Buxgalteriya hisobining predmeti



Download 0,73 Mb.
bet17/32
Sana22.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#574170
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби маруза матн

Hisob-kitob schyoti» schyoti

«Kassa» schyoti




D-t K-t

D-t

K-t

Qoldiq 1) 1500

1) 1500




Ko’rinib turibdiki, schyotlar bir-birovlari bilan o’zaro bog’langan. Ulardagi yozuvlar amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari natijasida yuzaga kelgan ikkita o’zgarishni: kassaga pullarning kelib tushishi va ularning hisob-kitob schyotidan chiqib ketishini ko’rsatmoqda.
Xo’jalik muomalalarini ikkiyoqlamali yozish schyotlarining o’zaro bog’lanishiga olib keladi. Bunday bog’lanish schyotlar korrespondentsiyasi bog’lanishi deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasi - xo’jalik muomalasi bilan yuzaga keltiriladigan ikki hodisaning schyotlarda aks ettirish paytida paydo bo’ladi va u schyotlarning o’zaro aloqasini namoyon bo’lishlik shaklidir.
Yana bir misolni ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, korxonaga mol etkazib beruvchilardan 7000 so’mlik materiallar va 5000 so’mlik yoqilg’i, hammasi bo’lib, 12000 so’mlik qiymatliklar kelib tushdi.
Bu muomala korxona omboridagi materiallar va yoqilg’i zahiralarining ko’payishiga olib keladi. Bu qiymatliklarni hisobga olinadigan «Materiallar» schyotining «Xom-ashyo va materiallar», «Yoqilg’i» schyotlari aktiv hisoblanadi, shuning uchun 7000 va 5000 so’m summalari bu schyotlarning debetiga yoziladi. Keyin xuddi shu muomala korxonaning mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarida ham aks ettiriladi. Korxonaning mol etkazib beruvchilarga umumiy summadagi 12000 so’mlik qarzi paydo bo’ladi (yoki oshadi). «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti passivdir, passiv schyotlarda esa ko’payish kreditda aks ettiriladi. Shunday qilib «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti mazkur muomala bo’yicha 12000 so’mga kreditlashadi.
Mazkur muomalaning buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
D t «Xom ashyo va materiallar» schyoti - 7000
so’m
D t «Yoqilg’i» schyoti - 5000 so’m
K t «Mol etkazib beruvchilar va pudratchi larga to’lanadigan schyotlar» schyoti - 12000 so’m Bu muomala schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
«Mol etkazib beruvchilar «Xom-ashyo va material- va pudratchilarga to’lanadi- lar» schyoti
gan schyotlar» schyoti
D-t K-t D-t K-t




Korxonaning mol etkazib beruvchilardan materiallar va yoqilg’i olishi natijasida qarzining ko’payishi
Materiallarning
kelishi D-t «Yoqilg’i» schyoti K-t

2) 5000
Yoqilg’ining kelishi



Bundan ko’rinib turibdiki, birinchi muomala bo’yicha tuzilgan yozuv bo’yicha ikki schyotni, ikkinchisi bo’yicha esa uchta schyotni o’z ichiga oladi.
Ikki schyotga ta’sir etadigan yozuv (o’tkazma)lar oddiy, uch va undan ko’proq schyotlarga ta’sir etadiganlari esa murakkab o’tkazmalar deb nomlanadi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, har qanday buxgalteriya yozuvi bir nechta oddiy yozuvlardan iborat bo’ladi. Haqiqatda, ikkinchi muomala bo’yicha yozuvni ikki oddiy o’tkazmaga ajratish mumkin:



  1. D t «Xom ashyo va materiallar» schyoti

K t «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar» schyoti - 7000

  1. D t «Yoqilg’i» schyoti

K t «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar» schyoti - 5000

Murakkab yozuvlarning oddiylarga ajratilishi mumkinligini bir schyotning o’ziga ta’sir etadigan bir necha muomalalar birga birlashtirilishi bilan tushuntiriladi (bizning misolda «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - passiv).


Murakkab yozuvlarni tuzish ularning sonini kamaytiradi va shu bilan hisob xodimlarining mehnatini engillashtiradi.
Lekin har qanday murakkab yozuvlarga ham yo’l qo’yish mumkin bo’lavermaydi. Ulardan to’g’ri tuzilganlariga faqat bir schyot debetlanib, bir necha schyotlar kreditlanganlari kiradi. Bir vaqtning o’zida bir nechta schyotlar debetlanadigan va bir nechta schyotlar kreditlanadigan yozuvlar noto’g’ri hisoblanadi. Ularda ayrim xo’jalik muomalalari o’rtasidagi o’zaro aloqasi ko’rinmaydi va bunday yozuvlar bo’yicha schyotlar korrespondentsiyasini aniq belgilab olish mumkin emas. Bu aks ettirilayotgan muomalalarning mazmunini qiyinlashtiradi va buxgalteriya hisobidan xo’jalik faoliyatini nazorat qilish uchun foydalanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Shu sababdan vatanimiz buxgalteriya hisobining amaliyotida bunday yozuvlar ruxsat etilmaydi.

Chet el hisobida korrespondentsiyali murakkab yozuvlar ko’p uchrab turadi. U erda ulardan, hisob jarayonini kengroq kompyuterlash sharoitlariga moslashish maqsadida, ataylab foydalanishadi.
Shunday qilib, xo’jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish albatta ikki schyotga ta’sir etadi. Bunda bir schyot debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi. O’zaro korrespondentsiyalanuvchi schyotlarning debeti va kreditiga har bir muomala bo’yicha bir xildagi summalar yoziladi. Murakkab yozuv qilinayotganda, bir schyot bilan bog’liq bo’lgan bir nechta schyotlar bo’yicha ko’rsatilgan summalarning jami shu schyotda hisobga olingan umumiy summaga teng bo’lishi kerak.
Ikkiyoqlama yozuv usulidan foydalanganda har bir muomalaning summasini ikki marta yozish shart emas. Ikkiyoqlama yozuv (u tomondan yuzaga keltiriladigan ikki hodisalarni aks ettiruvchi) har bir xo’jalik muomalasi bo’yicha ikki o’zaro bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlarni olishni ta’minlashi kerak. Shuning uchun, zamonaviy texnika sharoitida shaxmat tamoyilida foydalangan holda, har bir muomalaning summasini faqat bir marta yozishadi, lekin shu bilan bir vaqtda talab qilinadigan ikkala ko’rsatkichlarni o’zaro bog’liq holda olishga harakat qilinadi.
Buxgalteriya hisobida AEHMdan foydalanganda xo’jalik muomalalari kodlashtiriladi, ya’ni bir turdagi muomalalarning har bir guruhiga shartli raqam belgilar beriladi. Guruhlash natijasida har bir muomala bo’yicha, uni faqat bir marta aks ettirgan holda, ikkita ma’lumot olishadi.
Shunday qilib, ikkiyoqlama yozuv ikki o’zaro bog’liq bo’lgan xo’jalik hodisalarini aks ettiruvchi sifatida manbiqiy toifa (kategoriya)dir. Ular xo’jalik muomalalarining o’z mohiyatidan kelib chiqadi va shuning uchun u barcha mamlakatlar amaliyotida mavjuddir.
Buxgalteriya hisobida ba’zida ikkiyoqlama yozuv yordamida muomalalarni schyotlarda aks ettirishning boshqa tartiblari ham qo’llaniladi. Bu yozuvning stornoli usulidir. U manfiy sonlardan foydalanishga asoslanadi. Bu usulda schyotning mazkur qismiga qilingan yozuvlardan chegirib tashlanadigan summalar uning qarama-qarshi qismida emas, balki o’sha qismining o’zida, lekin qizil siyoh bilan aks ettiriladi. Yozuvning bunday tartibi schyotlardagi aylanmalarning iqtisodiy jihatdan to’g’riligini saqlash uchun juda katta ahamiyatga egadir. Bu aylanmalar xo’jalik faoliyatining ma’lum ko’rsatkichlarini ifodalaydi va ularning har qanday buzib ko’rsatilishi korxona ishini noto’g’ri tavsiflashga olib kelgan bo’lar edi.
Manfiy sonlar buxgalteriya hisobi tizimida shartli hajmlarda foydalanilayotgan paytlarda, masalan, rejali baholash (bu baholashlarni keyinchalik haqiqiy baholashga o’tkaziladigan bo’lsa) hamda noto’g’ri yozuvlarni to’g’rilash uchun qo’llaniladi.
Manfiy sonlardan foydalanishni materiallar xarajatlarini schyotlarda aks ettirish misolida ko’rib chiqamiz.
Materiallarni hisobdan xarajatga chiqarishda ular ko’pincha reja tannarxida baholanadi. Faraz qilaylik, ishlab chiqarishga sarflangan materiallarning rejadagi tannarxi 30000 so’mni tashkil qildi. Shu summaga quyidagi yozuv tuziladi:
D t «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti - 30000
K t «Xom ashyo va materiallar» schyoti - 30000
«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti aktivdir; u debetlanadi, chunki materiallarning sarflanishi ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishiga olib keladi, «Xom ashyo va materiallar» subschyoti (u ham aktivdir) esa kreditlanadi, chunki ombordagi materiallar kamaymoqda.
Materiallarning haqiqiy tannarxi oy oxirida 29400 so’mni tashkil qildi. Demak, korxona shu materiallarning rejadagi tannarxiga nisbatan 600 so’mli (30000-29400) tejamga ega bo’lgan. Albatta, tejalgan ushbu summaga materiallar sarfini rejadagi tannarxda qilingan yozuvni kamaytirish lozim bo’ladi, chunki ularning real baholanishi haqiqiy tannarxdan iboratdir.
Schyotlardagi aylanmalarni buzib ko’rsatmaslik maqsadida, tejam summassini manfiy sonlarda ko’rsatish kerak. Buning uchun birinchi yozuvdagi kabi yozuv qilinadi, lekin uning summasi minus belgisi bilan qo’yiladi:
D t «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti - 600
K t «Xom ashyo va materiallar» schyoti - 600
Schyotlarda bu yozuvlar quyidagicha aks ettiriladi:
«Xom ashyo va materiallar» «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti schyoti

D-t K-t D-t K-t

Saldo (haqiqiy tannarx

1)

30000

1)

30000




bo’yicha)

2)

–600

2)

-600

Aylanma 29400 Aylanma 29400
Tejamning manfiy sonlar bilan aks ettirilishi materiallar sarfini real baholanishda, ya’ni haqiqiy tannarxda aks ettirilishiga (29400 so’m) olib keldi.

4.9. IKKIYOQLAMA YOZUVNING NAZORAT AHAMIYATI


Asosida amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarining iqtisodiy mazmuni ustidan ikkiyoqlama yozuv nazorat o’rnatiladi. Bunda schyotlar korrespondentsiyasidan foydalaniladi. Buning uchun «Kassa» schyotini, unga nafaqat muomala raqamlari va summalarini, balki har bir muomala bo’yicha korrespondentsiyalanuvchi schyotlar nomlarini ham ko’rsatgan holda, ko’rib chiqamiz.


«Kassa» schyoti

D-t K-t

Boshlang’ich qoldiq

  1. K-t «Hisob-kitob schyoti» schyoti

  2. K-t «Hisobdor shaxs- lardan qarz» schyoti

  3. «Turli debitorlarning» schyoti

100

2120

8

30


  1. D-t «Mehnatga haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-

kitoblar» schyoti 1980

  1. D-t «Hisobdor shaxsdan

qarz» schyoti 70

  1. D-t «Hisob-kitob» schyoti 150

Aylanma

2158

Aylanma

2200

Oxirgi qoldiq

58




Ko’rib turibmizki, «Kassa» schyotining debetiga quyidagi muomalalar yozilgan: 1) 2120 so’m - hisob-kitob schyotidan pullar kelib tushishi; 2) 8 so’m - hisobdor shaxs tomonidan ilgari olingan bo’nakning qaytarilishi; 3) 30 so’m - debitorlardan birining qarzi uzilganligi.


Kreditga yozilgan muomalalarning mazmuni quyidagicha: 4) 1980 so’m - ishchi va xizmatchilarga ish haqi berilishi; 5) 70 so’m - hisobdor shaxslarga bo’nak berilishi; 6) 150 so’m

  • sarflanmay qolgan pullarning hisob-kitob schyotiga qaytarilishi.

Endi «Kassa» schyoti bo’yicha muomalalarning navbat raqamlari va summalari keltirilib, schyotlar korrespondentsiyasi ko’rsatilmagan ekanligini ko’z oldimizga keltiraylik. Tushunarliki, bunday yozuvlar bo’yicha mazkur schyotda aks ettirilgan muomalalarning konkret mazmunini aniqlash mumkin emas. Demak, muomalalarning iqtisodiy mazmunini nazorat qilish uchun ularni schyotda yozish paytida shu schyot bilan ushbu muomalalar bo’yicha korrespondentsiyada bo’lgan schyotlar nomini ham keltirish juda muhimdir.

4.10. XRONOLOGIK VA TIZIMLI (SISTEMATIK) YOZUVLAR


Ikkiyoqlama yozuv yordamida xo’jalik jarayonlarini aks ettirish tartibi bilan tanishayotib, biz shuni aniqladikki, muomala summalari schyotlarga shu ondayoq yozilmas ekan. Oldin muomala qanday schyotlarga yozish kerakligini ko’rsatuvchi buxgalteriya yozuvlari (o’tkazmasi) tuziladi. Buxgalteriya yozuvlari ushbu muomala rasmiylashtirilgan hujjatda yoki shu hujjat ma’lumotlari bo’yicha unga yozuvlar qilinadigan vedomostda, yoki ushbu hujjat tikib qo’yiladigan alohida bosma ish qog’ozlari (blank)da tuziladi. Har bir buxgalteriya yozuviga navbatdagi raqam (nomer) berilib, bundan buyon u hisobda shu raqam bilan o’z aksini topadi.


Xo’jalik muomalalarini to’la-to’kis aks ettirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ular to’g’risidagi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash uchun buxgalteriya hisobining dastlab yuzaga kela boshlanishidanoq barcha yozuvlar xronologik ketma-ketlikda ro’yxatga olinadigan tartib kiritilgan edi. Yozuvlarni ro’yxatga olish jurnallarda amalga oshirilib, unda sana, raqam (nomer), summa va ko’pincha korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ham ko’rsatilar edi.
Xo’jalik muomalalarini xronologik tartibda aks ettirish xronologik yozuv deb nom oldi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish