KIRISH
Ushbu fan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanining mazmuni, predmeti va metodi, buxgalteriya hisobini tashkiliy - uslubiy jihatlari moliyaviy hisobotlar kabi masalalarni shuningdek talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini, hisob tushunchalari va usullarini, tamoyillarini, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotni tuzishni o‘rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini qamrab oladi.
Fan 9 mavzuni qamrab olgan. Birinchi mavzu buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari tavsiflanadi. Ikkinchi mavzu buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuniga bag‘ishlanadi. Uchinchi mavzu schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv. To‘rtinchi mavzu baholash va kalkulyatsiya. Beshinchi mavzuda asosiy xo‘jalik jarayonlari hisobining tamoyillari. Oltinchi mavzuda hujjatlashtirish va inventarizasiya. YEttinchi mavzu buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Sakkizinchi mavzuda buxgalteriya hisoboti. To‘qqizinchi mavzu buxgalteriya hisobini tashkil etish.
“Buxgalteriya hisobi nazariyasi”fanning asosiy maqsadi – talabalarda xo‘jalik hisobining turlari, buxgalteriya hisobining xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning pul ifodasida aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalari, ularning xo‘jalik yuritish jarayonidagi harakati, xo‘jalik muomalalarini hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va umumlashtirish, korxona (tashkilot, muassasa)larning mulkiy, moliyaviy faoliyati va ular to‘g‘risidagi to‘liq-ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish hamda taqdim etish, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning me’yoriy huquqiy asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu fanni muvoffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:
buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlarni qayta ishlash va ularni umumlashtirishni mustaqil amalga oshirish;
xo‘jalik yurituvchi sub’yektda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini tuzish va schetlarda aks ettirish;
buxgalteriya hisobi schetlarining oboroti va qoldig‘ini aniqlash;
moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tuzish hamda taqdim etish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil o’zlashtirish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo’yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o’zlashtirish uchun yo’l yo’riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |