a) Hisobvaraq egalarining yuqori turuvchi tashkilotlari
tomonidan so„ralganda;
b) Davlat nazorat idoralari, jumladan sud va soliq idoralari
tomonidan yozma ravishda talab qilib so„ralganda.
Boshqa hollarda mijozlar hisobvaraqlarining ahvoli haqida yozma
ravishda ma‟lumot berish taqiqlanadi.
Shunday holatlar ham bo„ladiki, mijozlar biror sabab bilan bank-
dan olgan o„z shaxsiy hisobvaraqlarining ko„chirmalarini yo„qotib qo„-
yishlari mumkin.
Agar mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko„chirmani yo„qotib qo„ysa,
mijozga ko„chirma dublikati berilishi mumkin. Buning uchun mijoz
ko„chirmani yo„qotish sabablarini ko„rsatgan holda ariza yozib bank
rahbariga taqdim etishi lozim. Arizaga korxona rahbari va bosh buxgal-
ter imzo qo„yishlari kerak.
Ushbu ariza asosida bank rahbari yoki uning muovini yozma rux-
satnoma berganlaridan so„ng mijozga shaxsiy hisobvaraqdan ko„chirma
taqdim etiladi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko„chirma dublikatlari ksero-
nusxa asosida olinadi. Ushbu dublikatga hisobvaraq egasi bo„lgan mi-
jozga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijrochi va bosh buxgalter yoki uning
yordamchisi imzo qo„yadi hamda bank muhri bilan ushbu imzolar tas-
diqlanadi. Dublikati olingan shaxsiy hisobvaraqning bankda qolgan sar-
varag„iga shu hisobvaraqdan dublikat berilgani haqida belgilab
qo„yiladi, ya‟ni 2010__yil “__” _________da ko„chirma dublikati berildi
degan so„zlar yozib qo„yiladi. Bu yozuv ham bank bosh buxgalteri yoki
uning yordamchisi (muovini) ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yordamchi kitobning asosiy materiali – shaxsiy hisobvaraqlar bo„l-
gani uchun biz ular haqida batafsil to„xtab o„tdik. Lekin kitobning bosh-
41
qa materiallari ham bo„lib, ular ko„zda tutilmagan holatlar bo„yicha hisob-
varaqlar uchun ochilgan kartotekalar (qutilar) da saqlanuvchi hujjatlardir.
Masalan: “To„lov muddatini kutayotgan hujjatlar” (to„lash uchun
roziligi kutilayotgan hujjatlar) nomli 1-kartotekadagi to„lov talabno-
malari; “O„z vaqtida to„lanmagan hisob hujjatlari” deb nomlanuvchi 2-
kartotekadagi to„lov talabnomasi, to„lov topshirig„i, inkasso topshirig„i
kabi hujjatlar ham tavsiliy hisob uchun asosiy materiallar bo„lib hisob-
lanadi. Bu hujjatlarning harakati bo„yicha ham hisobvaraqlar tuzilib, ular
ko„zda tutilmagan holatlar bo„yicha hisobvaraqlar deyiladi. Bu hisobva-
raqlar ham alohida sanalar va hisobvaraq nomerlari bo„yicha broshyura
holiga keltirilib, keyingi oyning 20-kunigacha bankning joriy arxiviga
topshiriladi.
Yordamchi kitob, ya‟ni analitik hisob materiallariga yana ope-
ratsion jurnal, kassa operatsiyalari bo„yicha yuritiladigan kirim kassa
jurnallari va chiqim kassa jurnalllari, bankning asosiy vositalari, nomod-
diy aktivlari va materiallari bo„yicha yuritiladigan kartochkalarni ham
kiritish mumkin.
Operatsion jurnallar har bir mas‟ul ijrochi yuritadigan hisobvaraq-
lar bo„yicha alohida tuzilib, unda hisobvaraqlar bo„yicha o„tkazilgan
operatsiyalar haqida ma‟lumot beriladi, uni shaxsiy hisobvaraqlarning
umumiy ko„rinishi deyish ham mumkin. Operatsion jurnalda sana,
hisobvaraq nomeri, debet va kredit aylanmalari hisoblash texnikasi
dasturida nazarda tutilgan bo„lsa, hisobvaraq nomi ham ko„rsatiladi.
Bank kassasi bilan bog„liq bo„lgan Yordamchi kitob materiallari
ikkita bo„lib, ular:
– kassaning kirim jurnali;
– kassaning chiqim jurnali.
Har kuni bank kassasiga topshirilayotgan naqd pul summasi
kassaning kirim jurnalida nazoratchi tomonidan qayd etib boriladi. Unda
sana, pul topshirayotgan korxona hisobvarag„i nomeri, kirim kassa
hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi, summasi ko„rsatiladi.
Kassaning chiqim jurnali ham kundalik chiqim kassa operatsiyalari
bajarilganda nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Jurnalda sana,
mijozning talab qilib olinadigan depoziti bo„yicha hisobvaraq nomeri,
chiqim kassa hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi, summasi
ko„rsatiladi. Shu bilan birgalikda nazoratchi va kassirning imzosi uchun
ham alohida joy ajratilgan. Quyida kirim kassa jurnalining shaklini
keltiramiz.
42
6-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |