„Asosiy vositalarning eskirish“ schoti. Asosiy vositalar
o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga asta-sekinlik
bilan eskirish summasi sifatida o‘tkazib boradi. Asosiy
vositalarning eskirishi ularning boshlang‘ich qiymatiga
nisbatan aniqlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi me’yoriy
hujjatlar bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobida asosiy
vositalarning eskirishi passiv „Asosiy vositalarning eski-
rishi“ schotida hisobga olinadi. Bu schotning kredit tomonida
asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda debet „Umum-
ishlab chiqarish xarajatlari“ schoti, kredit „Asosiy vosita-
larning eskirishi“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |