Buxgalteriya hisobi va audit



Download 60,61 Kb.
bet9/12
Sana14.07.2021
Hajmi60,61 Kb.
#119087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BYUDJET TASHKILOTLARIDA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI

AQ




YES

=

--------------

AM




AXM

=

------------

x100%




OES

=

------------

AM







100













AM













12x100




YES — yillik eskirish summasi;

AQ — aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati;

AXM — aktivning xizmat muddati;

AM — amortizatsiya me’yori;

OES — oylik eshkirish summasi.

Ushbu usul amortizatsiya faqat foydali xizmat muddatiga bog‘liq degan taxminga asoslangan.

Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya summasini aktivning taxmin qilinayotgan ishlatilishi yoki taxmin qilinayotgan ishlab chiqarish unumdorligidan kelib chiqqan holda hisoblashga asoslangan. Bunda amortizatsiya quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:








AQ







AS

=

------------------------

x DBS










CHBS







AS — amortizatsiya summasi;

AQ — aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati;

DBS — mazkur davrdagi birliklar soni;

CHBS — aktivning butun foydali xizmat muddati uchun hisoblab chiqilgan (chamalangan) birliklar soni.

Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya (eskirish) faqat foydalanish natijasi bo‘lib hisoblanishigagina asoslanadi va davrning bir qismi uning hisoblanish jarayonida biror-bir rolь o‘ynamaydi.

Aktivdan intensiv foydalanilganda, ayniqsa ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida aktiv eskirishini jadallashtirilgan amortizatsiya usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.

Kamayib boruvchi qoldiq usuli hisoblanadigan amortizatsiya summasini aktivning foydali xizmat muddati mobaynida kamayishini anglatadi. Ushbu usulda teng maromli usulida foydalaniladigan me’yorga qaraganda ikki baravar oshirilgan amortizatsiya me’yori olinadi.

Nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim, agarda ushbu aktivlardan iqtisodiy foyda olishning taxmin qilinayotgan chizmasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgan holda, usul ushbu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun o‘zgartirilishi va buxgalteriya baholarida o‘zgarishlar sifatida aks ettirilishi lozim, joriy va kelgusi davrlar amortizatsiya ajratmalariga esa tuzatish kiritilishi lozim.

Davrdagi amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan bank xarajatlariga kiritiladi:

Dt 56618 «Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi»

Kt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi» (kontr-aktiv)

Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida balansdan hisobdan chiqariladi:

1) to‘liq eskirishi;

2) sotilishi;

3) tekinga berilishi;

4) fors-major holatlarida.

Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar aktivni sotishdan sof tushumlarning baholangan summasi bilan uning qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi hamda daromad yoki xarajat sifatida foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.

Foydalanilishi to‘xtatilgan va chiqib ketish uchun mo‘ljallangan nomoddiy aktivlar aktivni faol foydalanishdan chiqarish sanasida ularning balans qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.

Nomoddiy aktivlar chiqib ketishida ularning qoldiq qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:

1) yig‘ilgan eskirish summasiga:

Dt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi» (kontr-aktiv)

Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»

2) mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha 30908 — hisobvaraqda bor bo‘lgan qoldiq summasiga:

Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»

Kt 31203 «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»

Hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlar sotilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:

1) nomoddiy aktivlar etkazib berilgandan so‘ng xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda:

Dt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»

Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar».

2) to‘lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:

a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:

Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i

Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»

Kt 45913 — «Bankning boshqa xususiy mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda»

b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:

Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i

Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»

Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»

3) oldindan to‘lov amalga oshirilgan holda:

Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i

Kt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi» va ayni vaqtda:

a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:

Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»

Kt 45913 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan foyda»

Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»

b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:

Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»

Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»

Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»

To‘liq eskirganligi munosabati bilan, fors-major holatlarida, tekinga berilganda nomoddiy aktivlarning qiymati belgilangan tartibda zararga hisobdan chiqariladi va quyidagi o‘tkazma bilan rasmiylashtiriladi:

qoldiq qiymati summasiga:

Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»

Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»

Agar nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqli bo‘lsa, xizmat muddati tugaganligiga qaramay bank ulardan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmaydi.

Ijaraga berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchi tashkilotlarda balansdan (hisobdan) chiqarilmaydi, ijaraga oluvchilarda esa, mazkur asosiy vositalar 01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” nomli balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.

Asosiy fondlarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarni qayta baholash — asosiy vositalar obyektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.

Asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati qayta baholangan hollarda qayta baholash o‘tkazilgan sanadagi ularning jamlangan eskirishi asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati o‘zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan eskirish qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi.

Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining oshishi 01 schyotning tegishli subschyotlari debetida, hisoblangan eskirish summasining oshishi 02 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va moliyaviy natijalarning oshishi mazkur asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, 28 schyotning yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.

Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, hisoblangan eskirish summasining kamayishi 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida va moliyaviy natijalarning kamayishi esa, mazkur asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, 28-schyotning yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.

02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyoti

Tashkilotlar asosiy vositalarining eskirishi qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlar asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan (keyingi o‘rinlarda eskirish me’yorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.

Bu schyotda tashkilot hisobida (balansida) turgan asosiy vositalarning eskirib borishi aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qo‘shib) va xo‘jalik inventarlari hamda foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetgan ko‘p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanadi va hisobga olinadi.

Asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu obyektning amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu obyektning samarali foydalanish muddatini qayta ko‘rib chiqadilar.

Beg‘araz olingan asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddati quyidagicha aniqlanadi:


  • tashkilotlardan olinganlar uchun — amalda foydalanilgan muddatlarini va avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda;

  • boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun — tashkilotlarda doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan obyektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda.

Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar, mahsuldor qora mollar, qo‘toslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog‘i va shunga o‘xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetmagan ko‘p yillik ko‘chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo‘yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.

Asosiy vositalar obyekti bo‘yicha eskirish hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.

Hisobot yili mobaynida asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi.

Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to‘liq qoplangan yoxud bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatiladi.

Asosiy vositalar obyektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi to‘xtatilmaydi, obyektlarda amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli to‘liq to‘xtatilgan hollar bundan mustasno.

Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.

Eskirish hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas.

Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularning hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi o‘zgarishi mumkin.

Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)da asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek obyektlarni eskirishining yillik me’yori belgilangan tartibda o‘zgartirilayotgan bo‘lsa, asosiy vosita obyektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to‘liq eskirish summasi alohida inventar obyektlari bo‘yicha aniqlanadi.

Avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda obyektlarning dastlabki (tiklanish) qiymati va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

Boshqa tashkilotlardan beg‘araz olingan va avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar-inventar obyektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda 01 “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirgan holda 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyoti krediti hamda beruvchi tashkilotlarning hujjatlariga muvofiq mazkur obyekt eskirish summasiga 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlari krediti bo‘yicha aks ettiriladi.

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda bo‘lgan obyektlar bo‘yicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi.

Kelgusida foydalanishga yaroqli bo‘lgan alohida obyektlar qiymatining 100 foiz miqdorida eskirish hisoblanishi, ularning to‘liq eskirish hisoblanganligi sababli hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.

Tashkilotlar asosiy vositalariga eskirish hisoblash me’yorlari qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda aks ettiriladi:

020 “Turarjoy imoratlarning eskirishi”;

021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;

022 “Inshootlarning eskirishi”;

023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;

025 “Transport vositalarining eskirishi”;

029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.

Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi, debet tomonida esa, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga asosiy vositaning kirim qilish manbasidan hamda operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debeti bo‘yicha va 02-schyotning tegishli subschyotlari krediti bo‘yicha alohida memorial order (274-shakl) tuziladi.

03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” schyoti

Bu schyotda tashkilotlar o‘zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalanish maqsadida uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari bo‘lgan nomoddiy aktivlarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlar umumlashtiriladi.

Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilish va ularga nisbatan qo‘yiladigan talablar qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.


Download 60,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish