Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati bo’lib, korxona ta’sischilari tomonidan kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo’lsa.
Korxonaning o’z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pulrat shartnomasi bo’yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalarni hisobga oluvchi schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Тugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo’yicha kirim qilib olinadi.
Тasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Тasischilarning ustav kapitaliga ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirimi, 8530 - "Тekinga olingan mulk" schyot bilan bog’lanishida, asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarni hisobga olish (0100) schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Biroq soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning summasi Foyda solig’ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
4. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning buxgalteriya hisobi
Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo’jalik yurituvchi subektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko’rinishida muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obekti bo’yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obektlari bo’yicha eskirish hisoblanishi mazkur obekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, unga mos ravishda mazkur obekt bo’yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to’liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to’xtatiladi.
Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to’xtatilmaydi, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obektning foydalanishi to’liq to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari.
Asosiy vositalar obektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obektlari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.4 Хo’jalik yurituvchi subektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt 2310 - «Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin:
1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash;
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul).
Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog’liqHar bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi.
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulila amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obektining boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi: