Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 
4.3. Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi 
 
Yuridik va jismoniy shaxslar hisobi milliy valuta “so„m”da yuriti-
ladigan  depozit  hisobvaraqlar  bilan  birgalikda  chet  el  valutasidagi  de-
pozit  hisobvaraqlarini  ochishlari  mumkin.  Chet  el  valutasidagi  depozit 
hisobvaraqlarini rezident va norezident yuridik shaxslar, rezident va no-
rezident  jismoniy  shaxslar  hamda  chet  el  investitsiyasi  bilan  ishlovchi 
korxonalarga  ochiladi.  Chet  el  valutasida  depozit  hisobvaraqlarning 
barcha turlarini, jumladan, talab qilib olinguncha, jamg„arma va muddatli 
depozit hisobvaraqlarini ochish mumkin.  
Chet  el  valutasidagi  talab  qilinguncha  saqlanadigan,  muddatli, 
jamg„armali,  ikkilamchi  depozit  hisobvaraqlarini  ochish  uchun  tadbir-
korlik faoliyati subyektlari bo„lgan rezident yuridik shaxslar bank muas-
sasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:  
 
hisobvaraq ochish uchun ariza; 
 
tijorat faoliyati uchun mo„ljallangan tovarlarni xorijdan olib ke-
luvchi yakka tadbirkorlar-yashash joyi bo„yicha davlat soliq xizmati ido-
rasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo„yicha tovarlarni olib keluv-
chi tadbirkor davlat ro„yxatidan o„tganligi to„g„risida” guvohnoma nusxasi;  
 
davlat ro„yxatidan o„tganligi to„g„risidagi guvohnoma nusxasi;  


 
78 
 
imzolar va muhr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha; 
 
ta‟sis hujjatlari va unga kiritilgan o„zgarishlar; 
 
mijoz tomonidan pul-hisob kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga 
ega bo„lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati. 
Chet  el  valutasidagi  talab  qilinguncha  saqlanadigan  depozit  hi-
sobvaraqlarini  norezident  yuridik  shaxslari  ham  ochishlari  mumkin. 
Quyidagi  norezident  yuridik  shaxslar  talab  qilinguncha  saqlanadigan 
depozit hisobvaraqlar ochishlari mumkin: 
 
O„zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, chet davlat-
larning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, jumladan O„zbekiston Res-
publikasi tashkilotlari ishtirokida ochilgan tashkilotlarga; 
 
O„zbekiston  Respublikasida  joylashgan  xorijiy  diplomatik,  sav-
do va boshqa rasmiy vakolatxonalarga, immunitet hamda diplomatik im-
tiyozlardan foydalanuvchi xalqaro tashkilotlarga; 
 
O„zbekiston  Respublikasida  joylashgan  boshqa xorijiy  tashkilot 
va  firmalarning  xo„jalik  va  tijorat  faoliyati  bilan  shug„ullanmaydigan 
vakolatxonalariga.  
Yuqorida  sanab  o„tilgan  yuridik  shaxslar  talab  qilinguncha  saqla-
nadigan depozit hisobvaraq ochish uchun bankka hisobvaraq ochish so„-
ralgan ariza, soliq to„lovchining ro„yxatdan o„tib, identifikatsiya raqami 
olganligi  to„g„risidagi  guvohnoma  nusxasi,  imzolar  va  muhr  namunasi 
tushirilgan va tasdiqlangan varaqcha va norezident yuridik shaxs  nomi-
dan  pul-hisob-kitob  hujjatlarini  imzolash  vakolatiga  ega  bo„lgan  shaxs-
ning shaxsini tasdiqlovchi hujjati. 
Jismoniy  shaxslar  ham  chet  el  valutasida  hisobvaraq  ochishlari 
mumkin. Rezident va norezident jismoniy shaxslar hisobvaraq ochishlari 
uchun bankka ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni shaxsan taqdim eta-
dilar. Hisobvaraq yuritadigan bo„lim boshlig„i yoki buxgalter arizani ol-
gach, mijozga imzolar namunasini qo„yish uchun 2 ta varaqcha beradi va 
imzolarini qo„ydirib oladi. Varaqchaning orqa tomoniga buxgalter tomo-
nidan mijoz pasportining ma‟lumotlari yozib qo„yiladi va bu ma‟lumot-
lari o„z imzosi bilan tasdiqlab qo„yadi.  
Hisobvaraq  ochish  uchun  zarur  hujjatlar  mijozning  yuridik  ishi 
bo„lib  hisoblanadi,  imzolar  va  muhr  namunasi  tushirilgan  varaqchadan 
tashqari  alohida  papkada  saqlanadi.  Imzolar  va  muhr  tushirilgan  varaq-
chaning birinchi nusxasi buxgalter (mas‟ul ijrochida), ikkinchisi nazorat-
chida saqlanadi.  


 
79 
Umuman,  mijozlarga  bitta  bankda  ma‟lum  bir  chet  el  valutasida 
faqat  bitta  talab  qilinguncha  saqlanadigan  depozit  hisobvarag„i  ochish 
uchun ruxsat beriladi. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish