Buxgalteriya hisobining me’yoriy xujjatlari


Buxgalteriya hisobi va milliy hisobchilik, umumiylik va asosiy farqlanishlar



Download 71,52 Kb.
bet2/2
Sana26.03.2022
Hajmi71,52 Kb.
#511501
1   2
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining me’yoriy xujjatlari

2.Buxgalteriya hisobi va milliy hisobchilik, umumiylik va asosiy farqlanishlar
Yi\ma makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishni muhim vositasi
iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va bozor iqtisodiyotini tartibga solishga doir boshqaruv qarorlarini qabul qilish shuningdek, modellar va prognozlarni ishlab chiqish uchun axborot manbai Milliy hisoblar tizimi xioblanadi. Mohiyatan Milliy hisoblar tizimi - milliy xo‘jalikning makrostatistik modeli bo‘lib,
«xo‘jalik aylanmasi» qoidalari asosida o‘zaro muvofiqlashtirilgan va bozor iqtisodiyoti prinsiplariga javob bera oladigan makroko‘rsatkichlar yi\indisidan iborat. Milliy hisoblar tizimining jadvallari buxgalteriya hisob-kitoblarini
yuritish uslubi bo‘yicha tuziladi, ya’ni iqtisodiy operatsiyalar ikki tomonlama: resurs va foydalanuvchi tomonidan aks ettiriladi.
Hisoblarni tuzish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar eng avvalo korxona va xo‘jaliklarning buxgalteriya hisob-kitob tizimida yuzaga keladi. Lekin buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotlarini oddiy biriktirish (agregirovaniye) Milliy hisoblar tizimini zaruriy ko‘rsatkichlarini olish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun O‘zbekiston respublikasida buxgalteriya hisobini takomillashtirish, ularni xalqaro amaliyotda qabul qilingan qoidalarga o‘tkazish maqsadida jahon andozalariga javob beradigan «hisob reja»larini tayyorlash va uni korxona va xo‘jaliklarni amaliyotiga kiritish zarurdir. Bizning fikrimizcha, buxgalteriya hisobining «hisob reja»sining mazmuni va tuzilishi quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak:
-korxonalarning ixtiyorida mavjud bo‘lgan asosiy va aylanma fondlarning harakati, moddiy aktivlar, uzoq muddatli qo‘yilmalar va rezerv fondlari to‘\risida umumlashgan ma’lumotlarni olish va ularga tavsif berish;
-korxona va xo‘jaliklarning ustav faoliyati bilan bo\langan harajatlar va
ishlovchilarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmatlarni ifodalovchi umumlashgan ma’lumotlarni to‘plash;
-respublika va xorijiy davlatlar bankining hisob-valyuta va boshqa hisob- kitoblarida turuvchi qo\oz pullar, milliy va xorijiy valyuta hisoblangan pul mabla\larining mavjudligi va harakatini aks ettirish;
-korxona va xo‘jaliklaring moliyaviy vositalari va ularning shakllanishi,
moliyaviy faoliyat natijalaridan (xorijiy mamlakatlardan) moliyalashtirilishi (bank kreditlari turli tadbirlar o‘tkazish uchun xorijiy davlatlardan ajratilgan mabla\lar) to‘\risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tavsif berish.
Korxona va xo‘jaliklarda moliyaviy faoliyatning to‘la baholashning yagona yo‘li buxgalteriya hisobini ko‘rsatkichlarini bir xil asosga keltirishdir. Bu o‘z navbatida mamlakat moliyaviy holatini obyektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari ko‘rsatkichlar tizimini yaratish uchun sharoit tayyorlaydi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, Milliy hisoblar tizimini joriy qilish uchun buxgalteriya hisob-kitoblarini, statistika ma’lumotlarini turli yo‘llar bilan olish mumkin: buxgalteriya va statistika hisobotlarini shakllarini berish orqali; iqtisodiy ro‘yxatga olishlarni o‘tkazish orqali; tanlanma tekshirish o‘tkazish orqali va xokazolar. Ko‘p hollarda tanlanma tekshirishlar ma’lumotlarni kam harajatlar va eng qisqa muddatlarda olish imkoniyatini beradi. Kelgusida ayniqsa uy xo‘jaliklari va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shu\ullanuvchilar xaqida maxalliy boshqaruv organlari va boshqalar xaqidagi ma’lumotlarni to‘plashda ularning qo‘llanishi kengayishi zarurdir.
Lekin yalpi hisob berishdan tanlanma tekshirishga o‘tish extiyotlik bilan muhim ma’lumotdan va uning ishonchliligini yo‘qotmasdan va dinamik qatorlarni ketma-ketligini ta’minlagan holda shu usulga o‘tish asosiy shartdir. O‘zbekiston respublikasida Milliy hisoblar tizimini keng miqyosda joriy qilish, amalda bo‘lgan buxgalteriya hisobotlari tizimi va boshlan\ich hisobni tubdan qayta qurishni talab qiladi. Chunki sobiq buxgalteriya hisobi tizimi MHT ning talablariga to‘la javob bermaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda amalda bo‘lgan buxgalteriya hisobi bilan sobiq
ittifoq buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi tafovutlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Sobiq sovet buxgalteriya hisobida ba’zi birliklar, masalan, yerning qiymati, aksiyalar, korxonalarning aksiyalari to‘\risida ma’lumotlar yo‘q.
Asosiy fondlar qayta tiklash bahosida emas, balki to‘la boshlan\ich bahoda hisobga olingan;
2. Sobiq ittifoq buxgalteriya hisobini mavjud bo‘lgan boshlangich axborotlari xizmat ko‘rsatish sohasidagi qiymat ko‘rsatkichlarini na mahsulot qiymatiga na moddiy harajatlarga qo‘shiladi. MHT da esa
xizmat ko‘rsatish qiymatlari
bo‘\inlarida hisobga olinadi.
takror ishlab chiqarishning barcha Masalan, qishloq xo‘jaligining asosiy
ko‘rsatkichi bo‘lgan «yalpi ishlab chiqarish» qishloq xo‘jaligining yalpi mahsulotlari bilan bir qatorda yerning meliorativ holatini yaxshilash, ximiyalashtirish, zootexnika va veterenariya, suv xo‘jaligi va inshootlarini ekspluatatsiya qilish xizmatlarini ham qamrab oladi va shuning uchun bir nomdagi foyda ko‘rsatkichlari o‘zaro mos kelmaydi.
Sobiq madaniy
sovet oqartuv,
metodologiyasiga ko‘ra fan rivoji, ijtimoiy-madaniy va so\lomlashtirish tadbirlari extiyojlari uchun sarflangan
harajatlar ishlab chiqarishga kiritilmasdan, foyda hisobiga amalga oshirilgan harajatlar sifatida hisobga olinar edi.
MHT usuli bo‘yicha bu harajatlar «oraliq istemol» ko‘rsatkichga kiritiladi va shunga ko‘ra qo‘shilgan qiymat miqdori va foyda qisqaradi.
Buxgalteriya hisobini xalqaro tizimga tezlik bilan o‘tkazish masalasi faqat statistika uchungina emas, balki soliq tizimi uchun ham dolzarbdir. Yangicha soliq to‘lash (shuningdek to‘\ri to‘langanligini nazorat qilish) unga mos keladigan buxgalteriya hisobi bo‘lishini taqazo qiladi. Soliq tizimidagi islohatda asosiy yangilik qo‘shilgan qiymatga soliqni joriy qilinishidir. Bu ma’noda soliq islohati statistikaga yangi tizimni kiritilishini ancha soddalashtiradi. Shunday qilib qo‘shilgan qiymatga soliq va unga mos buxgalteriya hisobi va hisoboti
tizimini joriy qilinishi Milliy hisoblar tizimi uchun zarur bo‘lgan axborotlarni salmoqli qismini soliq xizmati yoki soliq dekloratsiyasi bilan moslashtirilgan maxsus statistik hisobotlardan olish imkoniyatini yaratadi. Ammo bundan MHT ni tuzish uchun barcha axborotlarga ega bo‘lindi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki yana bir qancha qo‘shimcha ma’lumotlar zarur va bu ma’lumotlar tanlanma iqtisodiy ro‘yxatlar - senzlar orqali olinib, ular muntazam o‘tkazib turilishi lozim bo‘ladi.
MHT ga o‘tish buxgalteriya hisobini xalqaro andozalar asosida
o‘zgartirishni talab etadi. Bu buxgalteriya hisobi bilan MHT ni asosiy ko‘rsatkichlarini muvofiqlashishini ta’minlashi kerak. Statistika amaliyotiga keng ko‘lamli MHT ni joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Shuni qayd etish lozimki, to‘laqonli va xalqaro andozalarga javob bera oladigan Milliy hisoblar tizimini joriy qilish birinchi navbatda ularni tuzish
uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning sifatiga bo\liqdir. Ko‘pincha milliy hisoblamalardagi kamchiliklar ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmaganligi yoki yo‘qligi natijasida yuzaga keladi. Shu boisdan, statistika xizmatlarining birinchi navbatdagi vazifalari yangi usul va uslubiyatlardan foydalanib, yangi turdagi ko‘rsatkichlar tizimini yaratish, ma’lumotlarni yi\ish va qayta ishlash usullarini xalqaro andozalarga muvofiqlashtirilgan holda islox qilishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o‘zgartirish keyingi vaqtlarda O‘zbekiston uchun ham tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bunga, birinchidan , xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o‘rtasida munosib muomala tili bo‘lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rifojlanishi, ikkinchidan, xalqaro standartlarni chuqur o‘rganish va ularni o‘zbek amadiyotida keng qo‘llanish zarurligi sabab bo‘lmoqda. Bu hol qonunchilik
bazasini shakllantirishni, hisob metodologiyasini o‘zgartirishni, kadrlarni tegishli tarzda tayyorlash va qayta tayyorlashni talab qiladi.
Xalqaro amaliyotda qabul qilingan standartlar va qoidalarga mos keluvchi buxgalteriya hisobi tizimi hisob shakllari va usullarini tanlashda korxonalarning mustaqilligini kengaytiribgina qolmasdan, hisob axborotining ishonchliligi uchun ularning ma’suliyatini ham oshiradi. Oshkora hisobotni audit yordamida tasdiqlashning roli va ahamiyati ham oshadi. Bu axborot investitsiya va moliya faoliyatida turli bitim va shartnomalar tuzish cho\ida boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun ham asos bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobini o‘zgartirish, O‘zbekiston bozorida ish olib borayotgan
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kompaniyalar uchun va chet –el firmalariga, ularni ona kompaniyalarning birlashtirilgan hisobotiga kiritish maqsadida; xorijiy investitsiyalarni jalb etishni istaydigan korxonalar uchun; jahon savdo
bozorlarida ishlashdan manfaatdor tashkilotlar uchun zarurdir. Ichki bozorda ishlayotgan tashkilotlar uchun o‘z moliyaviy ahvoli va faoliyatining natijalari to‘\risida ishonchli, xalqaro standartlarga muvofiq o‘zgartirilgan axborotni olish ham juda muhimdir.
Hozirgi vaqtda hisobotni o‘zgartirishning ikki variantidan foydalanilmoqda. Birinchisi- inflyatsiyani hisobga olib hisobotni o‘zgartirish, ikkinchisi- valyuta kursining o‘zgarishini hisobga olib hisobotni o‘zgartirish.
«Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot» degan 29- xalqaro
standartdan foydalanishga asoslangan birinchi yondashuvning mohiyati quyidagilardan iborat:
Moliyaviy hisobot inflyatsiyani hisobga oladigan, ya’ni hisobot tuzilgavn sanada amal qilib turgan pul birliklarida taqdim etiladi. Buning uchun ma’lumotla umumiy xarid qobilyatining o‘zgarishini aks ettiruvchi umumiy narxlar indeksi
(general price index ) yordamida qayta hisoblanadi. Shunday qilib, o‘zbek so‘mlarida tuzilgan hisobotni o‘zgartirish jarayonida unga umumiy narxlar indeksi bo‘yicha tuzatish kiritilishi, hisobot tuzilgan sanadagi kurs bo‘yicha valyutaga o‘tkazilishi va tegishli tarzda qayta guruhlanishhi kerak.
Bunday yondashuv hisobga olinishi tavsiya etilayotgan xalqaro standartlarga javob bermaydigan bir qator ayrim moddalarni ( masalan, asosiy vositalarning, nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi) o‘zgartirishni talab qiladi. Bunda eng murakkab ish real umumiy narxlar indeksini topish va qo‘llanilishi bilan bo\liqdir.
Hisobotning valyuta nuqtai- nazaridan o‘zgarishi yana o‘sha 29 – standart
tavsiyalari asosida yuz beradi. Bu standart ishonchli umumiy narxlar indeksi ta’sirini hisobga olmagan holda baholashni valyutaning almashuv kursi o‘zgarishi asosida amalga oshirishni taklif qiladi. Bu qoida «Valyuta kurslari
o‘zgarishining ta’siri» degan 21 – xalqaro standartni qo‘llashni taqozo qiladi. Mazkur standart moliyaviy hisobotning turli moddalarini qayta hisoblash uchun valyutalar kurslarini tanlab olishning quyidagi qoidasini belgilaydi: pul moddalari (Monetary items) hisobot tuzilgan sanadagi kurs bo‘yicha qayta hisoblanadi; pulsiz moddalar sotib olish qiymati bo‘yicha aks ettiriladigan ( non- Monetary items) sotib olish sanasidagi kurs bo‘yicha qayta hisoblanadi (bu kurs tarixiy kurs deb ataladi); bozor qiymatida aks ettiriladigan pulsiz moddalar uni aniqlash sanasidagi kurs bo‘yicha qayta hisoblanadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisoboti o‘zgartirilganida so‘mdagi ma’lumotlar valyutaga turli kurslar bo‘yicha qayta hisoblanadi. Hosil bo‘lgan farq “o‘zgarish farqi” yoki “umumiy kurs farqi ” deb nomlanadi va xalqaro standartlar tavsiya qilgan qoidalarga muvofiq hisobga olinadi. Bundan tashqari,
ayrim moddalar hisobi xalqaro standartlarga mos bo‘lmaganida ularga tuzatishlar kiritiladi.
Buxgalteriya hisobotining asosiy vazifasi korxona mulkiy va moliyaviy ahvolini, shuningdek, uning faoliyatdagi moliyaviy natijalarni to‘\ri ko‘rsatishdan iboratdir.
Hisob ma’lumotlarining to‘\riligi mezonini har bir mulkdor o‘zi uchun
belgilab oladi. Lekin chet- ellik sheriklarga ekspert- auditorning xulosasi zarur. Ekspert- auditor ushbu mezonlarning uzil- kesilligini, ularning asosliligini yoki tasdiqlanishi yoki rad etishi kerak.
Shunday qilib, auditorlik xulosasi xatto mulkdorlar hisoblash
metodologiyasiga turlicha yondashganlarida ham foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobiga yetarli darajada ishonch bilan qarash imkonini beradi.
Buxgalteriya hisoboti tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati haqida muntazamlashtirilgan molyaviy axborotdir. Ko‘rsatkichlar tarkibi mol – mulk, sarmoya, majburiyatlar va moliyaviy natijalarining eng ahamiyatli qismlari yoritib berilishini ta’minlashi kerak.
Balans va boshqa hisobot moddalari tashkilotning moliyaviy ahvolini va faoliyat natijalarini baholash uchun qanchalik muhimligiga qarab ularni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Boshqacha aytganda, agar ayrim aktivlar, passiflar yoki xo‘jalik operatsiyalarining har bir biri alohida olingan holda tashkilot moliyaviy ahvolini yoki uning faoliyati moliyaviy natijasini baholashga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, ularning ko‘rsatkichlari hisobotda alohida ( ayrim moddalar tarzida) keltirilmo\i zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobi bo‘yicha o‘z standartlari va uslubiy bazasini ishlab chiqdi. Bular xalqaro amaliyotda qabul qilingan tizimlarga mosdir.
Hozirgi vaqtda ayrim milliy standartlar amaliyotga joriy etila boshladi.
Korxona va firmalarning bosh buxgalterlari O‘zbekiston respublikasining yangi milliy hisob standartlarini puxta o‘zlashtirib olishlari kerak. Bizning fikrimizcha, bu me’yoriy xujjatlar odat tusiga kirgan nizom va yo‘riqnomalardan shunisi bilan farq qiladiki, ular asosida korxonalar o‘zlarining hisob siyosatlarini mustaqil belgilab olishlari va moliyaviy hisobotni yuritishlari kerak bo‘ladi.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”
moliyaviy hisobot xalqaro standatlarga mosligi to‘\risida xulosalar tayyorlayotgan auditorlar uchun ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston respublikasi moliyaviy hisobotini audit qilishning rivojlanishi quyidagilarni tezlik bilan ishlab chiqishni talab qilmoqda:
  • auditorlik faoliyatini xuquqiy ta’minlash (auditorlik faoliyati to‘\risida qonun, audit asoslari va turlari, auditorning xuquq vamajburiyatlari, auditorlik faoliyatini litsenziyalash masalalari, auditorlik palatasi va uning vazifalari);
  • jahon amaliyoti va buxgalteriya hisobi milliy standartlarining xususiyatlari hisobga olingan auditorlik standartlari va me’yorlari;
  • auditorlik xulosasi, hisobot, audit dasturining butun dunyoda qabul qilingan shakliga doir tavsiyalar;
  • audit metodikasi, shu jumladan, moliya, operatsiya, ichki ,tashqi va boshqa turdagi auditlar metodikasi.

Shunday qilib, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi kerak. Bu esa bizning hisob standartlarimiz va audit tadbirlarimizni xalqaro standart va tadbirlar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Download 71,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish