241
2- ilova
Bank tizimining bosh buxgalterlari to„g„risida namunaviy
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.
Ushbu Nizom O„zbekiston Respublikasi banklari (filiallari)ning bosh
buxgalterlariga taalluqli bo„lib, bosh buxgalterlarning vazifalari huquqlari va
mas‟uliyatini belgilaydi.
2.
O„zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to„g„risida”gi Qonuni
(O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-yil, №9, 142-mod-
da)ning 7-moddasiga muvofiq, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish
uchun bank (filial) rahbari javobgar hisoblanadi hamda u, buxgalteriya hisobi
to„g„ri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Shuningdek, rahbar hujjatlar va ma‟lumotlarni rasmiylashtirish hamda ular-
ning hisobini yuritish uchun taqdim etish tartibi borasidagi bosh buxgalterning
talablarini bankning barcha bo„linmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador
xodimlari tomonidan og„ishmay bajarilishini ta‟minlashi shart.
3.
Bosh buxgalter bankda buxgalteriya hisobini to„g„ri tashkil etilishini
hamda Bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Hisob siyosatini amalga oshirilishini
ta‟minlaydi. Zarur hollarda Hisob siyosatiga tegishli o„zgartirishlar kiritish bo„yi-
cha takliflar kiritadi.
4.
Bankning bosh buxgalteri bank rahbarining buyrug„i bilan tayinlanadi va
ozod qilinadi. Filiallari mavjud banklarda filial bosh buxgalter lavozimiga tayin-
lash va lavozimidan ozod qilish Bosh bank raisi yoki buxgalteriya hisobi uchun ja-
vobgar rais o„rinbosari tomonidan, Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti
direktori (boshqarma boshlig„i) bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Shuningdek, u
bevosita bank rahbariga, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotlar tuzish, na-
zorat qilish tartibi va metodikasi bilan bog„liq masalalar bo„yicha esa, bevosita
Bosh bank Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma
boshlig„i)ga bo„ysunadi. Tijorat bankining bosh buxgalteri lavozimiga shaxsning
kasbga muvofiqligi to„g„risida bankining ta‟sis hujjatlari to„plami ko„rib chiqilgan-
dan so„ng, Markaziy bankning Kasbga muvofiqlik komissiyasi chiqaradigan xulosa
asosida tayinlanadi.
Davlat banklarida bosh buxgalter lavozimiga shu davlat banki rahbari tomo-
nidan O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki roziligi bilan qonunchilikda o„rna-
tilgan tartibda tayinlanadi va ozod etiladi.
5.
Bank bosh buxgalteri boshchilik qiladigan buxgalteriya hisobi bo„limi
mustaqil tarkibiy bo„linma hisoblanadi va boshqa biron-bir bo„linma tarkibiga kir-
masligi lozim. Buxgalteriyaning barcha xodimlari, shu jumladan bosh buxgalter
o„rinbosari va bankdan tashqarida joylashgan kassir va nazoratchilar bosh buxgal-
terga bo„ysunadilar.
242
Do'stlaringiz bilan baham: |