203
Misolimizdan kelib chiqqan holda 1-
chorak buxgalte-
riya balansida asosiy vositalar moddasi bo‘yicha aks
ettiriladigan summani aniqlab, ya’ni buxgalteriya schot-
larida tegishli yozuvlarni yozib chiqamiz.
Buning uchun hisobot davrida qabul qilingan asosiy
vositalar deb, „Asosiy vositalar“ schoti — 30000 so‘m
kredit, eskirish summasiga debet, „Boshqa savdo xara-
jatlari“ kredit, „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti deb
yozuv beriladi.
Buxgalteriya hisobi schotlari chizmasi quyidagicha
ko‘rsatiladi:
Dt 0100 Kt
B.k. 15000
30000
Dt 0200 Kt
Dt 9419 Kt
B.k. 40000
1500
B.k.
1500
Misolimizdan kelib chiqqan holda 1- chorak balansida
asosiy vositalarni ushbu tarzda aks ettiramiz.
Buning uchun hisobot davrida qabul qilingan asosiy
vositalar summasiga debet
„ Asosiy vositalar“ schoti, kredit
„ Kapital mablag‘lar“ schoti, deb— 30000 so‘m, eskirish
summasiga debet
„ Davr xarajatlari“, kredit
„ Asosiy vosita-
larning eskirishi“ schoti — 1500 so‘m deb yozuv beriladi.
Yuqoridagi misolimizga berilgan buxgalteriya yozuv-
lari 1-chorakka bo‘lgan balansi o‘zgarishini ta’minlaydi.
1.01.99 1.04.99
Asosiy vositalar: boshlang‘ich (qayta
tiklash)
qiymati (01.03)
eskirishi (02)
qoldiq qiymati (010—011)
010
011
012
150000
40000
110000
180000
41500
138500
Demak, balansning aktiv va passiv tomonlaridagi har
bir bo‘limining moddalaridagi ko‘rsatkichlar buxgalteriya
schotlaridan olinadi.
204
Buxgalteriya hisobi schotlarida o‘z ifodasini topgan
ma’lumotlar (summasi) hisobot davrining oxiriga har bir
schot bo‘yicha alohida-alohida hisoblanib, uning hisobot
davridagi oylik oboroti, oy oxirida qoldig‘i aniqlanadi, ya’ni
har bir schot bo‘yicha yuritiladigan jurnal-orderdagi
yozuvlar tartibi olinib, oxirgi qoldig‘i ko‘rsatiladi. Hisobot
davri uchun buxgalteriya balansini tuzish tegishli
tayyorgarlik ishlaridan boshlanadi. Bunday tayyorgarlik
ishlariga sintetik va analitik schotlardagi yozuvlarni bir-biri
bilan taqqoslash, to‘g‘riligini tekshirish, oylik alma-
shishlarni har bir schot bo‘yicha hisoblab, hisobot davri
oxirida qoldiqlarni aniqlash, hisobot davridagi aylanish va
qoldiqlarni bosh daftarda aks ettirishlar kiradi.
Bosh daftar har bir buxgalteriya schoti bo‘yicha
yuritiladi, unda har bir schotning oylik aylanish qoldig‘i
o‘zaro aloqador schotlarning debet aylanishi bo‘yicha
ko‘rsatiladi, kredit aylanishi umumiy summada tegishli
jurnal-orderdan olinadi.
Korxonaning xo‘jalik faoliyatini o‘zida aks ettirgan
buxgalteriya hisobi schotlari bosh daftari bo‘yicha ham har
bir schotning hisobot davridagi aylanishi ko‘rsatiladi va
hisobot davri bo‘yicha jami bosh daftardagi aylanish, qoldiq
aniqlanib, balans tuzish uchun to‘liq ma’lumot yig‘iladi.
Bosh daftar oxirida jami aylanish, qoldiq har oylik ko‘r-
satkichlari bilan yozib boriladi. Bosh daftardagi yozuvlar
bevosita xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq muammolarni, ya’ni
ikki yoqlama buxgalteriya yozuvlari bilan asoslangan
muammolarni o‘zida ifoda etadi.
Buxgalteriya balansida ko‘rsatilgan ma’lumotlar hisobida
yozilgan tushuntirish xatlarida chuqur va har tomonlama
tahlil qilinib, korxona xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi
omillar, mablag‘lar holatiga baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: