2.2. Ijaraga beruvchida (lizingga beruvchida) moliyaviy ijara
bo‘yicha operatsiyalarning hisobi
4. Moliyaviy ijara ob’ektlarini keyinchalik moliyaviy ijaraga berish maqsadlarida xarid qilish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlari ularni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" yoki 6120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoxud boshqa tegishli schyotlar;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarini xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyoti, 6110 "Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanadigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini etkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanmaydigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini etkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) moliyaviy ijara ob’ektini xarid qilish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatgan mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi):
debet 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
5. Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ekti sotuvchi tomonidan ijaraga beruvchini (lizingga beruvchini) chetlab bevosita ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) etkazib berilsa, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida moliyaviy ijara ob’ektining kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi yozuvlar moliyaviy ijara ob’ektining harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6. Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ekti sotib olingan bo‘lsa, lekin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) ma’lum sabablarga ko‘ra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur moliyaviy ijara ob’ekti undan foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0800) hisobga olinadi.
7. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
8. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
9. Moliyaviy ijara ob’ektlari berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan moliyaviy ijara ob’ektining boshlang‘ich (agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq (agar ob’ekt berilgunga qadar foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa) qiymati o‘rtasidagi farq 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotida hisobga olinadigan moliyaviy ijara ob’ektlarining qayta baholash natijalarini, ya’ni, ushbu moliyaviy ijara ob’ekti bahosining oldingi o‘sishi summasining, ijara ob’ekti bahosining oldingi pasayishi summasidan ortgan summasini hisobga olgan holda tuzatishlar qilingandan so‘ng, kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara (lizing) to‘lovining hisoblanishiga qarab bir maromda (oyma-oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlariga (boshqa operatsion xarajatlariga) olib boriladi.
10. Moliyaviy ijara ob’ektlarining ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) berilishi, agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlari moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) moliyaviy ijara ob’ektining qayta baholash natijalari (qoldiq) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar";
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarini berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
d) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarini berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti.
11. Moliyaviy ijara ob’ektlarining ijaraga oluvchiga berilishi, agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni, asosiy vositalar tarkibida bo‘lgan holatda, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
b) asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
v) asosiy vositalarning jamlangan eskirishi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
g) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini etkazib berish va uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) asosiy vositalarning ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (qoldig‘i) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
12. Moliyaviy ijara ob’ektlarining moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarning hisobdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.
13. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
kredit 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schyoti.
14. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4830 "Olinadigan foizlar"schyoti;
kredit 9550 "Moliyaviy ijaradan daromadlar"schyoti.
15. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelganda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".
16. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4830 "Olinadigan foizlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4830 "Olinadigan foizlar" schyoti.
17. Moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektining qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara ob’ektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
18. Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini muddatidan oldin qaytarishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara to‘xtatilgan sanadagi moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara ob’ektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti - joriy qismi;
debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan xarajatlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti - joriy qismi;
kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
d) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Xulosa.
Xulosa o’rnida kurs ishini bajarish davomida ko’plab bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Xususan mulkni joriy ijaraga oluvchi operativ (joriy) ijara bo‘yicha quyidagilarni hisobini yuritadi:
1.Ijara shartnomasiga asosan ijaraga olingan asosiy vositalarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi yoki schyot-faktura bilan qabul qilib oladi va ularning qiymatini balansdan tashqari bo‘lgan № 001 «Ijaraga olingan asosiy vositalar» schetining kirim qismiga yozadi.
2.Ijara shartnomasiga muvofiq har oyda ijara to‘lovini ijara mulkini ishlatish maqsadiga ko‘ra hisobga oladi: Debet «Harajatlar schetlari ( 2010,2310,2510,3110,9400 ) Kredit 6910 «To‘lanadigan qisqa muddatli ijara»
3.O‘tqazilgan ijara to‘lovini hisobga oladi: Debet 6910 «To‘lanadigan qisqa muddatli ijara» Kredit Pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5210,5220 )
4. Ijara muddati tugagach, ijara mulki egasiga qaytariladi va u asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki schyot-faktura bilan topshiriladi. Topshirilgan asosiy vositaning qiymatini balansdan tashqari bo‘lgan № 001 «Ijaraga olingan asosiy vositalar» schetining chiqim qismiga yozadi.
Ijaraga beruvchida. Ijara beruvchi operativ (joriy) ijara bo‘yicha quyidagilarni hisobini yuritadi:
1..Ijaraga berilgan asosiy vositalarni balansdan chiqarmaydi, lekinda ularni qiymatini joriy ijaraga berilgan asosiy vositalarni hisobga olishga mo‘ljallangan schetga o‘tqazadi. Masalan, ishchi schyotlar rejasiga 0191 «Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar» schyotini ochishi mumkin. Debet 0191 «Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar» Kredit 0120-0190 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
2.Har oyda lizing shartnomasiga muvofiq ijara foizini (to‘lovini) hisobga oladi: Debet 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar» Kredit 9350 «Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar»
3.Joriy ijara bo‘yicha hisoblangan QQS summasini aks ettiradi Debet 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar» Kredit 6410«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar
4. Ijara haqini kelib tushushini hisobga oladi: Debet «Pul mablag‘lari schyotlari» (501,5110,5210,5220 ) Kredit 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar»
5. Ijara muddati tugagach, lizingga berilgan asosiy vositalar qayta qabul qilinadi va eski schyotlar tarkibiga tiklanadi: Debet 0120-0190 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari» Kredit 0191 «Ijaraga berilgan asosiy vositalar» Joriy ijaraning analitik hisobi shartnomalar (lizing oluvchilar) bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |