy  andozasiga  muvofiq  nomoddiy  aktivlarga    moddiy-

ashyoviymazmunigaegabо‘lmagan,  

xо‘jalikyurituvchisubyekttomonidanxо‘jalikfaoliyatidafoydalanishyokiboshqarishu

chunfoydalanishmaqsadidanazoratqilinadigan, 

shuningdekuzoqvaqt 

(biryildankо‘p) ishlatishuchunmо‘ljallanganmol-mulkobyektlar kiritiladi. 

Nomoddiy aktivlarga korxonalarning, yer, suv va boshqa tabiiy  resurslardan, 

sanoat  obyektlari  va  aqliy  intelektual  mulkdan  foydalanish,  mualliflik  va  boshqa 

shunga  о‘xshash  huquqlari,  shuningdek,  texnik  kо‘nikma,  litsenziya,  savdo 

markalari, belgilari, patent, kompyuter dasturlari, nou-xau, import kvotalari, yangi 

korxonani barpo etish xarajatlari kiradi. 

Joriy aktivlar moddiylashishiga kо‘ra 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish