Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bosh  kitob  bu  –  bank  moliyaviy  hisobotlarida  ko„rsatiladi-



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 Bosh  kitob  bu  –  bank  moliyaviy  hisobotlarida  ko„rsatiladi-
gan hisobvaraqlar guruhidir. 
 
Moliya  hisobotlariga  balans  hisoboti,  foyda  va  zararlar 
to„g„risidagi  hisobot  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  Bosh  kitobda 
birinchi  navbat  balans  hisobvaraqlari  bo„yicha  jamlama  ma‟lumotlar 
qayd  etiladi.  Demak,  hisobvaraqlar  Bosh  kitobda  umumiy  ma‟lumotni 
qayd etadi, lekin batafsil axborot bilan ta‟minlamaydi.  
 
 Batafsil  axborot  Yordamchi  kitob  ma‟lumotlari  asosida  oli-
nishi  mumkin,  chunki  birlamchi  buxgalteriya  operatsiyalari  Yor-
damchi kitobda aks ettiriladi. 
 
 Yordamchi  kitobdagi  hisobvaraqlar  guruhi  har  bir  alohida  ope-
ratsiya  bo„yicha  o„tkazilgan  summalar  haqida  kerakli  axborot  beradi. 
Yordamchi  kitob  hisobvaraqlariga  nisbatan  olganda  Bosh  kitob  hisob-
varaqlari nazorat hisobvaraqlari vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblar-
dagi  yakuniy  summalar  har  kun  oxirida,  shuningdek,  oy  oxirida  yangi 
oyning birinchi kundagi holatiga ko„ra ularning Bosh kitobdagi nazorat 
yakunlari balansi bilan bir xil chiqishi lozim. Bosh kitob nazorat hisob-
varaqlarining  ma‟lumotlari  Yordamchi  kitobdagi  tegishli  hisobvaraqlar 
yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki  yozuvlarda xato-
larga yo„l qo„yilmagan bo„lsa, Bosh kitob va Yordamchi kitob summa-
lari teng chiqadi.  
Hozirgi kunda ko„pgina tijorat banklari mijozlarga “so„mda yuriti-
ladigan  hisobvaraqlar  bilan  bir  qatorda  xorijiy  valutadagi  operatsiyalar 


 
35 
hisobini yuritish maqsadida xorijiy valutadagi hisobvaraqlarni ochishlari 
mumkin.  Xorijiy  valutadagi  operatsiyalar  bo„yicha  Bosh  va  Yordamchi 
kitoblar har bir valuta turi bo„yicha alohida yuritiladi.  
Bosh  kitob  bo„yicha  kodlash  tizimi  besh  xonali  bo„lishi  belgilan-
gan. Dastlab aktiv hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning kod-
lari esa juft sonlardan iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qa-
bul qilish va eslab qolish uchun ko„zda tutilgan edi. Lekin yangi hisob-
varaqlar  kiritilishi  munosabati  bilan  bu  tartib  bir  oz  o„zgardi.  Balans 
hisobvaraqlarida  hisob  takrorlanadigan  yozuv  usulida  yuritiladi.  Ope-
ratsiyalar  ular  bo„yicha  mablag„lar  harakatlangan  kundan  qat‟iy  nazar 
bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.  
Umuman, sintetik hisob yuritishda Bosh kitobdan va analitik hisob 
yurtishda Yordamchi kitoblardan foydalaniladi. 
Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va 
ularga  doir  hisobotlarni  tuzishda  qo„llaniladigan  jamlanma  ma‟lumotlar 
qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo„yicha kun boshiga qoldiq, kun 
davomida  amalga  oshirgan  operatsiyalarning  aylanmasi  va  kun  oxiriga 
qoldiq summalari aks ettiriladi. 
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to„liq 
aks  ettiriladi.  Yordamchi  kitoblarning  shakli  va  turlari  har  bir  bank 
tomonidan mustaqil belgilanadi. 
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiya-
lari  albatta  ikkiyoqlama  yozuv  qoidasiga  amal  qilgan  holda  qayd  etish 
yoki  ushbu  hisobvaraqlar  bilan  korrespondensiya  bo„lgan  hisobvaraqlar 
raqamlari ko„rsatilishi shart.  
  

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish