Yakuniy nazorat bo‘limi: 1. Operatsiyalarni yakuniy nazoratdan o‘tkazish;
2. Amaliyot kuni davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha, ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarni bankning operatsiya bajargan har bir bo‘limdan yig‘ish;
3. Buxgalteriya jurnali bilan bank bo‘limlari tomonidan berilgan hujjatlarni taqqoslash;
4. Qonunchilikda belgilangan me’yorlarni buzib o‘tkazilgan operatsiyalarni aniqlash;
5. Noqonuniy operatsiyalar o‘tkazishga yo‘l qo‘ygan bank xodimlarini aniqlash;
6. Bankning har bir bajarilgan ichki operatsiyalarining bankning ichki siyosatiga mos ekanligi va ularni maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish;
7. Rahbariyatga o‘tkazilgan tekshiruv bo‘yicha hisobot taqdim qilish;
8. Kunning barcha hujjatlarini yig‘majildlarda saqlash uchun tikish;
9. Bank kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini arxivga topshirish.