2.MUSTAQIL TA‟LIM TOPSHIRIG’INING SHAKLI VA MAZMUNI
“Moliyaviy tahlil” fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, fanni o’rganishda bir mavzu to’liq o’zlashtiradi va topshiriq belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari mavzulari hamda malakaviy amaliyoti bilan uzviylikda bajariladi.
O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi ta'limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta'lim olish shaklida amalga oshiriladi.
Bunda talaba metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan “Moliyaviy tahlil” fani bo’yicha dasturda keltirilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi.
Mustaqil ishini bajarish talabaning muayyan fan doirasidagi mustaqil ilmiy izlanishi bo‘lib, bunda talaba “Moliyaviy tahlil” fanining biror bir mavzusini ilmiy rahbar nazoratida to‘la o‘rganadi va mavzuni yozma shaklda bayon etib, himoya qilish bilan mustaqil ishiga yakun yasaladi. Mustaqil ishi yozishdan maqsad talabani o‘quv jarayoni davomida olgan bilimini ilmiy va amaliy jihatdan mustahkamlash, aniq tahliliy masalalarni hal etish orqali bilimini boyitish, chuqurlashtirish va umumlashtirish hamda bu borada aniq xulosalarga kelish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Talaba fan bo‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, talaba o’quv sessiyasi davomida navbatdagi semestrda o’qitiladigan fanlar bo’yicha qisqacha ma’ruza va/yoki seminar mashg’ulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg’ulotlar talabaga navbatdagi semester davomida fanlarni o’zlashtirishi va mustaqil topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini o’rgatishga qaratiladi. Mavzular bo’yicha mustaqil topshiriqlarni bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar beriladi.
O’qish davrida mustaqil ta‟limni tashkil etishdan maqsad talabaning olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdir. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad nazariy bilim va amaliy auditorlik ko’nikmalarini shakllantirish va ushbu sohadagi yangiliklar bilan bevosita tanishishdir.
Mustaqil ishlarni bajarish vazifalari - talabalarni auditoriyadan tashqari vaqtlarida tashkil etish, rejalashtirish, korxonalarda tahlil ishlarini amalga oshirish va uning natijalarini sarhisob qilish bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni batafsilroq va aniqroq o’rganish.
Mustaqil ta’limning asosiy vazifalariga:
– bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
– ijodiy faoliyatga qiziqishni shakllantirish;
– ta’lim olish usullarini egallash;
– tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
–mustaqil xulosalar chiqarish ko’nikmalarini shakllantirish kiradi.
Talaba fanni o’zlashtirishda O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlari va qarorlarini, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, shuningdek internet saytlari, O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining rasmiy saytlaridan olingan ma‟lumotlardan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega. Mustaqil o’qitish usullari quyidagilar: prezentatsiyalar, ilmiy, loyihaviy va boshqa axborot materiallarini tayyorlash (jadvallar, grafikalar, rasmlar, diagrammalar). Mustaqil ishning mazmunini yanada takomillashtirish uchun chet el tarjima qilingan adabiyotlarini va kurs va mavzu bo’yicha maqolalarni, mustaqil ishning tanlangan mavzusi bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun chuqurroq o’rganish alohida ahamiyatga ega.
Talabalar avtoreferat va turli masalalar echimini taqdim etish uchun "Moliyaviy tahlil" fanidan mustaqil ishlash uchun mavzuni tanlashi kerak bo’ladi.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar 180(182) soatga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |