Buxgalteriya hisobi, moliya, soliq va statistika



Download 373,5 Kb.
bet1/7
Sana12.04.2022
Hajmi373,5 Kb.
#547230
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi nazorat ishi Uslubiy ko\'rsatma


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI


BUXGALTERIYA HISOBI, MOLIYA, SOLIQ VA STATISTIKA” KAFEDRASI



BUXGALTERIYA HISOBI
FANIDAN

Sirtqi bo‘lim 2-bosqich 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun


NAZORAT IShLARINI
bajarish bo‘yicha

USLUBIY KO‘RSATMA

Samarqand-2021


Tuzuvchilar:
Adxamov.S.I. -TDIU “Buxgalteriya hisobi, moliya, soliq va statistika” kafedrasi assistenti


Taqrizchilar:


Aliqulov A. – iqtisod fanlari doktori, dosent, Samarqand veterinariya medisinasi instituti, “Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, (Turdosh OTM)


S.N.Tashnazarov – Sam ISI, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori (turdosh OTM)

Nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma kafedra (2021 yil ___ avgustdagi ____-sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun filial o‘quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri Xolmurzayev M.
Nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma filial o‘quv-uslubiy Kengashining 2021 yil ___ avgustdagi ___-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.B.Axrorov

KIRISh


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
«Buxgalteriya hisobi” fani, talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisala va jarayonga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Ushbu fan bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarni xo‘jalik yuritish faoliyatini ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo‘llarini, talabalarga o‘rgatishda qo‘l keladi. Shuningdek «Buxgalteriya hisobi” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • buxgalteriya hisobi predmeti va metodining o‘ziga xos xususiyatlari; buxgalteriya hisobida schetlarning qo‘llanilishi; ikkiyoqlama yozuv; moliyaviy faoliyatga oid tushunchalar; moliyaviy birlamchi hujjatlarning rasmiylashtirilishi; moliyaviy barqarorlikni ta’minlash; tovar, pul muomalalarining rivojlanishini tashkil etish tamoyillari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda asosiy vositalar hisobini, byudjetdan tashqari fondlarning bir-biridan farqi va o‘xshashlik jihatlari; mehnatga haq to‘lash hisobining o‘ziga xos xususiyatlarini; soliq va boshqa ajratmalarni aniklash tartibini; pul mablag‘lari hisobi va pul fondlari taqsimotini; xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi va uni boshqarish tizimini biliish va ulardan foydalana olishi;

  • buxgalteriya hisobida moliyaviy resurslarni hisobga olish; xom ashyo va materiallar hisobi; ma’muriy moliyaviy nazorat; ichki xo‘jalik moliyaviy nazorati tizimlariidan foydalanish; moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish tartibi; investitsion faoliyat to‘g‘risida tushuncha va uni sub’yektlarda joriy etish bo‘yicha kunikmalarga ega buladi

Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil o‘zlashtirish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o‘zlashtirish uchun yo‘l yo‘riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish