Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofislarining tuzilishi, asosiy vazifalarini o’rganish
Front-ofis Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi. Front-ofisning umumiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang. 2. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-1, 09.07.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 28-son, 325-modda) 3. Mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
4. Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.
Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim;
2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim;
3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari. ...) amalga oshiruvchi bo‘lim.
Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin. Quyida Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan.
Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim: 1. Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini mijozlarga tushuntirish va maslahatlar berish;
2. Bank xizmatlari bo‘yicha mijozlar bilan shartnomalar tuzish;
3. Korporativ mijozlardan (shu bilan birga shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar) pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish;
4. Mijozlarga amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi bank hisobvarag‘idan ko‘chirmalar, kvitansiyalar va boshqa ma’lumot hujjatlarini berish;
5. Mijozlar bilan standart shakldagi depozit shartnomalarini tuzish jarayonini amalga oshirish;
6. Bank mijozlarining shartnomalarini tekshirish va qabul qilish;
7. Mijozlarning konvertatsiyaga berilgan arizalarni ko‘rib chiqish;
8. Mijozlarning naqd pul operatsiyalarini bank axborotlashtirish bazasida qayd etish (tashqi to‘lovlar istisno qilinishi mumkin). Bunda, naqd pul operatsiyalari deganda mijozning ishtirokida darhol amalga oshirish lozim bo‘lgan operatsiyalar nazarda tutiladi. Ushbu yozuvlar (qaydlar) asosida bank axborotlashtirish bazasida buxgalteriya hisobida ifodalash uchun o‘tkazmalar avtomatik tarzda shakllantiriladi.
9. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida taqdim etish.
10. Hujjatlarni arxivga tayyorlash va o‘z vaqtida shakllantirish.