Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

2.4. Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish 
 
 Har  kuni  ertalab  operatsion  kun  boshlanmasdan  oldin  mas‟ul 
ijrochilar  bir  kun  avvalgi  operatsiyalarning  to„g„ri  yakunlanganligini 
nazorat  qilish  uchun  dastlabki  hujjatlarni  Yordamchi  kitob  materiallari 
bilan taqqoslaydilar, so„ng ularni Bosh kitobda qanday aks ettirilganligi 
tekshirib chiqiladi. Ba‟zan xatoliklar aniqlanishi mumkin.  
 Lekin  bunday  hollarda  kunlik  balans  hisobotlari  va  shaxsiy 
hisobvaraqlarga qo„lda biron-bir tuzatishlar qilinishiga yo„l qo„yilmaydi. 
Summalarni o„chirib yozish va tuzatish, shuningdek, o„chiruvchi suyuq-
liklardan foydalanib, ularga tuzatishlar kiritish qat‟iyan taqiqlanadi.  
 Bank  ish  kuni  yakunlanib,  balans  hisoboti  tuzilib,  O„zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  bankiga  jo„natilganidan  so„ng,  xato  yozuvlar 
aniqlangan  hollarda,  ushbu  xato  yozuvlar  kiritilgan  hisobvaraqlarga 
ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) 
yo„li  bilan  tuzatish  memorial  orderlari  asosida  to„g„rilanishi  lozim. 
Bunday  hollarda  hisobvaraqlardan  summalar  mijozlarning  roziligisiz 
hisobdan  chiqariladi.  Bu  haqda  bank  bilan  mijoz  o„rtasida  tuzilgan 
shartnomada ko„rsatib o„tilgan bo„lishi shart. 
 Agar  mijozlarga  bitta  bank  filiali  xizmat  ko„rsatsa,  tuzatish 
orderlari  to„rt  nusxada  tuzilishi  lozim.  Ularning  birinchi  nusxasi  order 
bo„lib xizmat qiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet 
va  kredit  yozuvlari  bo„yicha  bildirishnomalar  hisoblanadi,  to„rtinchi 
nusxa  esa  order  kitobchasida  qoladi.  Bu  kitobcha  bosh  buxgalter  yoki 
uning  o„rinbosarida  saqlanishi  lozim.  Orderlarga  boshqa  hujjatlardan 
farqlanadigan tartib raqamlari qo„yilishi shart. 
Tuzatish  orderi  matnida  qachon  va  qaysi  hujjatda  xato  yozuvga 
yo„l  qo„yilgani  ko„rsatilishi  kerak.  Agar  unga  mijoz  arizasi  sabab  bo„l-
gan bo„lsa, shu sabab ko„rsatiladi. Bunda memorial orderning to„rtinchi 
nusxasining orqa tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo„l qo„yilgan-
ligi  qayd  etiladi,  ijrochi,  shuningdek,  noto„g„ri  yozuvni  nazoratdan  o„t-
kazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko„rsatiladi. Tuzatish memorial 
orderlari  tuzilishida  asos  bo„lgan  arizalar  kitobga  tikilgan  memorial 
orderlar bilan birga saqlanishi lozim. 
Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o„tkazmalari bilan tuza-
tilgan shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To„g„rilan-
gan”  belgisi  qo„yilishi,  to„g„rilash  kiritilgan  sana  va  to„g„rilangan  me-
morial  orderning  raqami  ko„rsatilishi  shart.  Bu  qayd  to„g„rilangan  me-


 
46 
morial orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari (bo„lim 
boshlig„i) imzosi bilan tasdiqlanadi. 
 Bosh  buxgalter  to„g„rilangan  memorial  orderlarning  kitobchada 
qolgan  nusxalaridan  foydalanib,  xodimlarning  ishidagi  xatolar  hisobini 
yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o„rganib, ishni yaxshilash chorala-
rini ko„radi.  
Banklararo va filiallararo elektron to„lovlar bo„yicha xatolarni me-
morial  orderlar  bilan  to„g„rilash  qat‟iyan  man  etiladi.  Banklararo  va 
filiallararo  elektron  to„lovlar  bo„yicha  xatolarni  to„g„rilash  uchun  xato-
likka  yo„l  qo„ygan  (tashabbuskor)  bank  filiali  xato  elektron  to„lovi  jo„-
natilgan  (benifitsiar)  bankka  ”Lotus-Notes”  aloqa  elektron  pochtasi 
orqali xato o„tkazilgan to„lov to„g„risidagi ma‟lumotni ko„rsatgan holda 
xato  yuborilgan  to„lov  hujjatini  qaytarish  to„g„risida  iltimosnoma  xati 
jo„natadi.  Bu  holda  xato  o„tkazilgan  mablag„  qaytarilmasligidan  qat‟iy 
nazar,  tashabbuskor  bank  mablag„ni  xatolik  aniqlangan  kundan  keyingi 
bank ish kunidan kechiktirmasdan “19997  –  Boshqa aktivlar” hisobva-
rag„i orqali oluvchining hisobvarag„iga o„tkazishi shart. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish