Тo‘rtinchi muomala. Тaqsimlash qaydnomasiga asosan
umumishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish
xarajatlariga o‘tkazildi — 8000 so‘m. Bu muomalaga
quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 8000 so‘m.
Kredit „Umumishlab chiqarish xarajatlari“ schoti —
8000 so‘m.
Beshinchi muomala. „Asosiy ishlab chiqarish“dan
tayyor mahsulot omborga qabul qilindi — 90000 so‘m.
Yuqorida keltirilgan misolimiz schotlar chizmasida
quyidagicha ko‘rsatiladi:
110
Demak, kalkulatsiya schotida mahsulot ishlab chiqa-
rish bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rsatiladi.