Buxgalteriya hisobi


  Ishlab chiqarish hisobini tashkil etishning me’yoriy, xuquqiy va



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.01.2020
Hajmi0,72 Mb.
#36423
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy harajatlar hisobi va auditi


 

1.2  Ishlab chiqarish hisobini tashkil etishning me’yoriy, xuquqiy va 

uslubiy asoslari 

 Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoiti salbiy oqibatlarini korxonalar 

ishlab  chiqarish  faoliyatiga  ta’sirini  kamaytirish  chetlab  o‘tish  bo‘yicha 

mamlakatimiz rahbari I.Karimov tomonidan belgilab berilgan  vazifalar asosida 

respublikamiz  iqtisodiyotida  qator  islohotlar  amalga  oshirilmokda.  Korxonalar 

faoliyatida  ishlab  chiqarish  hisobini  tashkil  etish  bo‘yicha  barcha  me’yoriy 

xuquqiy  asoslar  shakllantirilgan  bo‘lib  ular  bo‘yicha  qonunlar,  qarorlar, 

yo‘riqnomalar,  milliy  standartlar  va  boshqa  qonuniy  xujjatlar  qabul  qilingan. 

Korxonalar  xo‘jalik  faoliyatida  ishlab  chiqarish  hisobini  tashkil  etishning 

me’yoriy xuquqiy asoslarini tizimlashtirilgan holda aks ettirish mumkin. 

Ishlab  chiqarish  hisobini  tashkil  etishning  me’yoriy  xuquqiy  asoslari 

negizini  1996  yil  30  avgustida  qabul  qilingan    O‘zbekiston  Respublikasining 

“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonuni tashkil etadi. Ushbu qonun talablari 

bo‘yicha hisob ob’ektlaridan biri bo‘lgan ishlab chiqarish hisobini tashkil etish 



15 

 

 



uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 

54  sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ni  ishlab 

chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilingan. 



1-jadval 

Ishlab chiqarish hisobini tashkil etishning me’yoriy xuquqiy asoslari 

tizimi

3

. 



Pog‘ona darajasi 

Ko‘rsatkichlar nomi 

 

1-pog‘ona 



 

Ishlab  chikarish  hisobini  bevosita  va  bilvosita  tashkil 

etishni tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar 

(Uzbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  farmonlari,  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari,)  

2-pog‘ona 

Ishlab  chikarish  hisobini  tashkil  etishini  bazaviy 

tamoyillarini  umumlashtiruvchi  me’yoriy  xujjatlar 

(yo‘riqnomalar,  nizomlar,  buxgalteriya  xisobi  milliy 

standartlari va boshkalar) 

3-pog‘ona 

Korxonalarda  ishlab  chikarish  ob’ektlari  xisobini 

yuritish  mexanizmi,  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi 

ishlab  chikarish  xisobini  tashkiliy,  texnik  va  uslubiy 

jixatlarini mujassamlashtirgan hisob siyosati   

Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi: 

- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: 

a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; 

b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; 

v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish 

hususiyatlariga ega bo‘lgan ustama xarajatlar; 

                                           

3

 A.X.Pardaev. Boshqaruv hisobi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2008 yil.  



 

16 

 

 



Bu  Nizomga  asoslangan  holda  barcha  xarajat  moddalarini  quyidagicha 

ifodalash mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1-chizma. Xarajatlarni guruxlanishining sxematik ko‘rinishi

3

. 



-  ishlab  chiqarish  tannarxiga  kiritilmaydigan,  biroq  asosiy  faoliyatdan 

olingan  foydada  hisobga  olinadigan  hamda  davr  xarajatlariga  kiritiladigan 

xarajatlar: 

a) sotish xarajatlari; 

b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar); 

v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar; 

- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda 

yoki  zararlarni  hisoblab  chiqishda  hisobga  olinadigan  xo‘jalik  yurituvchi 

sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari: 

a) foizlar bo‘yicha xarajatlar; 

b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; 

                                           

3

 A.X.Pardaev. Boshqaruv hisobi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2008 yil.  



 

XARAJATLAR 

Mahsulotning ishlab chiqarish 

tannarxiga kiritiladigan xarajatlar

 

Favqulodda xarajatlar 



Moliyaviy faoliyat bo‘yicha 

xarajatlar 

Davr xarajatlari 

Be

v



o

sita v


b

il



v

o

sita m



o

d

d



iy

 

x



ara

jatlar


 

Be

v



o

sita v


b

il



v

o

sita m



eh

n

at



 

x

ara



jatlari

 

B



o

sh

q



a

 b

ev



o

si

ta



 va

 b

il



v

o

si



ta

 

x



ar

aj

at



la

r, 


sh

u

 j



u

ml

ad



an

ish



la

b

 



ch

iq

ar



is

h

 x



u

su

si



y

at

ig



a

 e

g



bo

‘l



ga

u



st

am

a



 x

ara


jatlar

 

S



o

ti

sh



 x

ara


jatlari

 

Bo



sh

q

arish



 x

ara


jatlari

 

Bo



sh

q



o

p

era



tsio

n

 x



ara

jatlar 


v

za



ra

rlar


 

F

oizla



bo

‘y



ic

ha

 x



ara

jatlar


 

Xo

rij



iy

 v

aly



u

ta 


b

il

an



 

op

era



tsiy

bo



‘y

ich


sa

lb



iy

 

k



u

rs t


afo

v

u



tl

ari 


 

Qim


m

atl


i q

og

‘o



zlarg

qo



‘y

il

ga



m

ab



lag

‘larn


i q

ay

ta 



b

ah

o



las

h

 



M

oli


ya

viy


 fa

oli


ya

t b


o‘y

ich


b

o



sh

q



x

ara


jatlar

 


17 

 

 



v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; 

g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar. 

Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda 

yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. 

   Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  tannarxiga  bevosita 

mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan,  ishlab 

chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. 

Ularga  quyidagilar  tegishli  bo‘ladi:  bevosita  va  bilvosita  moddiy  xarajatlar, 

bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, 

shu jumladan, ishlab chiqarish hususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. 

Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi 

xarajatlar  ularning  iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  quyidagi  elementlar  bilan 

guruhlarga ajratiladi (Chizma 1.2.3): 

-  ishlab  chiqarish  moddiy  xarajatlar  (qaytariladigan  chiqitlar  qiymati 

chiqarib tashlangan holda); 

ishlab  chiqarish  hususiyatiga  ega  bo‘lgan  mehnatga  haq  to‘lash 



xarajatlari; 

- ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; 

-  asosiy  fondlar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  nomoddiy 

aktivlar amortizatsiyasi; 

- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. 

Nizomga  muvofik  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  moddiy  xarajatlarga 

quyidagilar tegishli bo‘ladi

2



-  Ishlab  chiqariladigan  mahsulotning  asosini  tashkil  etib,  uning  tarkibiga 

kiradigan  yoki  mahsulot  tayyorlashda  (ishlarni  bajarishda,  xizmatlar 

ko‘rsatishda)  zarur  tarkibiy  qism  hisoblangan  chetdan  sotib  olinadigan  xom 

ashyo va materiallar. 

                                           

2

 



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli karori bilan tasdiklangan “Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ni 

ishlab chikarish va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tugrisida” gi Nizom 



18 

 

 



- Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun 

mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  yoki  boshqa  ishlab  chiqarish  ehtiyojlariga 

sarflanadigan  (asbob-uskunalar,  binolar,  inshootlar  va  boshqa  asosiy  vositalar 

sinovini  o‘tkazish,  nazorat  qilish,  saqlash,  tuzatish  va  ulardan  foydalanish) 

uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, 

shuningdek  asbob-uskunalarni  tuzatish  uchun  ehtiyot  qismlar,  inventarlarning, 

xo‘jalik  buyumlarining  va  asosiy  vositalarga  kirmaydigan  boshqa  mehnat 

vositalarining qiymati.  

-  Sotib  olinadigan,  kelgusida  ushbu  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektda  montaj 

qilinadigan  yoki  qo‘shimcha  ishlov  beriladigan  butlovchi  buyumlar  va  yarim 

tayyor mahsulotlar. 

-  Tashqi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  shuningdek,  xo‘jalik  yurituvchi 

sub’ektning  ichki  tarkibiy  bo‘linmalari  tomonidan  bajariladigan  faoliyatning 

asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar 

va xizmatlar. 

Ishlab  chiqarish  xarakteriga  ega  bo‘lgan  ishlar  va  xizmatlarga  mahsulot 

tayyorlash bo‘yicha ayrim  operatsiyalarni  bajarish, xom  ashyo  va  materiallarga 

ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun 

sinovlar  o‘tkazish,  belgilangan  texnologik  jarayonlarga  rioya  etilishi  ustidan 

nazorat  qilish,  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarini  tuzatish  va  boshqalar  tegishli 

bo‘ladi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  ichida  tashqi  yuridik  shaxslarning  transport 

xizmatlari  (xom  ashyo,  materiallar,  instrumentlar,  detallar,  tanavorlar, 

yuklarning  boshqa  turlarini  bazis  (markaziy)  ombordan  tsexga  keltirish  va 

tayyor  mahsulotni  saqlash  uchun  omborga  keltirish)  ham  ishlab  chiqarish 

hususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi. 

   Tabiiy 



xom 

ashyo 


(er 

rekultivatsiyasiga 

ajratmalar, 

ixtisoslashtirilgan  yuridik  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  erni 

rekultivatsiya  qilish ishlariga  haq  to‘lash),  ildizi  bilan  beriladigan  daraxtga haq 


19 

 

 



to‘lash,  korxonalar  tomonidan  suv  xo‘jaligi  tizimlaridan  beriladigan  iste’mol 

qilinadigan  suv  uchun  haq  to‘lash.  Sanoatning  xom  ashyo  tarmoqlari  uchun 

yog‘och,  taxta  materallaridan  yoki  foydali  qazilmalardan  (rudadan) 

foydalanishga  huquqlarning  amortizatsiya  qilinadigan  qiymati  yoki  atrof 

muhitni tiklash xarajatlari.  

-  Texnologik  maqsadlarga,  energiyaning  barcha  turlarini  ishlab 

chiqarishga,  binolarni  isitishga  sarflanadigan  yonilg‘ining  chetdan  sotib 

olinadigan  barcha  turlari,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  transporti 

tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport 

ishlari. 

-    Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  texnologik  transport  va  boshqa  ishlab 

chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan 

energiya. (Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan 

elektr  energiyasiga  va  energiyaning  boshqa  turlariga,  shuningdek,  xarid 

qilinadigan  energiyani  iste’mol  joyigacha  transformatsiya  qilish  va  uzatish 

xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi). 

-  Ishlab  chiqarish  sohasida  moddiy  boyliklarning  yaroqsizlanishi  va  kam 

chiqishi. 

 -  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  transporti  va  xodimlari  tomonidan 

moddiy resurslarni etkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari 

ham  shu  jumlaga  kiradi)  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  tegishli  elementlariga 

kirishi  kerak  (mehnatga  haq  to‘lash  xarajatlari,  asosiy  fondlar  amortizatsiyasi, 

moddiy xarajatlar va boshqalar). 

-  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  moddiy  resurslarni  etkazib 

beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. 

-  Mahsulot  tannarxiga  kiritiladigan  moddiy  resurslar  xarajatlaridan 

qaytariladigan  chiqitlar  qiymati  va  idish  va  o‘rash-joylash  materiallari  qiymati 

ularning  amalda  sotilishi,  foydalanilishi  yoki  omborga  kirim  qilinishi  narxi 

bo‘yicha chiqarib tashlanadi. 


20 

 

 



- "Moddiy xarajatlar" elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar 

qiymati  sotib  olish  narxidan,  shu  jumladan,  barter  bitishuvlarida,  qo‘shimcha 

narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan 

vositachilik  taqdirlashlaridan,  tovar  birjalari  xizmatlari  qiymatidan,  shu 

jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona 

keyinchalik  qarz  surishish,  masalan,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  tarzida  qaytarib 

oladiganlardan  tashqari),  transportda  tashishga  haq  to‘lashdan,  tashqi  yuridik 

shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  saqlash  va  etkazib  berishga  haq 

to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.  

Nizomga  muvofiq  ishlab  chiqarish  hususiyatiga  ega  bo‘lgan  mehnatga 

haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi: 

-  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektda  qabul  qilingan  mehnatga  haq  to‘lash 

shakllari  va  tizimlariga  muvofiq  bajarilgan  narxnomalar,  tarif  stavkalari  va 

lavozim  maoshlaridan  kelib  chiqib  hisoblangan  amalda  bajarilgan  ish  uchun 

ishlab  chiqarish  hususiyatiga  ega  bo‘lgan  hisoblangan  ish  haqi,  shu  jumladan, 

xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektni  mukofotlash  to‘g‘risidagi  nizomlarda  nazarda 

tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar.  

-  Kasb  mahorati  va  murabbiylik  uchun  tarif  stavkalariga  va  okladlarga 

ustamalar. 

-  Ish  rejimi  va  mehnat  sharoitlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kompensatsiya 

tusidagi to‘lovlar, shu jumladan: 

-  Texnologik  jarayon  jadvalida  nazarda  tutilgan  tungi  vaqtda,  ishdan 

tashqari  vaqtda,  dam  olish  va  bayram(ishlanmaydigan)  kunlarda  ishlanganlik 

uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq; 

- Ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik 

va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; 

-  Hukumat  tomonidan  tasdiqlangan  kasblar  va  ishlar  ro‘yxati  bo‘yicha 

og‘ir,  zararli,  alohida  zararli  mehnat  va  tabiiy-iqlim  sharoitlarida  ishlaganlik 



21 

 

 



uchun  ustamalar,  shu  jumladan,  ushbu  sharoitlardagi  uzluksiz  ish  staji  uchun 

ustamalar; 

-  Aloqa,  temir  yo‘l,  daryo,  avtomobil  transporti  va  katta  yo‘llar 

xodimlarining  va  doimiy  ishi  yo‘lda  o‘tadigan  yoki  qatnov  tusiga  ega  bo‘lgan 

boshqa  xodimlarning  ish  haqiga,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  joylashgan  joydan 

jo‘nagan  paytidan  boshlab  shu  joyga  qaytib  kelgan  paytgacha  to‘lanadigan 

yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar; 

- Qurilishda, rekonstruktsiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita 

band  bo‘lgan,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  vaxta 

usuli  bilan  ishlarni  bajarishgan  xodimlar  uchun  ishning  ko‘chma  va  qatnov 

xususiyati uchun ustama; 

-  Doimiy  ravishda  er  osti  ishlarida  band  bo‘lgan  xodimlarga  ularning 

shaxtada  (konda)  ish  joyiga  jo‘nab  ketishlaridan  va  orqaga  qaytishlarigacha 

o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq; 

-  Mehnatga  haq  to‘lashning  rayonlar  bo‘yicha  tartibga  solinishiga,  shu 

jumladan,  rayon  koeffitsientlari  va  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  cho‘l, 

suvsiz  va  yuqori  tog‘  joylarida  ishlaganlik  uchun  koeffitsientlar  bilan 

belgilangan to‘lovlar; 

-  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  joylashgan  joydan  (yig‘ilish  punktidan)  ish 

joyiga  va  orqaga  qaytadigan  yo‘lda  o‘tadigan  kunlar  uchun  vaxtada  ishlash 

jadvalida 

nazarda 


tutilgan, 

shuningdek, 

xodimlarning 

meteorologiya 

sharoitlariga  ko‘ra  va  transport  tashkilotlarining  aybi  bilan  yo‘lda  tutilib 

qolingan  kunlar  uchun  tarif  stavkasi,  oklad  miqdorida  to‘lanadigan  summalar 

(vaxta usulida ishni bajarishda). 

- Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va 

qonun  hujjatlari  bilan  belgilangan  boshqa  hollarda  xodimlarga  ularga  ish 

vaqtining  normal  davom  etishidan  ortiq  ishlaganligi  munosabati  bilan 

beriladigan  dam  olish  (ortiqcha  ishlangan  ish  vaqti  uchun  dam  olish)  kunlari 

uchun haq to‘lash. 



22 

 

 



- Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash: 

Amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  navbatdagi  (har  yilgi)  va 

qo‘shimcha  ta’tillar,  navbatdagi  (har  yilgi)  foydalanilmagan  va  qo‘shimcha 

ta’tillar  uchun  kompensatsiyalar,  o‘smirlarning  imtiyozli  soatlari,  bolani 

ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko‘riklardan 

o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash. 

Majburiy  ta’tilda  bo‘lgan  xodimlarga,  asosiy  ish  haqini  qisman  saqlab 

qolgan holda, haq to‘lash. 

Donor  xodimlarga  qonni  tekshirish,  topshirish  kunlari  uchun  va  qon 

topshirilgan  har  bir  kundan  keyin  beriladigan  dam  olish  kunlari  uchun  haq 

to‘lash. 

Davlat  vazifalarini  bajarganlik  uchun  (harbiy  yig‘inlar,  favqulodda 

vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi to‘lash. 

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular 

tomonidan  fuqarolik-huquqiy  tusdagi  tuzilgan  shartnomalar  bo‘yicha  ishlar 

bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-

kitob  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  o‘zi  tomonidan  amalga  oshirilsa  pudrat 

shartnomasi ham shu jumlaga kiradi. 

Belgilangan  tartibga  muvofiq  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashuvchi 

xodimlar  mehnatiga  haq  to‘lash  fondiga  kiritiladigan  to‘lovlarning  boshqa 

turlari. 

Nizomga muvofik ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: 

-  Qonun  hujjatlari  bilan  belgilangan  normalar  bo‘yicha  mehnatga  haq 

to‘lash  fondiga  ijtimoiy  tusdagi  majburiy  ajratmalar  shu  jumladan  ish 

beruvchilarni majburiy sug‘urtalash. 

-  Nodavlat  pensiya  jamg‘armalariga  va  ixtiyoriy  sug‘urtaning  boshqa 

turlariga ajratmalar.  


23 

 

 



Nizomga  muvofik  asosiy  vositalar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega 

bo‘lgan  nomoddiy  aktivlar  amortizatsiyasi  bo‘yicha  xarajatlar  tarkibiga 

quyidagilar kiradi: 

- Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib 

chiqib  hisoblangan  amortizatsiya  ajratmalari  summasi  (hisoblangan  eskirish), 

lizing  bo‘yicha  va  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  normalar,  qonun 

hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladigan  jadallashtirilgan  amortizatsiya  ham 

shu jumlaga kiradi. 

-  Ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  nomoddiy  aktivlar  (Gudvill 

(firmaning  narxi)dan  tashqari)  eskirishi  har  oyda  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt 

tomonidan  dastlabki  qiymati  va  ulardan  foydali  foydalanish  muddatidan  (biroq 

xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  faoliyati  muddatidan  ortiq  emas)  kelib  chiqib 

hisoblanadigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  tannarxiga  tegishli  bo‘ladi.  Foydali 

foydalanish  muddatini  aniqlash  imkoni  bo‘lmagan  nomoddiy  aktivlar  bo‘yicha 

eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 

faoliyati muddatidan ortiq emas. 

Nizomga  muvofik  ishlab  chiqarish  tusidagi  boshqa  xarajatlarga 

quyidagilar kiradi: 

- Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 

 Ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, 

moslamalar  va  boshqa  mehnat  vositalari  va  buyumlari  bilan  ta’minlash 

xarajatlari. 

Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarini  ish  holatida  saqlash  xarajatlari  (texnik 

ko‘rik va qarov, o‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab 

chiqarish  vositalarini  barcha  turda  (joriy,  o‘rtacha,  mukammal)  tuzatishlarni 

xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  o‘z  kuchi  bilan  o‘tkazish  ishlab  chiqarish 

xarajatlarining  tegishli  elementlari  (moddiy  xarajatlar,  mehnat  haqi  to‘lash 

xarajatlari  va  boshqalar)  bo‘yicha  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  tannarxiga 

kiritiladi. 


24 

 

 



Zarurat  bo‘lganda,  ayrim  tarmoqlarning  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlari 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish 

ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu 

zaxiraga  ajratmalar  "Ishlab  chiqarish  tusidagi  boshqa  xarajatlar"  elementi 

tarkibida  aks  ettiriladi  va  ko‘zda  tutilayotgan  xarajatlar  qiymati  hamda  asosiy 

vositalar har bir ob’ektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan 

holda aniqlanadi. Zaxiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta 

ko‘rib chiqiladi va zarurat bo‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori 

ko‘paytirilishi  yoki  kamaytirilishi  mumkin.  Agar  mukammal  tuzatishga  zaxira 

mablag‘lari  summasi  ushbu  ob’ektni  tuzatishga  qilingan  haqiqiy  xarajatlar 

summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo‘yicha tuzatish kiritilishi kerak, 

agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa 

"Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi. 

Yong‘indan  saqlash  va  qo‘riqlashni  hamda  xo‘jalik  yurituvchi 

sub’ektlarning  texnikaviy  foydalanish  qoidalari  bilan  nazarda  tutilgan  boshqa 

maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari. 

Idoradan  tashqari  qo‘riqlash  xarajatlari  bunday  qo‘riqlash  mavjud 

bo‘lishini  talab  qiluvchi  mazkur  ishlab  chiqarishga  maxsus  talablar  mavjud 

bo‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin. 

Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga 

olish bilan bog‘liq xarajatlar. 

Tabiatni  muhofaza  qilish  maqsadlaridagi  fondlarni  saqlash  va  ulardan 

foydalanish  xarajatlari,  shu  jumladan  atrof  tabiiy  muhit  ifloslantirilganligi  va 

chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari.  

Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun hujjatlarida 

nazarda  tutilgan  mehnatning  normal  sharoitlarini  va  texnika  xavfsizligini 

ta’minlash xarajatlari. 

Xodimlarning  ishlab  chiqarish  jarayonida  bevosita  qatnashishi  bilan 

bog‘liq bo‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari. 


25 

 

 



Tekin  ko‘rsatiladigan  kommunal  xizmatlar,  oziq-ovqat,  ayrim  tarmoqlar 

xodimlariga  oziq-ovqatlar  qiymati,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  xodimlariga 

beriladigan  tekin  uy-joy  haqini  to‘lash  xarajatlari  (yoki  uy-joy,  kommunal 

xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi). 

Amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  tekin  beriladigan  va  shaxsiy 

foydalanishda  qoladigan  buyumlar  qiymati  (shu  jumladan,  formali  kiyim-bosh, 

maxsus  ovqatlar  yoki  ular  pasaytirilgan  narxlar  bo‘yicha  sotilishi  munosabati 

bilan imtiyozlar summasi); 

Ishlab  chiqarish  jarayoniga  tegishli  bo‘lgan  boshqaruvning  texnik 

vositalarini,  aloqa  uzellarini,  signalizatsiya  vositalarini,  boshqaruvning  boshqa 

texnik  vositalarini,  hisoblash  markazlarini  saqlash  va  ularga  xizmat  ko‘rsatish 

xarajatlari; 

Qonun  hujjatlariga  muvofiq  ishlab  chiqarishda  band  bo‘lgan  xodimlarni 

tabiiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to‘lash. 

- Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan 

xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha xarajatlar.  

-  Ishlab  chiqarish xodimlarini va ishlab  chiqarish  aktivlarini majburiy  va 

ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.  

- Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar. 

-  Ishlab  chiqarishning  ichki  sabablariga  ko‘ra  bekor  turishlar  tufayli 

yo‘qotishlar. 

-  Kafolatli  xizmat  muddati  belgilangan  buyumlarni  kafolatli  tuzatish  va 

ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 

- Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari. 

-  Ishlab  chiqarish  jarohatlari  tufayli  mehnat  qobiliyati  yo‘qolishi 

munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz 

to‘lanadigan nafaqalar. 


26 

 

 



Umumiy 


foydalaniladigan 

yo‘lovchilar 

transporti 

xizmat 


ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish 

bilan bog‘liq xarajatlar. 

-  Ob’ektlarni  davlat  kapital  qo‘yilmalari  hisobiga  qurishda  qurilish 

tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar.  

