Buxgalteriya hisobi va statistika



Download 281,85 Kb.
bet6/19
Sana09.12.2022
Hajmi281,85 Kb.
#882066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

1.2 O'ZGARMAS XARAJATLAR.
Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) bogʻliq boʻlmagan tovarlarning hajmiga taʼsir etmaydigan xarajatlar oʻzgarmas (doimiy) harajatlar deyiladi. Oʻzgarmas (doimiy) (ingliz til. Fixed cost FC) ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq boʻlmaydi, uning oʻsishiga ham bevosita taʼsir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud boʻladi. Bunga korxonaning toʻlov majburiyatlari (zayomlar boʻyicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmatiga toʻlov, uskunalarga xizmat koʻrsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.¹
FC=TC-VC
Bu yerda: FC-oʻzgarmas(doimiy) xarajat , TC- umumiy xarajat , VC- o'zgaruvchi xarajat
Korxona foydalanadigan koʻplab resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, yaʼni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida taxlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini oʻzgartirshl uchun qisqa muddatli davrda faqat oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin. Boshqacha aytilganda qiska muddatli davr oraligʻida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi esa koʻp yoki kam miqdorda jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslarni qoʻllash yoʻli bilan oʻzgarshii mumkin. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan esa koʻp yoki kam darajada intensiv foydalanish mumkin. Uzoq muddatli davr bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini ham oʻz ichiga olgan, butun band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Bu davr davomida boshqa tarmoqda faoliyat qilib turgan korxonalar mazkur tarmoqqa kirib kelishi mumkin. Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzgarishi taqozo qiladigan qisqa va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi. Oqibat natajada barcha xarajat turlari oʻzgaradi va oʻzgaruvchi miqdorlar boʻlib qoladi.
Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirishdan iboratdir. Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni 203 ayirish orqali topiladi. Xarajatlar firmaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bo`linadi. Tashqi xarajatlarga tashqi to`lovlar, ya′ni tashqi mol etkazib beruvchilarga (xomashyo, materiallar, elektr energiyasi, gaz) to`lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi. Tashqi va ichki xarajatlarning yig`indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog`liq yo`qotilgan imkoniyatlardir. Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oralig`iki, firma bu oraliqda faoliyat ko`rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o`zgartira olmaydi. Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o`zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o`zgaradi va bunday resurslarga o`zgaruvchan resurslar deyiladi O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajat). O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajat, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajat. Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli orliqda ma′lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng. Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir. Mahsulot ishlab chiqarish tannarхini hosil qiluvchi хarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko`ra quyidagi elеmеntlar bo`yicha ajratiladi:
- ishlab chiqarishning moddiy хarajatlari;
- ishlab chiqarish хususiyatiga ega bo`lgan mеhnatga haq to`lash хarajatlari;
- ishlab chiqarishga tеgishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar;
- asosiy fondlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan boshqa хarajatlar



    1. Download 281,85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish