67
o‘rtoqlashishlariga qaratilgan. Shunday ekan nimalarga e’tibor qaratish lozim,
ya’ni qanday tavsiyalar ishlab chiqish mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviy
intellektual rag‘batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma’naviy intellectual sifatlarni
zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgarishlar kiritadi.
O‘quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi
yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi tarbiy mazmuni, usullari va uning
tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim.
Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning
bir bo‘lagi modellashtiruvchi metod avvalambor talabalarning mustaqil fikrlashga
o‘rgatadi. Bu jarayonda barcha talabalar o‘qituvchi boshchiligida darsga
qatnashishadi.
Talabalarga
mutaxasisslikbo‘yicha
bilimlardan
tashqari
boshqaruv
jarayonini ham o‘rgatish lozim. Buni ham biz yuqoridagi metod orqali qo‘llay
olamiz albatta.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida shuni xulosa qilish
mumkinki, buxgalteriya hisobi faoliyatning bosh bo‘g‘ini desak yanglishmaymiz
albatta. Chunki, bu hisob tizimi orqali biz sub’yektlar faoliyatini qay darajada olib
borilayotganini bemalol baholay olamiz. Buning
uchun esa biz Buxgalteriya
balansi, uning tuzilishi va mazmunini to‘g‘ri farqlay olishimiz kerak. Buning
uchun bizga qonunchilik tizimidan ham yyetarli bilimlar bo‘lishi shart. Bugungi
kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol
ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish bosh masala ekan, shuning uchun
na’lim tizimiga e’tiborni kuchaytirish kerak.
Mavzu bo‘yicha quyidagi metodik tavsiyalarni bildirishimiz mumkin:
- Modellashtirish o‘yinlarining mazmun-mohiyatini,
maqsad vazifalarini
tushuntirish talabalarning kasbiy malaka-ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam
berishi lozim;
-
Modellashtiruvchi
o‘yin metodida motivatsiya va tasavvurni
shakllantirishga alohida e’tibor berish;
68
- Modellashtirish o‘yinlarini rejalashtirish va tayyorlashni muvofaqqiyatli
amalga oshirish iqtisodiy ta’lim tarbiyaning muhim sharti hisoblanadi;
- Modellashtiruvchi o‘yin metodini o‘tkazish jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlash va
tushuntirish;
- Modellashtiruvchi o‘yin metodini oldindan tushuntirish ta’lim sifati va
samaradorligi kafolati ekanligini inobatga olish;
- Modellashtiruvchi o‘yin metodini o‘tkazishdan oldin uning didaktik va
tarbiyaviy maqsadlariga alohida e’tibor qaratish lozim.