Ichki nazorat tizimini o’rganish (bayon qilish). Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi.
Agar har kunlik ish ichki nazorat ostida bo’lsa, daromadlar ko’payadi. Kundalik ish ishonchli bo’lsa daromadni yo’qotish xavf-xatari ham pasayadi. Ichki nazoratning tuzilishi turli xil bo’lishi, korxona faoliyati, uning hajmi, EHM bilan jihozlanganligi, rahbariyatning shaxsan nazorat qila olish imkoniyatlari va ko’plab boshqa omillarga bog’liq.
Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi - auditni rejalashtirish, shuningdek auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash uchun puxta zamin yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik, auditor tomonidan dastlabki auditorlik tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda turgan ishlarning borishi to’g’risida ma’lum tasavvurga ega.
Xatda ichki nazorat tizimining muammolari bilan bog’liq faktlar bayon qilinib, auditor bular haqida mijoz-korxona boshqaruvini xabardor qilishi lozim. Chunki, bu muammolar ichki nazorat tizimining tarkibi va faoliyat ko’rsatishida sezilarli kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi va korxonaning moliyaviy axborotlarini ro’yxatga olish, qayta ishlash va moliyaviy hisobotda umumlashtirish layoqatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Auditor mijoz uchun samarali ichki nazorat tizimini yaratish uchun korxonaning tashkiliy tuzilmasini, nazorat amallarini va hujjatlashtirishni ishlab chiqishi talab etiladi. Auditorlik firmasi ishlab chiqadigan nazorat tizimi bu konsultatsion xizmatlar bo’lib, ularni firma o’zining auditorlik funktsiyalariga kiritmaydi.
Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi jiddiy xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.
Nazorat muxiti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi. Nazorat muhitining ahvoli rahbarlarning ish uslubi, ularning dunyoqarashi, nazorat va xodimlar ustidan nazorat maqsadini tushuntirish tizimining samaradorligiga bog’liq.
Ichki nazorat tizimi samarali bo’lishi uchun funktsional mas’uliyatlar yoki xizmat vazifalarining etarli darajada taqsimlanishi juda muhimdir. Bu nazorat amallari samaradorligining muhim sharti hisoblanadi.
Xizmat vazifalarining mos kelmasligi - bu shunday kombinatsiya bo’lib, unda xatoga yo’l qo’ygan yoki axborotni buzib ko’rsatgan xizmatchi o’zining oddiy faoliyati chog’ida bu faktlarni yashirishi mumkin. Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, xizmatchilardan hech biri yuqorida sanab o’tilgan to’rtta funktsiyaning ikki yoki undan ortig’ini bajarmasligi lozim. Birinchi va to’rtinchi funktsiyalar boshqaruv, ikkinchi funktsiya hisob, uchinchisi esa saqlash funktsiyasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |