Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bu hisobvaraqning nomi qanday edi?



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

Bu hisobvaraqning nomi qanday edi?
 
Ushbu buxgalteriya yozuvi yordamida to„lovchi korxona bankidan 
Markaziy bank orqali kelib tushgan pul mablag„lari mablag„ oluvchi 
korxona bankida mablag„ oluvchining hisobvarag„iga o„tkaziladi.
Ta‟minotchilar tomonidan mahsulot yetkazib berish va xizmatlar 
ko„rsatish transport xizmati bilan birgalikda bir tekisda amalga oshirilsa, 
o„zaro hisob-kitoblar doimiy to„lovlar tartibida o„tkazilishi mumkin. 
Bunday hisob-kitoblar har bir alohida savdo bitimi ya‟ni mahsulot or-
tish, jo„natish yoki xizmat ko„rsatish bo„yicha emas, balki tomonlar 
oldindan kelishib olgan muddatlar va hajmlarda to„lov topshiriqnoma-
lardan foydalangan holda mablag„larni davriy ravishda ko„chirish yo„li 
bilan bajariladi. Tomonlar davriy ravishda, lekin har oyda kamida bir 


91 
marta mahsulotning amalda jo„natilishi yoki xizmatlar ko„rsatilishi 
asosida o„tgan davri uchun qiyoslashni bajarish va shartnomada belgi-
langan tartibda qayta hisob-kitob qilishlari lozim. Aniqlangan farqlar 
alohida topshiriqnoma bilan o„tkazilishi yoki navbatdagi to„lovda hisob-
ga olinishi mumkin. O„zaro qarzlar eng kam miqdorda bo„lishi uchun 
hisob-kitoblarga oyning oxirida aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o„tkazilayotgan bar-
cha to„lovlarning 70 foizi atrofida to„lov topshiriqnomalari yordamida 
amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog„liq.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir: 
– birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya‟ni hi-
sob-kitoblarni amalga oshirishning texnik jihatdan qulayligi. Bu esa o„z 
navbatida xo„jalik yurituvchi subyektlar va bank xodimlarining mehnat 
sarfini kamaytiradi; 
– ikkinchi, pul mablag„lari harakatining tezligi, ya‟ni to„lov talab-
nomasiga nisbatan to„lov topshiriqnomasi bo„yicha hisob-kitoblarda huj-
jatlarning aylanishi harakati qisqaligi so„zsiz xo„jalik aylanma mablag„-
larining aylanish tezligini oshiradi; 
– uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki 
xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shak-
lida to„lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo„lgani kabi bankka rad-
diya arizasi topshirilmaydi, chunki to„lovchining o„zi to„lovni to„lashga 
rozi bo„lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
– to„rtinchidan, to„lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz ope-
ratsiyalarda qo„llanilishi ushbu shakl bo„yicha hisob-kitoblarning aha-
miyatini yanada yaqqol aks ettiradi. 
To„lov topshiriqnomasi bo„yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bi-
lan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iborat-
ki, mol jo„natuvchi yoki xizmat ko„rsatuvchi korxona uchun to„lovning 
o„z vaqtida o„tkazilishi to„la kafolatlanmagan. Chunki to„lovning o„z 
vaqtida o„tkazilishi to„lovchi korxonaning depozit hisobvarag„idagi 
mablag„lar miqdoriga bog„liq. To„lovning to„liq o„tkazilishiga yetarli 
pul mablag„larining bo„lmasligi pul aylanishini sekinlashtiradi va mah-
sulot jo„natuvchi yoki xizmat ko„rsatuvchi korxonaning moliyaviy hola-
tini yomonlashtiradi.
Lekin ko„rsatilgan kamchilik to„lov topshiriqnomasi bo„yicha hi-
sob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari oldida-
gi ahamiyatini kamaytirmaydi. Aksincha, hozirgi davrda xo„jalik sub-


92 
yektlari o„rtasida to„lov topshiriqnomalarining qo„llanilish doirasi yana-
da kengayib bormoqda, chunki oldingi yillarda to„lov topshiriqnomalari 
bo„yicha to„lovlar faqat mahsulot jo„natilgandan va xizmatlar ko„rsatil-
gandan keyingina amalga oshirilar edi. Bunday holat bozor munosa-
batlari sharoitida o„zini oqlamaydi, debetor va kreditor qarzdorliklarning 
oshib ketishiga olib keladi, bu esa o„z navbatida iqtisodiyotda qarzdorlik 
zanjirini keltirib chiqaradi.
Yuqorida ko„rsatilgan muammolarning oldini olish maqsadida 
hukumatimiz tomonidan bir qator mexanizmlar ishlab chiqildi, qaror va 
farmoyishlar qabul qilindi. Dastlab 1995-yil 5-mayda O„zbekiston Res-
publikasi Prezidentining “Korxona va tashkilotlar rahbarlarining xalq 
xo„jaligidagi hisob-kitoblarni o„z vaqtida o„tkazishni ta‟minlash bo„yi-
cha javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 154-sonli Far-
moni e‟lon qilindi. Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat‟iy nazar har 
bir xo„jalik subyekti agar mol oluvchi korxona bo„lsa, u albatta o„sha 
mol qiymatining kamida 15 foizi summasini oldindan to„lashi talab 
etiladi. Tabiiyki, bu to„lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldindan to„lov o„tkazish ilgari yoqilg„i-moylash mahsulotlari va 
boshqa ba‟zi hollarda Davlat bankining ruxsati bilan amalga oshirilar 
edi. Lekin hozirgi paytda xo„jaliklar o„zlari o„zaro xo„jalik shartnoma-
lari orqali 100 foizli yoki undan kam miqdorda bo„lgan oldindan to„lov-
lar o„tkazishni kelishib oladilar. Yuqorida ko„rsatilgan mexanizm esa to-
monlar o„rtasida shartnomada ko„rsatilgan majburiyatlarning bajarilishi 
ustidan nazorat o„rnatishga yordam beradi. 15 foizdandan kam bo„lma-
gan avanslangan to„lovlarning o„tkazilish majburiyligi, bank bunday to„-
lovlar ustidan doimo nazorat olib borishi haqida O„zbekiston Respubli-
kasi Prezidentining yana bir “Hisob-kitoblar tizimi hamda to„lov intizo-
mini mustahkamlash chora-tadbirlari to„g„risida”gi 1996-yil 24-yanvar-
dagi Farmoni chiqarildi. Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan 
bankka topshiriladigan to„lov topshiriqnomasida qat‟iy ravishda shart-
noma nomeri, to„lov tartibi, 15 foizdan kam bo„lmagan avans to„lovi 
miqdori ko„rsatilishi shart qilib belgilandi. Demak, naqd pulsiz hisob-
kitoblarning qaysi shaklidan foydalanishdan qat‟iy nazar, xo„jaliklar 
avvalo to„lov summasining 15 foizdan kam bo„lmagan miqdorini to„lov 
oluvchi korxona hisobvarag„iga aynan to„lov topshirig„i yordamida 
o„tkazadilar. Bu esa to„lov topshirig„i iqtisodiyotning hamma sohalarini 
qamrab olayotganidan dalolat beradi. Umuman, xalq xo„jaligida xususiy 
sektorning o„rni kengayib borgan sari kichik va boshqa xususiy 


93 
korxonalar sonining oshishi to„lov topshiriqnomalari bo„yicha hisob-
kitoblar hajmining kengayishiga yo„l ochib beradi.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish