Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


To„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblar, ularning



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
5.3. To„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblar, ularning 
rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi 
 
To„lov talabnomasi
– bu mahsulot yetkazib beruvchi va mab-
lag„ oluvchilarning belgilangan summani to„lovchi bank orqali to„lashi 
to„g„risidagi talabnomani o„z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. 
To„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblar “aksept” shaklidagi 
hisob-kitoblar deb ham yuritiladi. “Aksept” so„zi lotin tilidan olingan 
bo„lib, rozilik ma‟nosini anglatadi, ya‟ni bu to„lovchining to„lovni 
amalga oshirish uchun bankka bergan roziligidir. Aksept shakli asosiy 
inkassaviy hisob-kitob shakli bo„lib hisoblanadi. “Inkasso” italyancha 
so„zdan olingan bo„lib, bank o„z mijozi taqdim etgan hujjatga asosan 
yetkazib berilgan mahsulot uchun unda ko„rsatilgan summani to„lovchi-
dan uning banki orqali olib berish bo„yicha majburiyat bo„lib hisobla-
nadi qilish huquqiga ega.
Hisob-kitoblarning aksept, ya‟ni to„lov talabnomalari orqali o„tka-
ziladigan shaklida ishlatiladigan asosiy hujjat bu – to„lov talabnomasi-
dir. To„lov talabnomalari mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan belgi-
langan № 0505411001 shakldagi blankalarda bankka taqdim etiladi. 
To„lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin: 
a) yuklab jo„natilgan tovarlar uchun; 
b) bajarilgan ishlar uchun; 
v) ko„rsatilgan xizmatlar uchun; 
g) amaldagi qonunchilikda, me‟yoriy hujjatlar yoki shartnomada 
ko„zda tutilgan boshqa to„lovlar uchun. 
To„lov talabnomasida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan ta-
labnoma nomeri, uni to„ldirilgan sana, shu korxona nomi, uning hisob-
varaq nomeri, xizmat ko„rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to„lovchi 
korxonaning nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomeri, to„lovchiga xiz-
mat ko„rsatuvchi bank nomi va kodi, to„lov summasi va to„lov maqsadi 
ko„rsatiladi. Hujjatlarda ko„rsatilishi lozim bo„lgan umumiy rekvizitlar-
dan tashqari to„lov talabnomasida quyidagilar ko„rsatilishi lozim: 
a) shartnoma sanasi va nomeri; 


94 
b) mahsulotlarni yuklab jo„natish sanasi va tovar-transport yoki qabul 
qilish, topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar pochta va telekomuni-
katsiya agentligi orqali jo„natilganda esa – pochta kvitansiyalarining nomeri. 
Agar mahsulot uni sotib oluvchining transport vositasi bilan olib 
ketilsa, talabnomaning alohida ajratilgan joyda yuk uni sotib oluvchi-
ning o„z transporti bilan olib chiqib ketilgani hamda ishonchnomaning 
nomeri ko„rsatiladi. Shunday hollar ham bo„ladiki, mahsulot kontraksiya 
shartnomalari asosida realizatsiya qilinadi. Kontraksiya shartnomalari 
bo„yicha mahsulot yetkazib berishda to„lov talabnomasining yuqori 
qismida ya‟ni talabnoma deb yozilgan so„z yoniga “Kontraksiya 
shartnomasi” deb ko„rsatilishi lozim. To„lov talabnomasining pastki, 
alohida ajratilgan qismida mahsulot jo„natuvchi korxona rahbari va bosh 
buxgalterning imzolari va korxonaning muhr izi qo„yiladi.
To„lov talabnomasi mahsulot yuklab jo„natilgandan keyin shart-
nomada belgilangan muddatdan kechiktirilmasdan bankka inkassoga 
topshiriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi bitta operatsiya bo„yicha talab-
nomalarni inkasso uchun qayta taqdim qilish huquqiga ega emas.
Umuman, to„lov talabnomalari bo„yicha hisob-kitoblarni rasmiy-
lashtirish va hisobga olish ishlarini 3 bosqichga bo„lib ko„rib chiqamiz: 
1-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to„lov talabnoma-
sini inkassoga qabul qilinishi. 
2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to„lov talabnomalarini to„-
lash bo„yicha operatsiyalari.
3-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to„lovni qabul qi-
lish bo„yicha operatsiyalar.
To„lov talabnomalari bo„yicha hisob-kitoblarning har bir bosqi-
chini alohida ko„rib chiqamiz. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish