Ruxsat etilganlik. Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalar va dividendlar bo’yicha bitimlar direktorlar kengashi davomida ma’qullanib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Auditor ushbu hujjatlarni o’rganib chiqishi kerak bo’ladi.
Baholash. Chiqarilgan, so’ndirilgan aktsiyalar, hisoblangan dividendlar me’yoriy huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi kerak. Auditor bunday hollarda hisob kitoblarni qaytadan mustaqil amalga oshirishiva har ikala summalarni solishtirishi mumkin.
Agar korxonada xodimlar soni etarlicha bo’lsa mas’uliyatlar quyidagicha taqsimlanishi maqsadga muvofiq:
E’lon qilingan aktsiya va dividendlarning tasdiqlovchi hujjatlarini tayyorlovchi xodimlar buxgalteriya ishida mas’ul bo’lmasliklari kerak;
Aktsiyadorlarning to’liq hisobotlarini yurituvchi xodim buxgalteriyadagi bosh kitob bilan ishlash huquqiga ega bo’lmasligi maqsadga muvofiq;
Aktsiyadorlarning to’liq hisobotlarini yurituvchi xodim shuningdek, korxona pul tushumlari va to’lovlari bilan shug’ullanmasligi maqsadga muvofiq;
Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, hujjatlarni tayyorlash, buxgalteriya o’tkazmalarini berish, tasdiqlash va dividendlarni jo’natish bir birini nazorat qila olsin.
Ustav kapitali asosan oddiy va imtiyozli aktsiyalardan iborat bo’ladi. Oddiyva imtiyozli aktsiyalarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor bu bitimlarning kelib chiqishi, to’liq hisobga olinganligi, to’g’ri baholanganligini tasdiqlashga harakat qiladi. Ustav kapitalini tekshirishda auditor joriy davrda harakatda bo’lgan barcha schetlarning garfigini o’rganib chiqadi. Davr boshidagi qoldiq ishchi hujjatlar bilan, davr oxiridagi balans moddalari boshkitob ma’lumotlari bilan muvofiqligini ko’rib chiqadi.
Operatsiyalar kelib chiqishi va to’liqligi. Ustav kapitaliga taalluqli barcha operatsiyalar direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan bo’lishi kerak. Shuning uchun auditor, har bir bitim joriy yildagi direktorlar kengashi bayonnomalarida keltirilgan yoki yo’qligini nazorat qilish zarur. Agar korxonada aktsiyadorlar hisobotini yurituvchi mustaqil shtat birligi yoki agent xizmatidan foydalanilsa, ushbu shtatdagi xodim ma’lumoti bilan buxgalterning bosh kitobidani ma’lumot solishtiriladi. Raqamlar bir biriga muvofiq kelsa, auditor o’zi to’plagan dalillarni ishonchli deb qabul qilishi mumkin.
Agar korxona bunday xodim xizmatidan foydalanmasa aktsiyadorlar reestri yoki aktsiyadorlar kitobidan ma’lumot olinadi va uning to’g’riligi quyidagi audit amallari yordamida tasdiqlanadi:
Aktsiyalar taqsimlanishini aktsiyadorlar reestr iva bosh kitobdagi ma’lumotlar bilan solishtirish;