Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
 
8-jadval. 
Aylanmalar va qoldiqlar qaydnomasi
 
 
 
Bank nomi 
Bank kodi 
Sana 
Hisobvaraqlar nomeri 
Aylanmalar 
Qoldiq 
Debet 
Kredit 
Aktiv 
Passiv 
Balans hisobvaraqlari bo„yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi 
jamlama ma‟lumotlarda bank nomi, uning filiallararo aylanmalar bo„yicha 
nomeri, sana, debet va kredit aylanmalari, aktiv va passiv hisobvaraq-
larning qoldiqlari ko„rsatiladi. Bunday jamlama ma‟lumotlar bank rah-
bariyatining xohishiga ko„ra, har kuni, shu bilan birga, aylanma va qol-
diq summalarining o„sib borish tartibida bir oylik va choraklik, ya‟ni 
hisobot davri uchun tayyorlanishi mumkin. 
Oylik, choraklik va yillik saldo aylanma qaydnomalar ham Bosh 
kitob materiallari hisoblanadi. Qaydnomalarning har biri ma‟lum bir 
hisobot davriga, ya‟ni oy, chorak va yil bo„yicha tuziladi. Ularning har 
birida qaydnoma tuzilgan sana, hisobvaraq nomerlari va ular bo„yicha 
qoldiqlar ko„rsatiladi. Qaydnomalarning har biri ma‟lum bir hisobot 
davri uchun kelasi davr boshiga tuziladi.
Masalan: yanvar oyi hisobot davri deb olinib, qaydnoma yanvar 
oyi uchun tuzilayotgan bo„lsa, unda kelasi oy, ya‟ni fevral oyining birin-
chi kuniga bo„lgan qoldiqlar ko„rsatiladi. 
 


45 
2.4. Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish 
Har kuni ertalab operatsion kun boshlanmasdan oldin mas‟ul 
ijrochilar bir kun avvalgi operatsiyalarning to„g„ri yakunlanganligini 
nazorat qilish uchun dastlabki hujjatlarni Yordamchi kitob materiallari 
bilan taqqoslaydilar, so„ng ularni Bosh kitobda qanday aks ettirilganligi 
tekshirib chiqiladi. Ba‟zan xatoliklar aniqlanishi mumkin.
Lekin bunday hollarda kunlik balans hisobotlari va shaxsiy 
hisobvaraqlarga qo„lda biron-bir tuzatishlar qilinishiga yo„l qo„yilmaydi. 
Summalarni o„chirib yozish va tuzatish, shuningdek, o„chiruvchi suyuq-
liklardan foydalanib, ularga tuzatishlar kiritish qat‟iyan taqiqlanadi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib, O„zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga jo„natilganidan so„ng, xato yozuvlar 
aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga 
ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) 
yo„li bilan tuzatish memorial orderlari asosida to„g„rilanishi lozim. 
Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz 
hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o„rtasida tuzilgan 
shartnomada ko„rsatib o„tilgan bo„lishi shart. 
Agar mijozlarga bitta bank filiali xizmat ko„rsatsa, tuzatish 
orderlari to„rt nusxada tuzilishi lozim. Ularning birinchi nusxasi order 
bo„lib xizmat qiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet 
va kredit yozuvlari bo„yicha bildirishnomalar hisoblanadi, to„rtinchi 
nusxa esa order kitobchasida qoladi. Bu kitobcha bosh buxgalter yoki 
uning o„rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga boshqa hujjatlardan 
farqlanadigan tartib raqamlari qo„yilishi shart. 
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga 
yo„l qo„yilgani ko„rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo„l-
gan bo„lsa, shu sabab ko„rsatiladi. Bunda memorial orderning to„rtinchi 
nusxasining orqa tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo„l qo„yilgan-
ligi qayd etiladi, ijrochi, shuningdek, noto„g„ri yozuvni nazoratdan o„t-
kazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko„rsatiladi. Tuzatish memorial 
orderlari tuzilishida asos bo„lgan arizalar kitobga tikilgan memorial 
orderlar bilan birga saqlanishi lozim. 
Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o„tkazmalari bilan tuza-
tilgan shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To„g„rilan-
gan” belgisi qo„yilishi, to„g„rilash kiritilgan sana va to„g„rilangan me-
morial orderning raqami ko„rsatilishi shart. Bu qayd to„g„rilangan me-


46 
morial orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari (bo„lim 
boshlig„i) imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Bosh buxgalter to„g„rilangan memorial orderlarning kitobchada 
qolgan nusxalaridan foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini 
yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o„rganib, ishni yaxshilash chorala-
rini ko„radi.
Banklararo va filiallararo elektron to„lovlar bo„yicha xatolarni me-
morial orderlar bilan to„g„rilash qat‟iyan man etiladi. Banklararo va 
filiallararo elektron to„lovlar bo„yicha xatolarni to„g„rilash uchun xato-
likka yo„l qo„ygan (tashabbuskor) bank filiali xato elektron to„lovi jo„-
natilgan (benifitsiar) bankka ”Lotus-Notes” aloqa elektron pochtasi 
orqali xato o„tkazilgan to„lov to„g„risidagi ma‟lumotni ko„rsatgan holda 
xato yuborilgan to„lov hujjatini qaytarish to„g„risida iltimosnoma xati 
jo„natadi. Bu holda xato o„tkazilgan mablag„ qaytarilmasligidan qat‟iy 
nazar, tashabbuskor bank mablag„ni xatolik aniqlangan kundan keyingi 
bank ish kunidan kechiktirmasdan “19997 – Boshqa aktivlar” hisobva-
rag„i orqali oluvchining hisobvarag„iga o„tkazishi shart. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish