250
– to„lanishi lozim bo„lgan taqdim etilgan cheklar nomerlarining imzolar na-
munalari qo„yilgan kartochkalardagi qayd etilgan nomerlarga yoki mazkur mijozga
berilgan chek daftarchalari qayd etish kartochkasiga to„g„ri kelishi;
– egasi ko„rsatilgan cheklar yoki chiqim orderida
oluvchining pasportini
ko„rsatgani to„g„risidagi yozuvning to„g„riligi, pul va boshqa qimmatliklar olingani
to„g„risida egasi ko„rsatilgan cheklardagi chiqim kassa orderlaridagi va boshqa
hujjatlardagi tilxatning mavjudligi hamda bu yozilgan tilxatlarning haqiqiyligi.
4. Mijozlarning ish haqi to„g„risidagi taqdim etgan ma‟lumotnomalari to„g„ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish. Mablag„lar belgilangan hajm doirasida berilishini
nazorat qilish, ish haqi to„lash uchun berilgan mablag„lar hisobini yuritish. Mijoz-
larga ish haqi grafik bo„yicha to„lanish muddatlariga rioya etilishini, ishchi va
xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlar, shuningdek, davlat ijtimoiy
sug„urtasi bo„yicha to„lovlar summalari o„tkazilishini nazorat qilish.
5. Ma‟lum bir operatsiyalarni boshlab bergan
buxgalteriyaning boshqa xo-
dimlari imzolarini, zarur bo„lgan hollarda tegishli nazoratchi xodimlarning ulardan
kelayotgan hujjatlardagi imzolarini oldindan belgilangan namunalarga solishtirish,
shuningdek, ularda shaxsiy hisobvaraqlarning raqamlari qonuniy ravishda o„zgarti-
rilganligini va to„g„ri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Buxgalteriyaning boshqa
xodimlaridan kelib tushgan hujjatlarning shakllari bajarilayotgan operatsiyalar
turiga mos kelishini, xususan, mazkur operatsiyalarni
hisobvaraqlar krediti
bo„yicha rasmiylashtirish qoidalarida ko„zda tutilmagan buxgalteriya yozuvlari
uchun ma‟lumotnomalar tegishli hujjatlarning (ya‟ni to„lov talabnomalari, to„lov
topshi-riqnomalari, kirim-chiqim orderlari va shu kabilar) nusxalari o„rniga
berilmayotga-nini tekshirish.
6. Kassadan kelgan kirim hujjatlaridagi kassirlar imzolarini namunalarga qa-
rab tekshirish.
7. Mijozlarga o„rnatilgan tartibda berilgan naqd pul va hisob-kitob cheklari
raqamlarini tegishli kartochkalarda qayd etish va ularning amal qilish muddatlarini
tekshirish.
8. Ijro uchun qabul qilingan va ijrochining o„zi tuzgan hujjatlarni imzolash.
9. “Ko„zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida hisobga olinadigan hisob-
kitob-pul hujjatlari kartochkalarini yuritish.
10. Mijozlarning hisobvaraqlaridan ularga qo„yilgan (talabnomalar) da‟volar
summalarini amaldagi qonunchilikka binoan to„lov
navbatiga rioya etgan holda
belgilangan muddatlarda chiqarib olish.
11. Xizmat ko„rsatiladigan mijozlar bo„yicha inkasso hujjatlari kartotekalari-
ni yuritish.
12. Oldindan akseptlanib, inkasso tartibida to„lab beriladigan hujjatlar sum-
malarining to„lanish muddatlarini, shuningdek zarur hollarda xalqaro hisob-kitob-
larda qo„llaniladigan hujjatlarda valutalash muddatlarini belgilash.
13. Xorijiy banklar va mijozlarning topshiriqnomalariga binoan bajariladi-
gan valuta operatsiyalari uchun vositachilik haqi, xalqaro telegraf va pochta jo„nat-
malari uchun qilinadigan xarajatlar o„rnini qoplash summalari, shuningdek, hujjat-
251
lar haqini to„lash yoki qarzlarni qaytarish muddatlari kechikkan uchun penyalar,
hamda foizlar summalarini hisoblash.
14. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar to„g„riligini tekshirish. Shaxsiy hi-
sobvaraqlardagi yozuvlar to„g„ri aks ettirilgani hisobvaraq debeti bo„yicha bu
yozuvlar uchun asos bo„lgan asl nusxadagi
hujjatlarga qarab, kredit bo„yicha esa,
kelib tushgan hujjatlarning elektron nusxalariga qarab tekshiriladi.
15. Hisobvaraqdagi mablag„lar to„g„risidagi ko„chirmalar bilan birga berila-
digan ilovalarni rasmiylashtirish, abonent qutilari orqali bevosita mijozlarga shax-
siy hisobvaraqlardan ko„chirmalar berish yoki ularni mijozlarga jo„natish uchun
ekspedisiya bo„limiga topshirish.
16. Ikkinchi tartibli talab qilib olinguncha (sub) hisobvaraqlaridagi qoldiq-
larni belgilangan muddatlarda asosiy hisobvaraqqa o„tkazish.
17. Joriy oydagi shaxsiy hisobvaraqlar ma‟lumotlarini yig„ish va saqlash
hamda ularni joriy arxivga o„z vaqtida topshirish.
18. Bajarilgan operatsiyalar bo„yicha belgilangan hisobotlarni tuzish.
19. Mijozlar va boshqa banklarning bajarilayotgan operatsiyaga hamda maz-
kur bankda xizmat ko„rsatilayotgan mijozlarga doir xatlar va reklamalarini ijro etish.
20. Hujjatlar aylanish grafigiga hamda mijozlarga xizmat ko„rsatish grafigi-
ga rioya etilishi.