Ahamiyati bo’yicha, ya’ni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra, asosiy vositalarni, odatda, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan turlarga ajratib o’rganiladi.
Хo’jalik faoliyatida foydalanish darajasi bo’yicha asosiy vositalarni harakatdagi va harakatda bo’lmagan turlarga ajratish mumkin.
Тaalluqligi nuqtai nazardan xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’ziga tegishli (ya’ni xususiy) bo’lgan va ijaraga olingan asosiy vositalarga ajratiladi.
Тarmoqlar bo’yicha esa asosiy vositalar sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo va umumiy ovqatlanish, sog’likni saqlash va hokazolar kabi iqtisodiyotning tarmoqlariga tegishli bo’lgan asosiy vositalarga guruhlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |