Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

II. Malakaviy talablar 
 
6.
Bankning bosh buxgalteri lavozimiga oliy maxsus ma‟lumoti va shu 
mutaxassislik bo„yicha ish stajiga ega bo„lgan, shuningdek buxgalteriya hisobini 
xalqaro standartlari bo„yicha o„quv kursini muvaffaqiyatli yakunlanganligini tasdiq-
lovchi Markaziy bankning maxsus sertifikatiga ega bo„lgan shaxslar tayinlanadi. 
7.
Banklarda bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod shaxs-
larga nisbatan malaka talablari “O„zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomoni-
dan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv 
a‟zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari 
lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qo„yish 
tartibi to„g„risida”gi nizom (ro„yxat raqami 1641, 2006-yil 14-noyabr, O„zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to„plami, 2006 yil, 46-47-son, 467-modda) ga muvo-
fiq belgilanadi. 
8.
Bosh buxgalter o„z ish jarayonida O„zbekiston Respublikasining Konsti-
tusiyasi, qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorla-
riga, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa me‟yoriy-huquqiy 
hujjatlarga, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga va buxgalteriya hisobi-
ni yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish bo„yicha boshqa me‟yoriy-huquqiy huj-
jatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga asoslanib ish yuritadi. 
9.
Bosh buxgalter quyidagilarni bilishi shart: 
a) buxgalteriya hisobi qonunchiligini; 
b) fuqarolik huquqi, bank, moliya, soliq va xo„jalik qonunchiligining bux-
galteriya hisobini yuritishga tegishli qismini; 
v) bank tuzilishi, strategiyasi va uning rivojlanish istiqbollarini; 
g) bankning moliyaviy-xo„jalik faoliyatiga, buxgalteriya hisobini tashkil etishga 
va moliyaviy hisobotlarni tuzishga tegishli me‟yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni;
d) soliq, statistika, boshqaruv va moliyaviy hisoblarni; 
e) operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisob uchastkalarida hujjatlar aylani-
shini tashkillashtirish tartibi, pul mablag„lari va ularning ekvivalentlari, shuning-
dek, boshqa tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash 
(chi-qim qilish) tartibini;
j) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa tovar-moddiy zaxiralarni ki-
rim qilish va hisobdan chiqarish tartibini, shuningdek, debitor va kreditor qarzdor-
likni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash, 
mulkni baholash va qayta baholash tartibini;
z) debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini; 
i) yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini;
k) mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o„tkazish tartibi, auditorlik 
tekshiruvini o„tkazish tartibini; 
l) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;
m) bank moliya-xo„jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki zaxirala-
rini aniqlashni; 


243 
n) tekshiruvlarni o„tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
o) buxgalteriya hisobi bo„yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va 
moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma‟lumotlar va axborot tizimini; 
p) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;
r) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me‟yorlarini;
t) ishlab chiqarish texnologiyasining o„ziga xos xususiyatlarini;
u) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg„or milliy va xorij tajribalarini. 
10.
Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag„lari va moddiy qimmatliklar 
uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog„liq vazifalar, shuningdek bank rah-
bari vaqtincha ishda bo„lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi 
mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank 
uchun mablag„ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi. 
11.
Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo„lmagan vaqtda (xizmat safari, ta‟til, 
kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o„rinbo-
sariga, o„rinbosar ham ishda bo„lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyru-
g„i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.
12.
O„zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O„zbekiston Respubli-
kasining “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi Qonunining 20-moddasiga mu-
vofiq, bank xizmatchisi bank Boshqaruvining roziligiga ko„ra boshqa joyda o„rin-
doshlik asosida ishlashi mumkin. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish