HAMDAMOV EHSON
BUXGALTERIYA
BUXGALTERIYA
(fundamental bosqich)
Tayyorlovchi: Hamdamov Ehson
TOSHKENT – 2021
MUNDARIJA
KORXONANING OCHILISHI
Korxona ochishda ta’sischi bir yoki undan ko’p bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish korxonasi misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak, ta’sischi ustav fondi orqali korxonaga pul, uskuna, xom-ashyo yoki boshqa aktivlarni kiritishi mumkin. Ustav fondi bir yil muddatda shakllantirilishi belgilangan.
Mulkchilik shakllari:
Bitta jismoniy shaxs tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatlari:
Patent yoki guvohnoma - faoliyat turi belgilanadi va ma’lum muddatga beriladi; Manzil – ro’yxatdan o’tkazish uchun passport va STIR (INN) talab qilinadi; Soliqlar fiksirovanniy belgilangan faoliyat turiga bog’liq. Bundan tashqari pensiya jamg’armasiga har oyda bir BHM to’lab boriladi. Uchtagacha ishchi olish mumkin. Har bir ishchidan 50% BHM to’lab boradi va pensiya jamg’armasiga 30% BHM to’lanadi. Ishchi kollej o’quvchisi bo’lsa 12 oy mobaynida soliq to’lamaydi. Faoliyat turi cheklangan; faqat 80 turdagi faoliyat* bilan shug’ullanishi mumkin.
*Internetdan qidirib ko’ring!
Ta’sischilari faqat bitta jismoniy shaxs va ta’sischi director bo’lishi shart. Ustav fondida minimal va maksimal o’lchovlar mavjud emas. Tashkil etish hujjati – Ustav. Soliqqa tortish korxonaning oborotiga bog’liq.
Soliq
Soddalashgan – YaST (ENP) (yagona soliq to’lovi)
Umumbelgilangan – QQS (NDS) (qo’shilgan qiymat solig’i) + foyda
Yagona soliq to’lovi to’lovchining oboroti bir milliarddan kam bo’ladi. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisining oboroti bir milliarddan yuqori yoki xohishiga qarab korxonani ushbu soliq to’lovchi ro’yxatiga kiritishi mumkin. XK afzalligi – dividend solig’i to’lamaydi. Kamchiligi – qarzlar ta’sischining mol-mulki orqali to’lanadi. Faoliyat turi chegaralanmagan.
Ta’sischilar ikkita va undan ko’p bir oila a’zolari bo’lishi shart. Ustav fondida minimal yoki maksimal o’lchov mavjud emas. Ta’sis etish hujjati – ta’sis shartnomasi. OK afzalligi – dividend solig’i to’lanmaydi va yuridik manzil turarjoy bo’lishi mumkin. Faoliyat turi chegaralanmagan. Oborotiga qarab soliqqa tortiladi.
Ta’sischilari soni bittadan elliktagacha bo’lishi mumkin. Ta’sischi har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan xorijiy fuqaro ham bo’lishi mumkin. Ustav fondida minimal yoki maksimal o’lchov mavjud emas. Ta’sis etish hujjati – Ustav yoki ta’sis shartnomasi. Soliqqa tortish oborotga bog’liq va bu mulkchilik shakli dividend solig’i to’laydi. Faoliyati chegaralanmagan.
Korxona ta’sis etishda ta’sischi tomonidan kerak bo’ladigan hujjatlar:
Pasport nusxasi;
STIR
Ijara – kafolat xati;
Qaror;
Bayonnoma;
Ustav;
Ta’sis shartnomasi.
Yuqoridagi hujjatlar jamlanib Yagona darcha interaktiv davlat xizmatlari markaziga boriladi. Bir BHM to’lov amalga oshirilib guvohnoma olinadi. O’n kun ichida Davlat soliq inspeksiyasiga Forma 4 va Forma 8 topshiriladi.
SCHYOTLAR (01 – 99)
01 – 99
Aktiv – mol - mulk
Passiv – qarz - majburiyat
Tranzit – daromad - xarajat
Aktiv = Passiv (Balans – Forma 1)
Tranzit = daromad – xarajat = foyda/zarar (Moliyaviy natija – Forma 2)
Do'stlaringiz bilan baham: |