Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Hisobga olib borishning sintetik usuli (Bosh kitob)



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
2.3. Hisobga olib borishning sintetik usuli (Bosh kitob)
va uning materiallari 
 
Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob haqida axborot berib, 
bank moliya hisobotlarida ko„rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo„lib 
hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to„liqroq ta‟rif beradigan bo„lsak, 
Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo„yicha Qo„shimcha kitob, ya‟ni tav-
sifiy hisobvaraq ma‟lumotlari to„plamidir. Bosh kitob ham Qo„shimcha 
kitob kabi bir qator materiallar asosida yuritiladi. Bosh kitob materiallari 
quyidagilar hisoblanadi: 
– hisobvaraqlar qoldiqlarining kunlik balansi; 
– balans hisobvaraqlari bo„yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi 
jamlama ma‟lumotlar; 
– oylik hisobot balanslari; 
– choraklik va yillik saldo aylanma -saldo qaydnomalari. 
Bulardan tashqari bosh buxgalterning xohishiga ko„ra, emissiya-
kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, “kutilmagan va-
ziyatlar” hisobvaraqlari bo„yicha jamlama kartochkalari yuritilishi mumkin. 
Har bir Bosh kitob materiallarini alohida ko„rib chiqamiz. Ma‟-
lumki, bankda balans har kuni tuziladi. Balansning har ikki aktiv hamda 
passiv qismlarining o„zaro tengligi bank ishi kuni yakunlanganligini bil-
diradi. Bosh kitobning barcha materiallari qatori kundalik balans hozirgi 
kunda bankda dasturiy yo„l bilan kompyuter yordamida tayyorlanadi. 
Kunlik balans quyidagi shaklda tuziladi:
7-jadval.
 
Balansning tuzilishi 
 
Bank nomi 
Bank kodi 
Sana 
Hisobvaraqlar nomeri 
Qoldiq 
Aktiv 
Passiv 
Demak, bankning kunlik balansida sana, balans ichidagi hisob-
varaq nomerlari, aktiv va passiv hisobvaraq qoldiqlari ko„rsatilib, bank 
ish faoliyatining bir kunlik yakunini bildiradi. 


44 
Bosh kitob materiallaridan yana biri balans hisobvaraqlari bo„yicha 
aylanmalar va qoldiqlarning jamlama ma‟lumotidir. Bunday jamlama 
ma‟lumotda nafaqat balans hisobvaraqlari bo„yicha qoldiq, balki hisob-
varaq debetidan va kreditidan o„tgan aylanmalar summalari ham aks 
ettiriladi. Shuning uchun, aniqroq ma‟lumot olish uchun hozirgi kunda 
ko„p banklar kundalik balans bilan birgalikda balans hisobvaraqlari 
bo„yicha aylanmalar va qoldiqlari haqidagi jamlama ma‟lumotlarni ham 
tuzib boradilar. Ushbu Bosh kitob materiali ham dasturiy yo„l bilan 
kompyuter yordamida tayyorlanadi. Jamlama ma‟lumotlar quyidagi 
shaklda tuziladi.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish