Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi 
 
Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tani-
shib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat  – 
bu badalnoma, ya‟ni pul topshirganlik haqidagi e‟londir. Pul topshirish-
dan avval  mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badal-
nomaning o„zi 3 qismdan iborat: 
1. Badalnomaning o„zi. 
2. Order. 
3. Kvitansiya. 
Hujjatning  uchala  qismida  ham  bir  xil  ko„rsatkichlar  to„ldirilishi 
shart.  Ya‟ni  hujjat  rasmiylashtirilgan  sana,  mijoz  korxona  nomi,  uning 
hisob-kitob, ya‟ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvarag„i nomeri, 
operatsiya  mazmuni,  ya‟ni  nima  maqsadda  pul  topshirilayotganligi,  pul 
topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to„liq ko„rsatili-
shi va imzo qo„yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qi-
layotgan  mas‟ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni 
qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan 
nazoratchiga yuklatiladi. Ba‟zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib 
chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijro-
chi  tomonidan  yoki  bosh  buxgalter  yordamchisi  tomonidan  bajariladi. 
Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uning uchala qismi bir xil, to„liq 
va  to„g„ri  to„ldirilganligini  tekshirib  chiqadi,  agar  operatsiya  o„tkazish 
mumkin  deb  topsa,  hujjatning  barcha  qismlariga  o„z  imzosini  qo„yib, 
ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali 
bankda  yuritiladigan  sintetik  hisob  yuritish  hujjati  hisoblanadi,  har  bir 
mijozdan  qabul  qilingan  badalnoma  ketma-ket  tartibda  qayd  etib 
boriladi.  Kassaning  kirim  jurnalida  uni  rasmiylashtirilayotgan  sana, 
badalnoma  nomeri,  pul  topshirgan  korxonaning  hisobvarag„i  nomeri, 
topshirilishi  lozim  bo„lgan  pul  summasi  va  nima  maqsadda  pul 
topshirilayotganligi,  ya‟ni  hisobot  simvoli  ko„rsatiladi.  Shundan  so„ng 
qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalik-
da ichki tartibda kassa bo„limiga uzatiladi. Pul qabul qilish uchun bank-
da  kirim  kassalari  bo„lib,  hujjatlar  aynan  shu  kassa  kassiriga  beriladi. 
Kirim  kassa  kassiri  pul  topshiruvchi  mijozni  chaqirib,  undan  pul  qabul 
qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi. 
Kassirning  stoli  ustida  pul  qo„yuvchidan  qabul  qilib  olinayotgan 
puldan  boshqa  hech  qanday  pul  bo„lmasligi  kerak.  Kassir  ilgari  qabul 
qilib olgan barcha pullar stol tortmasida metall shkaflarda yoki seyflarda 


 
153 
saqlanishi  lozim.  Kirim  kassa  kassirining  stoli  shunday  jihozlangan 
bo„lishi  kerakki,  mijozga  pul  qayta  sanalayotganligini  kuzatib  turishga 
imkon bo„lishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitansiya 
va  kirim  kassa  hujjatlarida  order,  badalnoma,  kirim,  kassa  jurnali, 
ko„rsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular 
bir-biriga  mos  bo„lsa,  kassir  kvitansiya,  badalnoma  va  unga  tegishli 
bo„lgan  orderga  imzo  qo„yadi,  kvitansiyaga  bank  muhrini  bosib,  pul 
topshirgan  shaxsga  qaytarib  beradi.  Bu  kvitansiya  mijozga  undan  pulni 
qabul  qilib  olganlik  haqidagi  tasdiqlovchi  hujjat  bo„lib  hisoblanadi. 
Badalnomalarni o„zida olib qolib, badalnomaga tegishli bo„lgan orderni 
kassaning  kirim  jurnali  bilan  birgalikda  yana  bank  nazoratchisiga 
qaytaradi. 
Lekin  ba‟zan  shunday  hollar  ham  bo„ladiki,  mijoz  topshirgan  pul 
summasi  kirim  kassa  hujjatlarida  ko„satilgan  summa  bilan  to„g„ri 
kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim 
kassa hujjatida ko„rsatilgan summa o„zaro mos kelmasa, topshiruvchiga 
hujjatni  qayta  rasmiylashtirib  kelish  taklif  etiladi.  Kassir  dastlabki 
hujjatning  ustidan  chiziq  tortadi  va  shu  hujjat  kvitansiyasining  orqa 
tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib, kvitansiyaga 
imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitansiya operatsiya xodimi yoki bank 
nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani o„chi-
rib, badalning yangi summasini yozib qo„yadi, shundan so„ng yangi olin-
gan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jo„natadi. Kvitansiyalar yo„riq-
nomada belgilangan tartibda saqlanadi. Kirim hujjatlar esa yo„q qilinadi. 
Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo„lsa, kassir buning 
sababini  aniqlash  uchun  kirim  hujjatlarini  kvitansiyalar  bilan  birga 
operatsiya  xodimlariga  qaytaradi.  Kvitansiyalarda  qanday  sabablarga 
ko„ra  pul  topshirilmagani  ko„rsatilib,  bank  muassasasi  rahbari  va  bosh 
buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa  daftarlaridagi  yozuvlar 
o„chiriladi, kirim hujjatlari yo„q qilinadi. 
Kassirlar  o„zlari  qabul  qilgan  va  topshirgan  pul  summalarini 
0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kuni 
oxirida  kirim  kassasining  har  bir  xodimi,  ya‟ni  kassiri  qabul  qilingan 
hujjatlar  asosida  0482109  shakldagi  ma‟lumotnomani  tuzadi  va  undagi 
summani o„zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma‟lumotno-
mani  kassir  imzolaydi  va  unda  ko„rsatilgan  kassa  aylanmalarini  ope-
ratsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu 


 
154 
qiyoslash  kassa  jurnalida  kassirning  va  kassir  ma‟lumotnomasida 
operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi. 
Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan 
tartibda  dastalaydi  hamda  kirim  hujjatlari  va  0482109  shakldagi  ma‟lu-
motnoma  bilan  birga  kassa  mudiriga  0482155  shakldagi  daftarga  imzo 
chekilgandan  so„ng  topshiradi.  Kassa  mudiri  esa  qabul  qilingan  pul 
summasini  kassirning  ma‟lumotnomasi  bilan  qiyoslaydi,  qabul  qilingan 
summani 0482155 – shakldagi daftarga yozib qo„yadi, ma‟lumotnomaga 
imzo  chekib,  uni bosh buxgalterga  beradi.  Ma‟lumotnoma  tekshirilgan-
dan  so„ng  bosh  buxgalter  yoki  uning  o„rinbosari  tomonidan  imzolanib, 
bu kunning kassa hujjatlariga tiqib qo„yiladi. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish