Buxgalteriya lit


X  BOB.  BUXGALТERIYA  HISOBOТI



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/108
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90333
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108
Bog'liq
buhgalteriya hisobi nazariyasi

X  BOB.  BUXGALТERIYA  HISOBOТI
1-§. Buxgalteriya hisoboti to‘g‘risida tushuncha.
Hisobot turlari
Respublikamizda  shakllangan  mulkchilik  bozor
iqtisodiyoti talablari asosida rivojlanib bormoqda va har
bir  mulk  egasi  o‘z  mulkining  to‘liqligi,  samaradorligini
nazorat qilish imkoniga egadir. Mulkchilik  shakllarining
rivojlanishi buxgalteriya hisobi va hisoboti oldiga yangi-
yangi  vazifalarni  qo‘ymoqda.
Har bir mulk egasi  o‘z korxonasining foydali ishla-
shini, tejamkorlik va tadbirkorlikka intilishni, mulk holati-
dagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi.
Mulk  egasi  boshqa  korxona,  firmalar  bilan  o‘zaro


185
hisob-kitoblarni olib borish bilan birga  mahsulot ishlab
chiqarish, uni sotish kabi muammolarni hal etadi.
Mulkdorlik holati uning moliyaviy barqarorligi  mulk-
ka bo‘lgan munosabatlarda o‘z ifodasini topadi.
Buxgalteriya  hisoboti  ma’lum  vaqt  birligida  amalga
oshirilgan  xo‘jalik  operatsiyalarini  umumlashtirishga
qaratilgandir.  Buxgalteriya  hisobida  korxonaga  taalluqli
bo‘lgan xo‘jalik mablag‘larining joylanishi va tashkil topish
manbalari  o‘rganiladi  va  tegishli  mablag‘larga  bo‘lgan
ehtiyojini aniqlash imkoni yaratiladi.
Hisobot ma’lumotlarining o‘ziga xos xususiyati shun-
daki, korxona faoliyatining o‘tgan va hozirgi holatini tashkil
qilish imkoniyatlari bor. Hisobotni to‘g‘ri iqtisodiy ma’lu-
motlarga  asoslangan  holda  tuzish  tarmoqlar  o‘rtasidagi
munosabatning bir me’yorda olib borilishini ta’minlaydi.
Тuzilgan hisobotda korxona va tashkilotlarning xo‘jalik
faoliyati  hisobot  davri  bo‘yicha  umumlashtirilgan  holda
ko‘rsatiladi.  Hisobotning  yana  bir  xususiyati  shundaki,
hisobot ko‘rsatkichlarida faqat topshiriqlarni bajarish ifoda
qilinmasdan,  korxonaning  moliyaviy  natijalari,  foydasi,
resurslardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Hisobot
ko‘rsatkichlarini keng ma’noda o‘rganish maqsadida hisobot
shakllaridan  foydalaniladi.  Hisobot  shakllari  yordamida
korxona xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganish, taqqoslash,
tahlil  qilish  imkoniyatlari  yaratiladi.  Hisobot  shakllari
yordamida korxonaning pul mablag‘lari, ulardan foyda-
lanish, moliyaviy holati, debitor va kreditor qarzlari to‘g‘-
risida to‘liq ma’lumot olinadi.
„Buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risida“gi nizomga
asosan:  „ korxona,  muassasaning  buxgalteriya  hisoboti
hisobga olish jarayonining yakunlovchi bosqichi“ hisoblanadi.
Hisobotda,  „ korxona,  muassasaning  hisobot  davridagi
mulkiy va moliyaviy holati, xo‘jalik faoliyatining natijalari
o‘sib boruvchi yakun bilan aks ettiriladi“ deb belgilanadi.
Buxgalteriya hisobining namunaviy shakllari va ularning
o‘rnini  to‘ldirish  bo‘yicha  yo‘riqnomalar  O‘zbekiston


186
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi
va tasdiqlanadi.
 O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan „Buxgal-
teriya  hisobi  to‘g‘risida“gi  Qonunning  16-moddasida,
korxona va tashkilotlar choraklik, yillik hisobot beradilar,
deb ko‘rsatilgan. Hisobotni tuzish tartibi, qo‘llaniladigan
shakllar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomo-
nidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi   Moliya vazirligining 2002-
yil  7-  fevraldagi    31-sonli  buyrug‘ida  moliyaviy  hisobot
shakllarini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Belgi-
langan ko‘rsatmaga asosan moliyaviy hisobotlarni O‘zbe-
kiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan yuridik
shaxs hisoblangan, barcha mulkchilik shaklidagi korxona
va tashkilotlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxo-
nalar,  auditorlik  tashkilotlari,  sug‘urta  tashkilotlari  va
banklar bundan mustasno), shuningdek, mustaqil balans
va hisob-kitob schotiga ega bo‘lgan soliq qonunchiligiga
muvofiq soliq to‘lovchilar hisoblangan alohida bo‘linmalar
taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbe-
kiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Choraklik  va  yillik  moliyaviy  hisobot    quyidagi  hisobot
shakllari hajmida taqdim qilinadi:

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish