ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING MA’NOSI
|
Ichki nazorat tizimi
|
Internal control system
|
Sistema vnutrennego kontrolya
|
Buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligini ta’minlashga qaratilgan hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir
|
Buxgalteriya hisobi tizimi
|
Accounting System
|
Sistema buxgalterskogo ucheta
|
Tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir
|
Nazorat amallari
|
Control procedures
|
Kontrolnыy protsedurы
|
Tekshirilayotgan korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar
|
Nazorat muhiti
|
Control Environment
|
Kontrolnыy sreda
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi
|
Ichki nazorat tizimini baholash
|
Evaluation of the internal control system
|
Otsenka sistemы vnutrennego kontrolya
|
Tekshirilayotgan korxona ichki nazorat tizimi bilan tanishi,uning ishonchliligini aniqlash va tasdiqlash amallarining yig’indisidir
|
Shartli majburiyatlar
|
Contingent liabilities
|
Uslovnыe obyazatelstva
|
Tekshirilayotgan xo’jalik sub’ektining kelajakdagi xo’jalik faoliyatining natijasi bo’lgan va uning auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan hozirgi buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir etuvchi noaniq summadagi kelgusi davr majburiyatlarning kutilishi
|
Bog’liq tomonlar bilan operatsiyalar
|
Transactions with related parties
|
Operatsii so svyazannыmi storonami
|
Biror bir baho belgilanganligi yoki belgilanmaganligidan qat’iy nazar bir bog’liq tomondan ikkinchisiga resurslar yoki majburiyatlarning berilishi
|
Auditdagi yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan tanlov xatosi
|
The audit error can be competitive
|
Oshibka audita konkurentosposobnosti
|
Auditor tomonidan auditorlik tanlov jarayonida xo’jalik sub’ektining buxgalteriya hisobi va hisobotida aniqlagan, lekin ushbu tanlov jarayonida tekshirilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarning to’g’riligi haqida audit xulosa berishi mumkin bo’lgan darajadagi xatoliklarningmaksimal holati.
|
Auditdagi kutilayotgan tanlov xatosi
|
Expected selection error
|
Ojidaemыe oshibka vыbora
|
Auditorning tanlovi jarayoni boshlanmasidan oldin ushbu tanlov jarayonida auditor tomonidan iqtisodiy sub’ekt buxgalteriya hisobi va hisobotida aniqlashni muljallangan xatolar mazmunini taxminiy, sub’ektiv ravishda baholashdir.
|
Auditning tashqi sifat nazorati
|
External audit quality control
|
Kontrolnыy kachestva vneshnogo audita
|
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi auditorlik tashkilotining auditorlik faoliyati qoidalari (standartlari) va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinayotganligini tekshirish uchun davlat organlari va auditorlik birlashmalari tomonidan qabul qilingan tashkiliy usullar, uslubiyatlar va tadbirlardan iborat.
|
Auditorlik riski
|
Audit risk
|
Auditorskiy risk
|
Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqla-nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiq-langanidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir.
|
Auditning muhimlik darajasi
|
Materiality of audit
|
Suщestvennost audita
|
Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
|
Nazorat riski
|
Control risk
|
Konrolnыy risk
|
Nazorat riski – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichdir.
|
Tahliliy amallar
|
Analytical procedures
|
Analiticheskiye protsedurы
|
Auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.
|
Auditorlik riskining maqbul to’plami
|
Acceptable audit risk
|
Priyemlememыe auditorskiye risk
|
O’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijasida yanglish mulohazaga kelish va natijada noto’g’ri auditorlik xulosasi tuzish ehtimoli(xavfi) tushuniladi
|
Auditorlik tekshiruvining hajmi
|
Ob’em auditorskoy proverki
|
The volume of audit
|
To’laqonli auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorning asosli xulosasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan auditorlik tekshiruvlari miqdori va ularni o’tkazish ko’lami auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun sarflanadigan vaqt, unda ishtirok etadigan mutaxassislar tarkibi va sonining auditor (auditorlik firmasi) tomonidan baholanishdir.
|
Buxgalteriya hisobidagi tovlamachilik
|
Falsifikatsiya ucheta
|
Accounting fraud
|
Buxgalteriya hisobotini buzib ko’rsatilishiga qaratilgan ongli ravishdagi harakat yoki harakatsizligi. Agar iqtisodiy sub’ektning mansabdor shaxslari g’arazli maqsadlarda aldov uyushtirsalar yoki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar ishonchini suiste’mol qilsalar, lekin ularning ayblari sud tomonidan isbotlanmagan holatida auditor ularni topgan taqdirda u buxgalteriya hisobotini ongli ravishda buzilganligi mavjudligini ko’rsatishi lozim.
|
Ahamiyatlilik
|
Sushchestvennost
|
Materiality
|
Potentsial hamkorning qarorlariga ta’sir qiladigan va qilish mumkin bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatining mulkdor o’lchovi yoki sifat bahosi
|
Buxgalteriya hisobi va hisobotidagi xatolik
|
Oshibki buxgalterskogo ucheta i otchetnosti
|
Accounting and reporting errors
|
Hisob yozuvlaridagi arifmetik yoki mantiqiy xatoliklar hisob ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo’jalik faoliyati faktlarini, mulkning holati va mavjudligini majburiyatlar va hisoblash ishlarini noto’g’ri tasavvur etish orqali hisob vahisobot ma’lumotlarining ko’zda tutilmagan holatdagi buzilishi
|
Buxgalteriya hisobotining jiddiy ravishda buzib ko’rsatilishi
|
Sereznie iskajeniya buxgalterskoy otchetnosti
|
Serious distortion of financial statements
|
Buxgalteriya hisobotining ishonchligiga sezarli darajada ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy xarakterdagi buxgalteriya hisobotini buzilishi
|