-  Gudvill  (firma  narxi)ning  nomoddiy  aktivi  summasini  hisobdan 

chiqarish  bilan  bog‘liq  xarajatlar,  ishlab  chiqarish  maqsadida  bo‘lmagan  mol-

mulk yuzasidan belgilangan tartibda.  

- Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo‘yicha xarajatlar, agar 

ular  kapital  xarajatlarga  tegishli  bo‘lmasa  (ya’ni  asosiy  vositalar  sifatida 

kapitallashtirilmasa).  Ushbu  xarajatlar  "Kelgusi  davrlar  xarajatlari"  sifatida 

qaraladi  va  ularni  qaytarishning  belgilangan  muddati  mobaynida  teng  ravishda 

ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga 

mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan 

chiqarishning  tanlangan  metodi  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  hisobga  olish 

siyosatida aks ettirilishi kerak.  

-  Ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashadigan  xodimlarga  vaqtincha 

mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq 

xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq.  

Nizomga  muvofik  mahsulot    tannarxi  va  davr  xarajatlari  o‘rtasidagi 

bog‘liqlikni quyidagicha aks ettirish mumkin.  

 

Bundan  tashqari  4  -  sonli  Tovar-moddiy  zaxiralar”  Buxgalteriya 



hisobi  Milliy  Standarti  (O‘zR  Moliya  vazirining  15.06.2006  y.dagi  52-son 

buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan,  O‘zR  AV  tomonidan  17.07.2006  y.da  1595-son 

bilan  ro‘yxatga  olingan)  da  ham  tovar-moddiy  zaxiralarni  ishlab  chiqarish 

hisobini tashkil etish bo‘yicha  bazaviy tamoyillar aks ettirilgan. 

Ushbu standartga ko‘ra tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan 

(tayyorlanadigan)  tovar-moddiy  zaxiralarning  tannarxi  deb  ularning  ishlab 

chiqarish  tannarxi  tan  olinadi.  Tovar-moddiy  zaxiralarning  ishlab  chiqarish 


27 

 

 



tannarxiga  ularni  ishlab  chiqarish  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan,  ishlab 

chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. 

Ularga  quyidagilar  tegishli  bo‘ladi:  bevosita  va  bilvosita  moddiy  xarajatlar, 

bevosita  va  bilvosita  mehnat  xarajatlari,  ishlab  chiqarish  hususiyatiga  ega 

bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar3. 

Tovar-moddiy  zaxiralarning  ishlab  chiqarish  tannarxini  hosil  qiluvchi 

xarajatlar  ularning  iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  quyidagi  elementlar  bo‘yicha 

guruhlarga ajratiladi: 

a)  ishlab  chiqarish  moddiy  xarajatlar  (qaytariladigan  chiqitlar  qiymati 

chiqarib tashlangan holda); 

b)  ishlab  chiqarish  hususiyatiga  ega  bo‘lgan  mehnatga  haq  to‘lash 

xarajatlari,  shu  jumladan  ular  bo‘yicha  hisoblangan  yagona  ijtimoiy  to‘lov 

summalari; 

v) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy 

aktivlar amortizatsiyasi; 

g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. 

Sotish  xarajatlari,  tashkilotni  boshqarish  bo‘yicha  umumiy  xarajatlar 

(ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha 

xarajatlar  va  favqulodda  zararlar  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish 

tannarxiga kiritilmaydi.  

Tovar-moddiy  zaxiralar  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  tannarxini  aniqlash 

usullari  ularning  turi,  mahsulot  ishlab  chiqarish  xili,  uning  murakkabligi, 

tugallanmagan  ishlab  chiqarish  mavjudligi,  ishlab  chiqarish  tsiklining 

davomiyligi,  tovar-moddiy  zaxiralar  nomenklaturasiga  bog‘liqdir.  Mahsulot 

(ishlar,  xizmatlar)  tannarxini  aniqlashning  asosiy  usullari  bo‘lib:  oddiy, 

me’yoriy,  buyurtma,  bosqichli  usullar  hisoblanadi,  savdo  tashkilotlarida  esa 

xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo‘llaniladi. 

                                           

3

 4 - sonli Tovar-moddiy zaxiralar” Buxgalteriya hisobi Milliy Standarti (O‘zR Moliya vazirining 15.06.2006 



y.dagi 52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 17.07.2006 y.da 1595-son bilan ro‘yxatga 

olingan) 



28 

 

 



Tannarxni  aniqlashning  oddiy  usuli  bir  turdagi  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar)ni ishlab chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan 

ishlab  chiqarishga  ega  bo‘lmagan  tashkilotlarda  qo‘llaniladi.  Ushbu  usul 

qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab 

chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, 

xizmatlar)  birligining  tannarxi  ishlab  chiqarish  xarajatlari  summasini  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlar  (ishlar,  xizmatlar)  birliklarining  umumiy  miqdoriga 

bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.  

Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va 

ishlab  chiqarish  quvvatidan  foydalanishning  belgilangan  me’yorlari  bo‘yicha 

xarajatlarni  hisobga  olishga  asoslangan.  Me’yornomalar  vaqti-vaqti  bilan  tahlil 

qilib turiladi va zarur  hollarda  joriy  shart-sharoitlarga  muvofiq  qaytadan ko‘rib 

chiqiladi. 

Tannarxni  aniqlashning  buyurtma  usuli  ishlab  chiqarish  xarajatlari 

mahsulot  (ish,  xizmat)  (bir  xildagi  mahsulotlar  guruhi)ga  doir  alohida 

buyurtmalar  bo‘yicha  identifikatsiyalanadigan  va  hisobga  olinadigan  yakka 

tartibdagi  va  mayda  turkumli  ishlab  chiqarishga  ega  bo‘lgan  tashkilotlarda 

qo‘llanadi.  Buyurtmaning  ob’ekti  bo‘lib  mahsulot  (ish,  xizmat),  bir  xildagi 

mahsulot  (ish,  xizmat)ning  mayda  turkumlari  yoki  ta’mirlash,  montaj  va 

eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan 

yirik  mahsulotlarni  tayyorlashda  buyurtmalar  yaxlit  mahsulotga  emas,  balki 

uning tugallangan konstruktsiyalarga ega bo‘lgan alohida agregatlari, uzellariga 

berilishi mumkin. 

Tannarxni  aniqlashning  ushbu  usulida  barcha  xarajatlar  buyurtmaning 

yakunlanishiga  qadar  to‘laligicha  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  deb 

hisoblanadi.  

Buyurtma  birligining  tannarxi  uning  bajarilishi  (mahsulot  ishlab 

chiqarilishi,  ishlar  bajarilishi  yoki  xizmatlar  ko‘rsatilishi)  tugallangandan  keyin 

aniqlanadi.  Buyurtma  bo‘yicha  xarajatlarning  butun  summasi  uning  tannarxini 


29 

 

 



tashkil  qiladi.  Agar  ushbu  buyurtma  bir  xildagi  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar) 

turkumidan  iborat  bo‘lsa,  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  birligining  tannarxi 

mazkur  buyurtma  bo‘yicha  xarajatlar  summasini  mahsulot  birliklari  miqdoriga 

bo‘lish orqali aniqlanadi.  

Buyurtmalar  qisman  bajarilib,  ular  buyurtmachilarga  topshirilganda 

qisman  ishlab  chiqarish  tannarxi  ularning  konstruktsiyalari,  texnologiyalari, 

ishlab  chiqarish  shart-sharoitlaridagi  o‘zgarishlarni  hisobga  olgan  holda  ilgari 

bajarilgan buyurtmalarning tannarxi bo‘yicha baholanadi.  

Tannarxni  aniqlashning  bosqichli  usuli  boshlang‘ich  xom  ashyo  va 

materiallar  ishlab  chiqarish  jarayonida  bir  qator  bosqich,  faza,  pog‘onalardan 

o‘tadigan  tashkilotlarda  qo‘llanadi.  Ushbu  usulda  avval  barcha  mahsulotlar 

(ishlar, xizmatlar)ning tannarxi, so‘ngra uning birligi tannarxi aniqlanadi. 

Bosqichli  usul  tashkilotning  tarmoqqa  mansubligiga  bog‘liq  holda  ikki 

variantda  amalga  oshirilishi  mumkin:  yarim  tayyor  mahsulotli  va  yarim  tayyor 

mahsulotsiz variantlarda.  

Yarim  tayyor  mahsulotli  variantda  har  bir  bosqich  bo‘yicha  mahsulot 

(ishlar,  xizmatlar)  tannarxi  hisoblab  chiqariladi  hamda  u  avvalgi  bosqichlar 

mahsuloti  (ishlar,  xizmatlar)ning  tannarxi  va  mazkur  bosqich  bo‘yicha 

xarajatlardan  iborat  bo‘ladi.  Oxirgi  bosqich  mahsulotining  tannarxi  barcha 

tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hamdir.  

Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, 

xizmatlar) tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar 

mahsuloti  (ishlar,  xizmatlar)ning  tannarxini  hisobga  olmasdan,  har  bir  bosqich 

bo‘yicha alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga 

barcha alohida bosqichlar bo‘yicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.  

Bir texnologik  jarayonda  bitta  xom  ashyo va  materiallardan  turli xildagi, 

ulardan  har  biri  o‘zining  sotish  narxiga  ega  bo‘lgan  mahsulotlar  (ishlar, 

xizmatlar)  bir  vaqtning  o‘zida  ishlab  chiqarilganda  ushbu  turdagi  mahsulotlar 



30 

 

 



(ishlar,  xizmatlar)  birgalikda  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar) 

deb ataladi.  

Asosiy  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  jarayonida  yuzaga 

keladigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar),  sotish  qiymati  asosiy  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar)ga  qaraganda  juda  past  bo‘lgan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar) 

qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.  

Qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)dan  birgalikda  ishlab 

chiqariladigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  farqi  shundan  iboratki,  ularni 

taqsimlash  nuqtasiga  etgunga  qadar  turli  xildagi  mahsulotlar  (ishlar,  xizmatlar) 

sifatida identifikatsiyalash mumkin emas.  

Birgalikda  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  sotish 

qiymatini  bo‘linish  nuqtasida  aniqlash  mumkin  bo‘lgan  hollarda  birgalikda 

ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini 

aniqlash maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘linish nuqtasida taqsimlash 

quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi: 

a)  natura  ko‘rsatkichlaridan  foydalanish  usuli.  Ushbu  usulda  bo‘linish 

nuqtasiga  qadar  qilingan  xarajatlar  asosiy  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  har 

bir  turiga  uning  natura  ko‘rsatkichlarida  ifodalangan  ishlab  chiqarishning 

umumiy hajmidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi; 

b)  bo‘linish  nuqtasidagi  sotish  qiymati  asosidagi  usul.  Ushbu  usulda 

bo‘linish  nuqtasiga  qadar  qilingan  xarajatlar  asosiy  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar)ning  har  bir  turiga  uni  sotishdan  taxmin  qilingan  tushum  umumiy 

summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.  

Birgalikda  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  alohida 

turlari  keyingi  qayta  ishlov  berishga  o‘tkazilgan  hamda  bo‘linish  nuqtasida 

ularni  sotishning  joriy  qiymati  (sotish  qiymati)ni  aniqlashning  imkoni 

bo‘lmagan hollarda ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘linish nuqtasida birgalikda 

ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  turlari  o‘rtasida  taqsimlash 

quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:  


31 

 

 



a)  sotishning  sof  qiymati  usuli.  Ushbu  usulda  birgalikda  ishlab 

chiqariladigan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  turlari  bo‘yicha  xarajatlar  ularni 

sotishning sof qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi; 

b)  yalpi  foydaning  sotishdagi  doimiy  ulushi  usuli.  Ushbu  usuldan 

foydalanilganda  xarajatlar  shu  tariqa  taqsimlanishi  lozimki,  bunda  har  bir 

alohida  mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun umumiy  yalpi foydaning foiz ulushi 

bir  xil  bo‘lishi  hamda  umumiy  yalpi  foyda  ko‘rsatkichiga  teng  bo‘lishi  kerak. 

Yalpi  foydaning  foiz  ulushi  birgalikda  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar)  turlarining  umumiy  tannarxini  ushbu  mahsulot  turlarini  sotishdan 

taxmin  qilingan  umumiy  tushumdan  chiqarib  tashlab,  so‘ngra  foyda  miqdorini 

sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan foiz ko‘rinishida aks ettirish yo‘li 

bilan hisoblab chiqariladi.  

Agar  ishlab  chiqarishning  bir  texnologik  jarayonida  bir  vaqtning  o‘zida 

bir  qancha  turdagi  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  chiqib,  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar)dan  biri  yoki  bir  qancha  turi  asosiy  (maqsadli)  turga  tegishli  bo‘lsa, 

unda  qolgan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.  

Asosiy  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  tannarxini  aniqlashda  qo‘shimcha 

mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning joriy qiymati yoki sotishning sof qiymati ishlab 

chiqarish  jarayonlarining  umumiy  xarajatlaridan  chegiriladi,  xarajatlarning 

qolgan qismi esa asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga tegishli bo‘ladi. 

Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  qo‘shimcha  turlarini  hisobga  olish 

quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:  

a)  qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  haqiqatda  sotish.  Ushbu 

usulda  joriy  davrda  sotilgan  asosiy  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  tannarxi 

qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  haqiqatda  sotish  (sof  sotish) 

summasiga  kamaytiriladi.  Qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning 

sotilmagan  zaxiralari  qoldig‘i  bo‘linish  nuqtasidan  keyin  qo‘shimcha 

mahsulotlarni  keyingi  qayta  ishlanishiga  qilingan  xarajatlar  summasidan  kelib 


32 

 

 



chiqqan  holda  hisobga  olinadi.  Qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar) 

qoldig‘ini  haqiqatda  sotish  (sof  sotish)  summasi  qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar) sotilganda tan olinadi; 

b)  qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  haqiqatda  ishlab  chiqarish. 

Ushbu  usuldan  foydalanilganda  asosiy  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab 

chiqarishda sarflangan xarajatlar ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot (ishlar, 

xizmatlar)  barcha  miqdorining  sof  sotish  qiymati  summasiga  darhol 

kamaytiriladi.  Sotilmagan  qo‘shimcha  mahsulot  (ishlar, xizmatlar)ning  qoldig‘i 

sotishning sof qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.  

Ishlab chiqarish tarmog‘ining hususiyatlariga bog‘liq holda tovar-moddiy 

zaxiralar,  shu  jumladan  qo‘shimcha  mahsulotlar  tannarxini  aniqlashning 

qo‘llanadigan usullari tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. 



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish