O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
“BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT” KAFEDRASI
“MILOYAVIY TAHLIL” FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM
TOPSHIRIG’I
MAVZU: Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili
Bajardi: Sanoyev Shoxrux 53-2 guruh talabasi
Qabul qildi: kat.o’qit I.F.O’rmanbekova
TOSHKENT - 2022
1. Tahlilni mazmuni .
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo`yicha belgilangan rejalarni bajarilishi korxonalarni sifat ko`rsatkichlari bo`lmish tannarxi, mehnat unumdorligi, oborot mablag`larini aylanish tezligi va hakozolar ko`rsatkichlariga ta’sir etadi.
Hisobotda ishlab chiqarish ko`rsatkichi natura va qiymat shakllarida aks etadi. Jami korxona bo`yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, ko`rsatilgan xizmat qiymat shaklida hisoblanadi. Ґar bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assortimentda sifatli bajarishi lozim. Bugunki kunda mahsulotni ishlab chiqarish hajmi korxona tomonidan mustaqil rejalashtiriladi.
Mahsulot mo`l-ko`lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarag`nini kuzatar ekanmiz, rivojlanish darajasi qanday bqlishidan qat’iy nazar chet el sarmoyasi kiritilgan mamlakatlar iqtisodiyoti tez suratlar bilan rivojlanib, salmoqli yutuqlarga erishayotganligining guvohi bo`lamiz. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ma’lumotlariga ko`ra bir yilda qarib 400 mlrd. Аqsh dollari xajmidagi xorijiy sarmoya bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir mintaqadan boshqa mintaqaga olib kiriladi. Prezidentimiz islom karimov oliy majlisning xiv sessiyasidagi ma’ruzasida xxi asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlkatimizning rivojlanish strategiyasi islohatlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi asosiy ustivor g``nalishlar haqida to`xtalib, jumladan shunday degan edi: «beshinchi ustuvor g``nalish-bu iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni ta’minlashdir. Mazkur o`zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlkatning boy tabiiy va mineral hom ashyo salohiyatidan to`la va samarali foydalanishga, eksportga moslashga va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog`i lozim».
Tahlil vazifasi:
Mahsulot hajmi, strukturasi va sifatini hisobga olgan holda biznes rejaning bajarilishini
nazorat qilish, ular dinamikasini o`sish ko`rsatkichlarini aniqlash.
Mahsulot hajmi va sotishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni miqdor jihatdan hisoblash.
Mahsulot hajmi va sotishni oshirish imkoniyatlarini hisoblash.
Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar forma №1p, №2 sutkalik va dekada bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish hisobotlaridan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |