Buxgalteriya hisobi va statistika


Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir



Download 281,85 Kb.
bet18/19
Sana09.12.2022
Hajmi281,85 Kb.
#882066
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Kurs ishi

Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki
xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ishlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov - normal (me'yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda - bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini raqbatlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi.Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa shunga mos foyda miqdori oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga olib keladi.


XULOSA
Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirishdan iboratdir. Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi. Xarajatlar firmaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bo`linadi. Tashqi xarajatlarga tashqi tolovlar, ya′ni tashqi mol yetkazib beruvchilarga (xomashyo, materiallar, elektr energiyasi, gaz) to`lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi. Tashqi va ichki xarajatlarning yig`indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog`liq yo`qotilgan imkoniyatlardir.
Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oraligiki, firma bu oraliqda faoliyat korsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini ozgartira olmaydi. Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) ozgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari ozgaradi va bunday resurslarga O`zgaruvchan resurslar deyiladi.
O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bogliq bo`lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham ozgarmaydigan xarajat).
O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bolgan xarajat, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajat.
Xarajatlarni baholash uchun qo‘llaniladigan turli usullarni ko‘rib chiqishdan oldin biz foydalanadigan ba’zi atamalarni bilib olishimiz lozim. Regressiya tenglamasi tobe o‘zgaruvchan miqdor (bu o‘rinda xarajat) va erkin o‘zgaruvchan xarajatning (ya’ni faollik ko‘rsatkichi yoki chiqimlar omilining), bitta yoki ko‘p soni o‘rtasidagi kutilayotgan tobelikni ko‘rsatadiki, ular oldingi kuzatuvlarga asoslanadi. Tenglama faqat bitta erkin o‘zgaruvchi xarajatni o‘z ichiga olsa oddiy regressiya deyiladi va bunday holatda regressiya tenglamasini to‘g‘ri chiziqli grafik tarzida ko‘rsatish mumkin. Agar tenglama va undan ko‘proq erkin o‘zgaruvchi xarajatlarni o‘z ichiga olsa, gap ko‘plik regressiyasi to‘g‘risida boradi. Agar bitta erkin o‘zgaruvchi va tobelik to‘g‘ri chiziqli bo‘lsa, regressiya chizig‘ini to‘g‘ri chiziqli tenglama shaklida ifodalash mumkin:
y = a + bx.
Agar biz tobe o‘zgaruvchi (xarajatlar) va erkin o‘zgaruvchi (faoliyat turi),
o‘rtasidagi aloqani ifodalamoqchi bo‘lsak u holda:
y — x faollik darajasida hisobot davridagi umumiy xarajatlar;
a — hisobot davridagi umumiy doimiy chiqimlar;
b — mahsulot turi birligiga o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar;
x — faoliyat turi hajmi yoki hisobot davrida chiqimlar omillari.
Agar misol uchun olganda, aniq bir davrda doimiy chiqimlar 5000 evroga teng bo‘lsa, o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar mahsulot birligida 1 evroni tashkil qilsa, asosiy xodimlarning mehnat soati esa chiqimlar omili bo‘lsa, u holda Umumiy xarajatlar = 5000 + 1 x asosiy xodimlar mehnat soati (x), yoki y = a +bx, shu sababli y = 5000 +1x.
Tobe o‘zgaruvchi yoki bir necha erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi regressiya tenglamasiga nisbatan maqsadli vazifa atamasi ham qo‘llaniladi. Xarajatlarni baholash umumiy xarajatlar bilan bu xarajatlarni talab qiluvchi potentsial omillar o‘rtasidagi oldingi tobelikni o‘lchashdan boshlanadi.
Ayni paytda o‘tgan davr ma’lumotlari asosida chiqarilgan xarajatlar vazifalari to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan soxta korrelyatsiya asosida aniqlanishi xavfi mavjud. O‘zgaruvchi birliklar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, kuchli korrelyatsiya (o‘zaro bog‘liqlik) bo‘lishi mumkin. Shu sababli xarajatlar vazifasini faqat ilgari kuzatilgan statistik tobelik asosida aniqlamaslik kerak. Har qanday holatda ham kuzatiladigan statistik tobelikning tabiati oqilona
va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday sharoit bo‘lmasa, turlicha ma’lumotlar asosida natijalarni prognozlash uchun xarajatlar vazifasidan
foydalanilganda baholanayotgan karamlik (tobelik) takrorlanishiga ishonib bo‘lmaydi.

Download 281,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish